Elektromagnit kuchlanish rostlagichlari
Rus artilleriya ofiseri M.I.Karmanov tomonidan 1881 yilda taklif qilingan elektromagnit (vibrasiyali) kuchlanish rostlagichlari (2.10-rasm) asosan o’zgarmas tok generatorlari bilan ishlatiladi. Elektr ta’minot tizimida o’zgaruvchan tok generatorlariga o’tilishi bilan ishonchliligi va ishlash muddati yuqori bo’lgan elektron kuchlanish rostlagichlar elektromagnitli rostlagichlarni toboro siqib chiqarmoqda. Elektromagnitli rostlagichlar, tuzilishining soddaligi va nisbatan arzonligi tufayli, hozirgi kunda ham ba’zi yengil avtomobillarida qo’llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |