Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar


KONTAKTSIZ TRANZISTORLI ROSTLAGICHNING ISHLASHINI IZOHLANG(RR-350 misolida)



Download 0,76 Mb.
bet22/103
Sana11.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#349467
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103
Bog'liq
mashinalar elektronikasi

KONTAKTSIZ TRANZISTORLI ROSTLAGICHNING ISHLASHINI IZOHLANG(RR-350 misolida) Amalda tatbiq topgan kontaktsiz-tranzistorli rostlagichlarining eng keng tarqalgani GAZ-24, ZIL-130 va boshqa avtomobillarga o‘rnatilgan RR-350 belgili rostlagichdir (1.31-rasm). RR-350 rostlagich asosan R1, R3 qarshiliklardan iborat bo‘lgan o‘lchov elementi, taqqoslash (sezuvchi) elementi stabilitron VD1, tranzistorlar VT1, VT2, VT3 va qo‘shimcha qarshilik R8 larni o‘z ichiga olgan rostlovchi elementdan tashkil topgan. Bundan tashqari, rostlagichni tez va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida sxemaga diodlar VD2, VD3, VD4, drossel g‘altagi L va bir qator qarshiliklar o‘rnatilgan. Rostlagich quyidagicha ishlaydi . Generator kuchlanishi, belgilangan rostlanish qiymatidan kam bo‘lganda, stabilitron VD1 dagi kuchlanish uni teshib o‘tish uchun zarur qiymatga erishmaydi va u yopiq bo‘ladi. Bu holda tranzistor VT1 ham yopiq, chunki uning baza toki zanjiri uzilgan. Tranzistor VT1 ning berk bo‘lishi, tranzistor VT2 da baza toki hosil bo‘lishiga olib keladi va u quyidagi zanjir bo‘yicha o‘tadi: "+" qutb - R7 - VD2 diod - VT2 tranzistorning emitter-baza o‘tish joyi - R5 - "-" qutb. Baza toki ta’sirida VT2 tranzistor ochiladi va o‘znavbatida VT3 tranzistorni ham ochiq bo‘lishini ta’minlaydi, chunki unda baza toki mavjud bo‘ladi va u "+" qutb - VT3 tranzistorning emitter-baza o‘tish joyi - VD2 diod - VT2tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyi - R6 - "-" qutb zanjiri orqali o‘ta-di. Bizga ma’lumki, tranzistor ochiq bo‘lganda uning emitter-kollektor o‘tish joyining qarshiligi hisobga olmasa ham bo‘ladigan darajada kichik qiymatga ega. Demak, VT3 tranzistorning ochiq holda bo‘lishi , generatorning uyg‘otish chulg‘ami UCH ga qarshiligi juda kam bo‘lgan zanjir orqali tok borishi ta’minlanadi. Generatorning kuchlanishi ortadi. Generatorning kuchlanishi belgilangan rostlanish qiymatiga yetganda R1, Rp, R3, R4 qarshiliklar kattaligini to‘g‘ri tanlash hisobiga, stabilitron VD1 dagi kuchlanish teshib o‘tish qiymatiga erishadi va stabilitron keskin ochiladi (teshiladi). Stabilitronning ochilishi VT1 tranzistorida baza toki hosil bo‘lishiga olib keladi va u quyidagi zanjir orqali o‘tadi: "+" qutb VT1 ning emitter-baza o‘tish joyi - VD1 stabilitron - R3 - L drossel - "-" qutb. Bu tok ta’sirida VT1 tranzistor ochiladi va R5 qarshilikda kuchlanishni pasayishi sodir bo‘ladi.Natijada VT2 tranzistorning emitter va baza orasidagi potensiallar ayirmasi keskin kamayadi, VT2 tranzistor yopiladi va VT3 tranzistorining baza toki zanjirini uzadi. Bu VT3 tranzistorning ham yopilishiga olib keladi va tok generatorning uyg‘otish chulg‘amiga qarshilik R8 orqali o‘tishga majbur bo‘ladi. Uyg‘otish toki kamayadi, generatorning kuchlanishi pasaya boshlaydi va, demak,stabilitrondagikuchlanish ham kamayadi. Stabilitrondagi teskari kuchlanish, teshib o‘tish kuchlanishi qiymatidan kamayishi bilanoq, u yopiladi. Bu esa VT1 tranzistorning ham yopilishiga, VT2 hamda VT3 tranzistorlarning ochilishiga va generator kuchlanishining yana ortishiga olib keladi. Bu jarayon davriy ravishda 300 Gs gacha chastota bilan sodir bo‘ladi va shuning uchun rostlanayotgan kuchlanishning amplitudasi 0,1-0,2 V dan ortmayd PP-350 rostlagichdagi qolgan elementlar uning barqaror ishlashini ta’minlash va ba’zi tranzistorlarni himoya qilish uchun xizmat qiladi. So‘ndiruvchi diod VD4 uyg‘otish toki keskin kamayishi natijasida generatorning uyg‘otishchulg‘amida hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya EYUK ta’sirida VT3 tranzistorni kuyishdan saqlaydi. Berkituvchi diodlar -VD2 va VD3 dagi kuchlanishning pasayishi hisobiga VT2, VT3 germaniyli tranzistorlarning yopilishi tezlashadi. Drossel L generatordan rostlagichga, ya’ni stabilitronga kelayotgan kuchlanish pulsasiyasini silliqlash uchun xizmat qiladi. O‘zgaruvchan tok generatoridagi magnit zanjirining va to‘g‘rilash sxemasining o‘ziga xos tomonlari tufayli kuchlanish sezilarli pulsasiyaga ega bo‘lishi mumkin. Drossel L bo‘lmagan holda stabilitron ana shu kuchlanishning pulsasiyasi ta’sirida ochilib, rostlanish jarayon

buzilishiga olib keladi. Tranzistor Rtk harorat ortishi natijasida drossel qarshiligi va stabilitron tavsifnomasini o‘zgarishini kompensasiya qilish vazifasini bajaradi. Teskari aloqa qarshiligi R9 tranzistorlar ochiq holdan yopiq holga o‘tish vaqtini kamaytiradi va shuning hisobiga tranzistorlarni ortiqcha qizishdan saqlaydi. Bundan tashqari, teskari aloqa qarshiligi sxemaning bir holdan ikkinchi holga o‘zgarish chastotasini kerakli qiymatlargacha (50-300 Gs) kamaytirishni ta’minlaydi. Aks holda, ya’ni teskari aloqa qarshiligi bo‘lmasa, sxemaning o‘zgarish chastotasi generator kuchlanishning pulsatsiyasi bilan belgilanib, u bir necha kilogersga yetishi va tranzistorlardagi quvvat yo‘qotilishi sezilarli darajada ortishi mumkin.




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish