Avtomatlashtirish va boshqarish



Download 38,94 Mb.
bet70/215
Sana09.07.2022
Hajmi38,94 Mb.
#763554
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   215
Bog'liq
sto` umk

Nazorat savollari.

  1. Titrash deganda nimani tushunasiz?

  2. Titrashning qanday turlarini bilasiz?

  3. Avtomatik titrash haqida qanday ma'lumotlargi egasiz?



Ma'ruza №32.
Gazlarning tarkibini tahlil qilish.Asosiy ma’lumotlar va tasnifi.


Reja:

  1. Gazlarning tarkibini tahlil qilish. Asosiy ma'lumotlar va tasnifi.

  2. Termokonduktometrik gaz analizatorlari.

  3. Termomagnitli gaz analizatorlari.



Gazlar tarkibini taxlil qilishda Klaster texnologiyasi


Gaz analizatorlari tekshirilayotgan gaz aralashmasidagi komponent yoki komponentlar yig‘indisi konsentratsiyasi haqida ma'lumot beradigan qurilmalardir. Gaz anlizatorlari sanoatning barcha sohalarida va ilmiy-tadqiqot ishlarida keng ishlatiladi. Keyingi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilishga katta e'tibor berilayotganligi munosabati bilan sanoat korxonalari chiqindilari tarkibidagi zarari qo‘shilmalar miqdorini, ishlab chiqarish xonalari va atmosferadagi zararli qo‘shilmalar miqdorini nazorat qilishga mo‘ljallangan gaz analizatorlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish keskin kengaydi. Aholi yashaydigan hududlar havosining sifatini nazorat qilish uchun havoni ifloslantiradigan is gazi, azot qo‘shoksid, chang va boshqa shu kabi moddalar konsentratsiyasi o‘lchanadi.
Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz analizatorlarining ko‘pchiligi gaz aralashmalaridagi bitta komponentning konsentratsiyasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Bu holda gazlarning aralashmalari binar deb qaralib, undagi aniqlanadigan komponent o‘lchanayotgan aralashmaning fizik-kimyoviy xossalariga ta'sir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va konsentratsiyasidan qat'i nazar, ularning xossalariga ta'sir qilmaydi va aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko‘p komponentli gaz aralashmalarining tashkil etuvchilarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan gaz analizatorlari ham mavjud.
Gaz analizatorlari ishlash prinsipi (tahlil qilish usuli), tahlil qilinayotgan muhitning xossalari, aniqlanayotgan komponentlar soni, ishlanish turi, chiqish signalini unifikatsiyalash usuli va o‘lchash natijalarini berish usuli kabi belgilariga ko‘ra tasniflanishi mumkin.
Eng oddiy holda namunani o‘zgartirmasdan tahlil qilish mumkin, bu yerda, tahlil qilinayotgan aralashma tarkibi to‘g‘risida o‘lchanayotgan parametrga qarab bevosita xulosa chiqariladi. Tahlil qilishda namunani o‘zgartirish analitik o‘lchash tanlanuvchanligini oshirish imkonini beradi. Namunani o‘zgartirish uchun fizik usullardan ham, kimyoviy usullardan ham foydalanish mumkin. Agar namunaga ta'sir qilish uning fizik xossalarini tubdan o‘zgartirib yuborsa, bunday o‘zgartirish fizik o‘zgartirish deb ataladi. Agar namunaga ta'sir qilish uning tarkibining tubdan o‘zgarishiga olib kelsa, u kimyoviy o‘zgartirish deb ataladi.
Gaz analizatorlari hajmiga nisbatan %, g/m3, mg/l larda darajalanadi. Birinchi birlik ancha qulaydir, chunki gaz aralashmalari komponentlarining foiz hisobidagi miqdori harorat va bosim o‘zgarganida doimiyligicha qoladi.
Gaz analizatorlari tarkibiga datchik va chiqish signallarini o‘lchagichdan tashqari, asbobning normal ishlashini ta'minlovchi bir qancha qurilmalar ham kiradi. Asosiy, yordamchi qurilmalar gaz aralashmasi namunasini tanlovchi, tozalovchi, uzatuvchi va tahlilga tayyorlovchi qurilmalardir.
Gaz analizatorlarining mavjud tasnifi aralashmaning aniqlanadigan komponentlarining konsentratsiyasini o‘lchashga asos qilib olingan fizik-kimviy xossalarga asoslanadi.



Download 38,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish