Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash


-§. ISSIQLIK ALMASHTIRGICH



Download 1,33 Mb.
bet43/52
Sana20.07.2022
Hajmi1,33 Mb.
#829152
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Bog'liq
Uchunchi bòlim (Восстановлен)

22.4-§. ISSIQLIK ALMASHTIRGICH


22.4.1. Texnologik uzelning tavsifi
Qarshi oqimli issiqlik almashtirgichda bir oqimning (mahsulotning) isishi jarayoni ikkinchisining (issiqlik eltgichning) sovushi xisobiga modellashtiriladi. Isitilayotgan mahsulot sifatida sovuq suv, issiqlik eltgich sifatida esa issiq suvdan foydalaniladi.
Texnologik uzelning sxemasi 22.4-rasmda keltirilgan.
G‘ilof quvurli issiqlik almashtirgich quvurlar dastasi va quvurni o‘rab turgan qobiqdan iborat. Suyuqliklar issiqlik almashtirgichning bu ikki qismi bo‘ylab o‘tib, quvurlarning sirti orqali o‘zaro issiqlik almashinadilar.

22.4-rasm Isitish uzeli sxemasi
Mahsulot nasos yordamida T-1 issiqlik almashtirgich quvurlariga, issiqlik eltgich esa, boshqa nasos bilan uning korpusiga uzatiladi. Issiqlik eltgich T-1 ga oqib kiradi va quvur dastasida mahsulot oqimiga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi.
Oqimlarning qarama-qarshi yo‘nalishi issiqlik almashinuvining yanada yuqori tezlikda bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa issiqlik almashtirgichning o‘lchamlarini minimallashtirishga imkon beradi. Isigan mahsulot issiqlik almashtirgich quvurlarining issiqlik eltgich kirgan uchidan oqib chiqadi, sovutilgan issiqlik eltgich esa issiqlik almashtirgichning mahsulot
oqib kiradigan tomonidan chiqadi.


22.4.2. Boshqarish prinsiplari
Issiqlik almashtirgichni boshqarish vazifasi isitish jarayonini qurilmaning xavfsizligi va undan samarali foydalanish talablariga muvofiq o‘tkazishdan iborat.
Mahsulot N-1/A,V nasos yordamida T-1 issiqlik almashtirgichning quvurlar dastasiga uzatiladi. Mahsulotning sarflanishini boshqarishni issiqlik almashtirgichga tomon liniyadagi FV-100 klapan yordamida FIRC-100 rostlagichi amalga oshiradi. Mahsulotning haroratini TIR—300 asbobi o‘lchaydi.
Issiqlik eltgich T-1 issiqlik almashtirgichga N-2/A,V nasos yordamida uzatiladi. Issiqlik almashtirgichga kirayotgandagi uning harorati TIR-310 asbob yordamida o‘lchanadi. T-1 issiqlik almashtirgichdan chiqishda qizigan mahsulotning berilgan haroratini TIRC-330 rostlagich ta’minlab turadi, u FIRC-110 asbob uchun sarf miqdorini o‘zgartirib, T-1 ga kelayotgan issiqlik eltgich oqimini kaskadda boshqaradi. FIRC-110 rostlagich FV-110 klapan yordamida issiqlik eltgichning talab etilayotgan sarfini ta’minlaydi, bu klapan issiqlik almashtirgichga issiqlik eltgichni uzatish quvurida joylashgan. T-1 dan chiqarilayotgan sovitilgan issiqlik eltgichningharoratini TIR-320 datchigi nazorat qilib turadi.



Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish