Bog'liq ALLAMURODOV BAXROM AVTOMOBILNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH2
1.2.Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari. Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari – uning tashkiliy shakllari.
Oliy maktabda konstruksiyalash - texnologik masalalarni hal qilish uchun ta’limning kuyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari va ularning turlari birlashmalari; har xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va xokazolar.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, deganda o‘quv-mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham jamoa, ham individual ish turlarini o‘z ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o‘quv materiallarini faol, ongli va mustahkam o‘zlashtirishi ko‘zda tutildi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta’limning frontal shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog talabalar uchun tegishli murakkablikdagi obyektlarni tanlaydi. U konstruksiyalash bo‘yicha ta’limning frontal shaklidan foydalanishda butun gruppani modellashtirishning faqat bitta obyekt bilan shug‘ullanishga tayyorlaydi va bu tadbir uni tayyorlashga sarflanadigan vaqtni, texnik - texnologik hujjatlar hajmini, bir xil tipdagi asbob va moslamalarni, o‘xshash mehnat usullarini ko‘rsatish va xokazolarni ancha kamaytiradi.
Talabalar bajarayotgan konstruktorlik-texnologik ishlar o‘zining murakkabligi va sermehnatligi bilan jamoa bo‘lib ishlashni taqozo qilsa ham, bir-biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo‘lsa, mashg‘ulotni tashkil etishning zveno shaklidan foydalaniladi. Ko‘pincha bunday hollarda murakkabroq bitta obyekt bilan 2-3 nafar va bundan ko‘proq talaba shug‘ullanadi.
Tayyorlanadigan obyektlar o‘z mazmuniga ko‘ra bir xil va xarakteriga ko‘ra har xil bo‘lsa, texnik modellashtirish konstruksiyalash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotni tashkil etishning individual shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni bajarishi pedagog uchun muayyan qiyinchilik tug‘diradi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda ko‘pincha ayrim talabalarga yozma instruksiyalar tayyorlashga va ular ana shu instruksiyalar bo‘yicha yangi mavzu materialini o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi.
Mashg‘ulotni tashkil etishning aralash shaklidan modellashtirishning har xil obyektlarini bajarishda foydalaniladi. Shularga ko‘ra maktab o‘quv ustaxonalaridagi texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashg‘ulotlarining tashkiliy shakllarini dasturdagi o‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga, obyektlarning xarakteriga, pedagogik va ishlab chiqarish talablariga qarab tanlanadi.
Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari. Bilimlarni to‘g‘ri idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo‘llashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun didaktika va prinsiplari va o‘rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining eng samarali metodlaridan foydalanishi kerak. Ma’lumki ta’lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik ijodkorligi amaliyoti uchun eng ma’quli o‘zaro bog‘liq ikkita jarayon-pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo‘ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo‘yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiya studentlarning mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatida asosiy o‘rinni egallaydi.
Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin:
Muammoli ta’lim metodlari - o‘quv materialini muammoli bayon etish, izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi;
Og‘zaki metodlar - ijodiy suhbat;
Ko‘rsatmalilik metodlari - ratsionalizatorlik faoliyatini kuzatish, turli ijodiy ishlarni namoyish qilish;
Amaliy ish metodlari - talabalarning mustaqil ijodiy ishlari, texnik adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash;
Nazorat qilish metodlari - ijodiy topshiriqlarni tekshirish, texnik masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish.
Bunda pedagogning vazifasi har bir amaliy mashg‘ulotda texnik ijodkorlikning turli metodlarini uyg‘unlashtirib, talabalar o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishini ta’minlashdan iboratdir.
Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o‘quv materialining mazmuniga va mashg‘ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga qarab har xil yo‘sinda qo‘shib va o‘zaro bog‘lab qo‘llanadi4.
O‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha asosiy psixologik pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo‘yilgan maqsadga va o‘quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruksiyalash (modellashtirish), manipulyativ konstruksiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik xujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish hayoliy eksperiment, texnik vositalar (shu jumladan trenajerlar)dan foydalanib kam-ko‘stlarini tuzatish kabilar. Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish ularda texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg‘otish imkonini beradi.
Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodlari. Intuitiv fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodi evristik metodlar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini yechish metodlari G.S.Altshuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular o‘z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy metodlar guruhini ajratib ko‘rsatadilar. Evristik metod vositasida ijodkorlik masalalarini yechishga an’anaviy yondashish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammodan kelib chiquvchi masala shartlarini aniqlash; xususiy hol uchun muammoni tahlil qilish va maqsadni shakllantirish; masalani hal qilish rejasini tuzish; rejani amalga oshirish va masalani qisman hal qilish; topilgan yechimlarni maqsadga muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini tanlash. Ijodkorlik masalalarini yechishning tahliliy metodida muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini qurish ko‘zda tutiladi. Bu metodda yechim aniqligi obyekt yoki jarayon ko‘rsatkichlarining o‘rganish uchun ishlab chiqilgan model ko‘rsatkichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan metodlarini talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha soddalashtirish hamda subyektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo‘llashda ikkala guruhga tegishli metodlardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi. 5 Loyihalash ishlarining xususiyatlari. Har bir mashinasozlik zavodida bosh konstruktor bo‘limi bo‘ladi. Ishlab chiqariladigan buyumlarning turiga ko‘ra asosiy va ixtisoslashtirilgan konstruktorlik buyumlardan tashkil topadi. Konstruktorlik tashkilotlari shug‘ullanadigan loyihalash obyektiga loyiha topshirishini tuzishda obyektni yasash uchun ishchi chizmalarni tayyorlashgacha bo‘lgan ishlar majmuidan iborat bo‘lib, juda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Konstruktorlik hujjatlarga grafika va tekst shaklidagi hujjatlar kiradi. Ular alohida holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini belgilaydi. Uni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat, qabul ekspluatatsiya va remont qilish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘ladi.