TRANSPORTLARDA FOYDALANISH SIFAT KO’RSATKICHI, TANLASH VA ULARNI XISOBLASH.
Reja:
I.Kirish
1. Yuk avtomobillarini tanlashga qo’yiladigan asosiy talablar va ulardan foydalanish.
II.Asosiy qism
1. Avtomobillarni yonilg’ining solishtirma sarfi bo’yicha tanlash
2. Avtomobillarni yuk ko’taruvchanlik bo’yicha tanlash
3. Ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash vositalarini tanlash
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH. Yuk avtomobillarini tanlashga qo’yiladigan asosiy talablar va ulardan foydalanish.
Xozirgi zamon transportisiz rivojlangan jamiyat asosini yaratib bo’lmaydi. CHunki transport har qanday mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining muhim tarkibiy qismidir. Bizning mustaqil O’zbekistonimizda ham transport alohida muhim ahamiyatga ega. Binobarin, ham iqtisodiy, ham siyosiy, ta’bir joiz bo’lsa, ham psixologik ahamiyat kasb etadi.
Transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri uning yuk va passajirlarni tashish muntazamligidir. Zarur mahsulot, xom ashyo, ehtiyot qismlar, yonilg’i o’z vaqtida va muntazam tashilgandagina ularning omborlardagi zahiralari eng kam miqdorda bo’lishi va ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil etish imkoni yaratiladi. Tabiat boyliklaridan foydalanish va ularni tashishda ham transport, ayniqsa, avtomobil transporti alohida o’rin tutadi. Agar zamonaviy transport vositalari va rivojlangan yo’llar bo’lmasa, tabiat boyliklaridan samarali foydalanish qiyin bo’ladi.
Aholini bir yerdan ikkinchi yerga tashishda transportning ahamiyati yildan-yilga oshib bormoqda. Bu ishni asosan passajir transporti amalga oshiradi. Passajir transportining asosiy vazifalaridan biri, kishilarni o’z vaqtida ish joyiga va ishdan uylariga eltib qo’yish, ish kuni davomida ishchi va xizmatchilarni korxonalar o’rtasida tashishdan iboratdir.
Halqaro alohalarni, jumladan tovar ayirboshlashni kengaytirish va uni mustahkamlash ishidan ham transportning roli katta. Xalqaro savdo, sayyohlik va boshqa aloqalarning rivojlanishi, fan va texnika, madaniyat hamda sport sohalaridagi munosabatlarning yuksalishi transport vositalari va aloqa yo’llarining rivojlanganligiga ko’p jihatdan bogliqdir. Bulardan tashqari, aholini sanoat va oziq-ovqat mollari bilan o’z vaqtida ta’minlash ham transportning asosiy vazifalaridan biridir. Malakaviy bitiruv loyihasi – talabaning o’quv jarayonida olgan bilimlari va ularni amaliy qo’llay bilish ko’nikmasi hamda mustaqil ijodiy izlanishi natijasi hisoblanadi.
Malakaviy bitiruv ishi talabaning o’quv rejasida ko’rib o’tilgan fanlarni qanchalik o’qib olganlik darajasini tavsiflaydi va uning mustaqil muhandis – pedagoglikka bo’lgan qobiliyatini tekshirishga juda katta imkon beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |