19
Berilgan ishlash sharoiti bo‘yicha transport vositasi ekspluatatsiyasining
boshlanish (moslashuv) davrida detallarning yeyilishi ma’lum miqdorgacha jadal
oshadi (0A qismi). Undan keyin normal yeyilish davri (AB qismi)ga hamda yeyilish
jadal oshganida “talafotli” yeyilish davriga o‘tadi.
3.3 rasmning (0A qismi)da yuzalardagi notekisliklar
berilgan ishlash sharoitiga
muqobil emasligi va hamma yuklama (kuch)larni yuzaning g‘adir-budurligining
turtib chiqqan joyi qabul qilishi sababli jadal yeyilish vujudga keladi. Moslashuv
vaqti oshgan sari yeyilish yuzalarining hajmi va ishqalanish mikrogeometriyasi
oshishi hamda solishtirma bosimning o‘zgarishi hisobiga yeyilish jadalligi pasayadi.
Yeyilishning egri chizig‘idagi (AB) qismi normal (tabiiy) yeyilish deyiladi. U
birikmadagi ishqalanish sharoitini va yeyilish sur’atining (
const
=
I
V
) o‘zgarmasligini
xarakterlaydi. Yeyilish (B) nuqtadan so‘ng
dinamik yuklamalarning oshishi, moylash
tartibining yomonlanishi va boshqa sabablarga ko‘ra ishqalanish yuzalari orasidagi
tirqish oshadi, natijada yeyilish miqdori ortib boradi. Shu sababli detallar orasidagi
tirqishlar miqdori chegaralangan (me’yoriy) bo‘lishi kerak.
Agar ishlayotgan birikmalar sababsiz bo‘laklarga ajratilsa, ularni yig‘gandan
so‘ng detalning moslashuv davri qayta boshlanishi hisobiga yeyilish sur’ati oshadi.
Demak, transport vositalari va uning elementlarini talab bo‘lgandagini bo‘laklarga
ajratish kerak.
I. Silindr, porshen va halqalar
juda yuqori yuklamalar, aylanishlar va haroratlar
sharoitida ishlaydi. Bu detallarning ishida chegaraviy ishqalanish sodir bo‘ladi, har
xil abraziv va zanglash moddalari ishtirok etadi, yeyilish sur’ati 2–6 mkm
/
1000 km
chegarasida bo‘ladi.
Yeyilish silindrning yuqori qismida uning pastki qismidan ko‘proq
va u ellips
shaklini oladi. Silindr devorlarining yeyilishi mexanik, molekular-mexanik va
korrozion mexanik yeyilishlarining natijasida paydo bo‘ladi.
Silindr yuqori qismi yeyilishining asosiy sabablari –
zanglash jarayonlarining
faollashishi, yuqori harorat, bosim va porshenning nisbatan sekin harakati. Bu omillar
moyning yonib ketishiga, bug‘lanib ketmagan yonilg‘i
kondensatining moyni
suyultirib yuborishiga, metall zarrachalarining bog‘liqligini zaiflashtirishga,
molekular va korrozion mexanik yeyilishlariga olib keladi.
Silindr-porshen guruhining yeyilishi esa dvigatel quvvatining
pasayishiga,
yonilg‘i va moy sarfining o‘sishiga hamda yonish jarayonining yomonlashishi
natijasida ishlatilgan gazlar zaharliligining o‘sishiga olib keladi.
Yeyilish natijalarini bartaraf qilishda quyidagi choralar ko‘riladi:
a)
Do'stlaringiz bilan baham: