Recover Pictures Lab
Bu dastur faqat o`chirib yuborilgan barcha JPEG, PNG, TIFF, GIF, BMP, JPG, TIF formatdagi fotosuratlarni qiyinchiliksiz qayta tiklaydi. Mazkur dastur ko`plab uyali aloqa vositalariga mos keladi. Ushbu dasturni Samsung, Sony, Google, Nokia, Motorola, ZTE, LG, Lenovo, HTC va Huawei rusmdagi uyali aloqa telefonlariga mos keladi. Dasturning hajmi: 1.8MB ni tashkil etadi. Recover Pictures Lab v43 versiyasini bepul yuklab olish uchun link: http://download.cnet.com/android/recover-pictures-lab/3260-20_4-10427950-1.html
Fridaysoft
Mazkur dastur barcha Android tizimidagi uyali aloqa vositalariga hamda planshetlarga mos keladi. Bu dastur nafaqat uyali aloqa vositalari balki SD kartalar, telefonning o`zini xotirasidagi o`chirib yuborilgan kerakli rasm va boshqa fayllarni qayta tiklaydi. Agar siz 1 oy oldin yoki undan ham avvalroq o`z SD kartangizni to`la o`chirib tashlagan (formatirovat kartu pamyati) bo`lsangiz ham bu dastur uniqancha muddat bo`lishidan qat`iy nazar 80-85% qayta tiklay oladi. Ko`p xollarda SD kartasini bilmagan holatda to`la o`chirib tashlaganlar, SD kartalarini turli kompyuter dasturlarida o`chirilgan fayllarni qayta tiklashga urinib ko`rishadi. Endi siz bu kabi vaziyatlarda o`z mobil qurilmangizga 100% ishonishingiz mumkin. Dasturdan foydalanib mavjud muammolaringizni bartaraf qiling. Dasturning umumiy hajmi juda kichik ya`ni: 2.4MB.
ClasssyHai
Bu dastur uyali aloqa vositangizdan o`chib ketgan barcha ma`lumotlarni tiklaydi. Masalan: MMS, SMS, qo`ng`iroqlar tarixi, kalendardagi o`chib ketgan muxim sana va ma`lumotlar, yon daftarchadagi yorliqlar, lug`atlardan qidirligan avvalgi so`z va iboralar, telefon raqamlari, kontaktlar ro`yxati va SD kartadagi barcha ma`lumotlar. Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, bu dastur ham juda ham foydali va qulay dasturlardan biridir. Yuklab olish ham unchalik qiyin emas. Quyidagi https://apkpure.com/developer/ClassyHai linkga kirsangiz kifoya. Yuklab olish hajmi: 3.5 MB.
Bu kabi dasturlarning barchasi unumli foydalanish, mexnat sarfini kamaytirish uchun yaratilmoqda. O`ylaymanki, siz yuqoridagi maqoladan anchada buyon qiynayotgan savollaringizga javob topdingiz. Har bir kishi savob ishni har kuni qilishi kerak. Shunday ekan siz ham bu kerakli ma`lumotlarni do`stlaringiz va tengdoshlaringizga tavsiya etasiz degan umiddamiz. Siz qachonki, ushbu sahifadan o`zingizga kerakli biror bir ma`lumot ola olsangiz demakki, biz behudaga harakat qilmabmiz.
Bu sahifani yanada qiziqarli va foydali qilish uchun o`zingizni o`ylatirayotgan shu kabi savollarni bizga yuboring. Biz doimo sizni o`ylantirayotgan savollarga javob berishga tayyormiz.
152. Kompyuterga texnik xizmat ko’rsatuvchi amaliy dasturlar
. 1. Kompyuterda amaliy dasturlar bilan ishlash jarayonida, faqatgina bu dasturlarni boshqarishni bilish bilan cheklanib qolmaslik lozim. Kompyuterdagi haqiqiy holat va undagi amaliy ishlar foydalanuvchidan yanada chuqurroq bilim talab etadi, ya’ni axborotlarning bir butunligani saqlay bilish, ularni har xil kutilmagan harakatlardan himoya qilish, kompyuterdagi ruy beradigan buzilishlardan saqlash, virus tarqatuvchi dasturlar ta’siridan va foydalanuvchi o’zining yo’l qo’yadigan xatolaridan saqlay bilishi lozim.
Arxivga olish dasturlari. Eng keng tarqalgan servis dasturlardan biri bu fayllarni, fayllar guruhini siqib yozish, qadoqlab yozish yoki arxivga olish uchun mo’ljallangan dasturlardir. Ma’lumotlarni siqish- bu faylda saqlanayotgan axborotlarning qayta tartiblanish jarayoni bo’lib, unda axborotning hajmi kichrayib, saqlanishi uchun diskdan kam joy talab etadi. Arxiv fayl sifatida bir yoki bir necha fayllarni siqilgan ko’rinishda yozish mumkin.
Arxiv fayl - bu maxsus tarzda tashkil etilgan fayl bo’lib, o’zida bir yoki bir necha fayllarning siqilgan variantini hamda ularning qaysi vaqt, sanada yozilganligi va hajmi haqida ma’lumotni saqlaydi.
Axborotlarni siqib yozishdan maqsad ularning diskda ixcham joylashishini axborotlarning kompyuter tarmoqlari orqali uzatilish vaqtini va bahosini kamaytirishni ta’minlaщdir. Bundan tashqari fayllar guruhini bir faylga qadoqlash, arxivlash axborotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga uzatishni, saqlashni engillashtiradi va sarflanadigan vaqtni qisqartiradi. SHu bilan birgalikda ma’lumotlarni har xil ruxsatsiz foydalanishlardan va turli viruslardan himoya qiladi.
Fayllarning siqilish darajasi K koeffitsient bilan xarakterlanadi va vo siqilgan fayl hajmining Vi siqilmoqchi bo’lgan fayl hajmiga nisbatan foizdagi ifodasi orqali aniqlanadi. K= Vo •100%/Vi
Siqilish darajasi siqish uchun ishlatilayotgan dasturga, chiqish metodiga va siqilayotgan fayl turiga bog’liqdir. Arxivga oluvchi yoki siqib yozuvchi dasturlar ishlatayotgan siqish metodlari bilan farqlanadi va o’z-o’zidan siqilish darajasiga ta’sir etadi.
Arxivga olish (upakovka - qadoqlash) - fayllarni siqilgan yoki normal holatda arxiv faylga joylashdir.
Arxivdan chiqarish (raspakovka- qadoqni ochish) - bu arxivga olingan fayllarni boshlangich holatiga qanday bo’lsa shunday arxivdan chiqarish jarayonidir. Arxivdan chiqarishda fayllar yo’l ko’rsatilgan bo’lsa diskga yoki tezkor xotiraga joylashadi.
Fayllarni arxivga oluvchi va undan chiqaruvchi dasturlarni arxivator dasturlar deb ataladi. Hajmi jihatidan katta bo’lgan arxiv fayllarni bir necha disklarga joylashtirish mumkin. Bunday arxivlar ko’p tomli arxivlar deb ataladi. Tom - bu ko’p tomli arxiv fayllarning tashkil etuvchi qismidir.
Arxivator dasturlarning asosiy turlari. Hozirgi kunda ish ulchamlari va vazifalari bilan farqlanuvchi bir necha xil arxivator fayllar mavjud. Ular ichidan eng ko’p ishlatiladigan dasturlar bilan tanishib o’tamiz. ARJ, PKPAK, LHA, ICE, HYPER, ZIP, RAK, EXPAND va Rossiyada yaratilgan AIN, RAR dasturlari.
Odatda fayllarni arxivga olish va undan chiqarish bitta dastur orqali amalga oshiriladi. Lekin ayrim hollarda arxivga olish bir dastur orqali, arxivdan chiqarish esa boshqa bir dastur orqali amalga oshiriladi. Masalan: PKZIP dasturi fayllarni arxivga olsa, PKUNZIP dasturi esa xuddi shu fayllarni arxivdan chiqaradi.
SHunday arxivator fayllar mavjudki, ular yaratgan arxiv fayllar o’zlarini o’zlari arxiv fayldan chiqaradi. Bunday fayllar o’zini o’zi arxivdan chiqaruvchi faylar deb ataladi. O’zini o’zi arxivdan chiqaruvchi fayllar MS DOS sistemasida *.exe kengaytma fayl ko’rinishida saqlanadi. Arxivator dasturlar ichidan EXPAND arxivator dasturi MS DOS va WINDOWS muhitlarida fayllarni arxivga olish va chiqarish uchun ishlatiladi.
Arxivator dasturlar ikki xil usul bilan boshqariladi.
153.Axborot saqlovchi qurilmalarni formatlash
. Axborotlarni saqlovchi-tashuvchi qurilmalar o‘zining xususiyatlariga ko‘ra:
•
Magnit-lentali;
•
Diskli;
•
Fleshlar va xotira kartalari;
•
Tashqi qattiq disklarga bo‘linadi.
Magnit-lentali axborot saqlovchi-tashuvchi qurilma bugungi kunda ishlab
chiqarilmaydi. Shuning uchun bu to‘g‘risida to‘xtab malumot berib utirmaymiz.
Diskli axborot saqlovchi-tashuvchi qurilmalar bugungi kunda juda ko‘p
qo‘llaniladigan qurilmalarga kiradi.
Diskli axborot saqlovchi-tashuvchi qurilmalar o‘z vaqtida:
•
Magnitli disklarga;
•
Optikaviy disklariga;
•
Magnitli-optikaviy dislarga bo‘linadi.
Magnitli disklar (ingliz. floppy disk, diskette) - egiluvchan magnitli disketalar.
Disketalar 1970 yilar perfokarta va magnitli lentalarni bozordan siqib chiqargan
bo‘lib, axborotlarni va ma’lumotlarni ko‘p martta qayta yozish va saqlash
imkoniyatini beruvchi, mashxur qurilma bo‘lib hisoblangan.
Dastlabki disketlarning xotirasiga 110, 360, 720 ili 1200 Kb ma’lumot yozish
imkoniyati bo‘lgan bo‘lsa, 1985 yillrda 1,44-2,8 Mb, 1995 yillarga kelib esa 3,5″
dyumli disketalar Iomega Zip ishlab chiqarildi. Bu disketalarning xotirasi dastlabki
vaqtda 100, 250, va keyinchalik 750 Mb gacha tashkil qilgan. Optikaviy disklar - kompak disklar (ingl. optical disc) - axborot - ma’lumot
saqlovchi-tashuvchi qurilma disk shaklida bo‘lib, optikaviy nurlar yordamida
ma’lumotlar yoziladi va o‘qiladi. Birinchi optikaviy disklarni 1979 yillarda
“Philips” firsami ovozni yozish va o‘qish uchun ishlab chiqqan edi.
Optikaviy disk - (1) asoslari odatda polikor-bonatdan yasalgan bo‘lib, uning ustiga
ma’lumot-larni saqlash uchun mahsus qoplama - (3) bilan qoplangan. Bu
ma’lumotlarni yozish va o‘qish
uchun
lazer
nurlaridan
foydalaniladi - (9). Lazer nurlari
- (6) mahsus qoplamali qatlamga
- (3) yuboriladi va undan qaytadi.
Qaytgan nurlarni singal tariqasida
fotodetektor - (8) qayd qiladi va
uni modulyatsiya qilish uchun
modulyatorga uzatatadi.
Optikaviy disklar xotirasiga ma’luot
xajmi bilan va ma’lumotlaning yozilish farmati
biln farq qiladi va quydagi tiplari mavjud:
•
CD, bir qatlamli CD disklar xotirasida 700-750 Mb ma’lumot saqlash
mumkin.
•
DVD, bir qatlamli DVD disklar xotirasiga 7 dan 8.5 Gb ma’lumot saqlash
mumkin.
•
va Bly-ray, bir qatlamli Bly-ray disklar xotirasiga 25 dan 300 Gb gacha
ma’lumot saqlash mumkin.
Magnitli-optikaviy disklar (MOD) - magnitli disklardagi va optikaviy
disklardagi xusisiyatlar jamlagan diklarga aytiladi. Bunday disklarda o‘qish vaqtida
optikaviy sistemadagidek disklarni o‘qidi, yozganda esa birdaniga optikaviy sistema
va magnitlik sistemani qo‘llaydi
154. Axborot saqlovchi qurilmalarni formatlash turlari (NTFS, FAT, FAT32,
Fayllarni boshqarish tizimlari, ko`pgina zamonaviy OT larning asosini tashkil etadi. M-n, UNIX OTi, fayl tizimisiz ishlamaydi, unda fayl tizimi asosiy tushunchalardan biridir, hamma zamonaviy OT lar fayllardan va ular bilan ishlash uchun mos dastur ta`mintidan foydalanadi. Gap shundaki, birinchidan, fayl tizimi orqali ma`lumotlar bo`yicha ko`pgina ishlov bеruvchi dasturlar bohlanadi.
Ikkinchidan, bu tizim orqali disk makonini markazlashtirilgan holda taqsimlash va ma`lumotlarni boshqarish muammolari еchiladi. Va nihoyat, foydalanuvchilar o`z ma`lumotlariga murojaat qilishning oson usullariga ega bo`ladilar, bu ma`lumotlarning, tashqi xotira qurilmalarida joylashtiradilar.
Turli OT lar va Tashqi xotiraning turli qurilmalari uchun yaratilgan ko`pgina fayl tizimlari mavjuddir. Ularda, mos ravishda ma`lumotlarni joylama (nositеl) da joylashtirishning har xil printsiplaridan foydalaniladi. Biz, FAT, FAT 32 va NTFS fayl tizimlari bilan tanishamiz. Ayniqsa, hozirgi kunda eng ko`p tarqalgan fayl tizimi bilan – NTFS bilan tanishish muhim ahamiyatga egadir.
155. BIOS ga kirish va uning imkoniyatlari
Barcha zamonaviy kompyuter anakartlarda BIOS dasturiy ta'minoti mavjud. Asosiy Kirish Chiqish tizimidan iborat bo'lgan BIOS, anakartdagi kichik xotira kartasida saqlanadi. Qurilmaning qanday ishlashini o'zgartirish yoki muammolarni bartaraf etishda yordam berish uchun BIOS-ga kirishingiz mumkin.
Bu POST uchun javobgar bo'lgan BIOS va shu bilan kompyuterni ishga tushirishda birinchi dasturiy ta'minotni ishlab chiqaradi.
BIOS firmware dasturi vaqtinchalik emas, ya'ni uning sozlamalari qurilmadan quvvat olib tashlanganidan keyin ham saqlanadi va qayta tiklanadi.
BIOS by-os sifatida belgilanadi va ba'zida tizim BIOS, ROM BIOS yoki PC BIOS deb ataladi. Biroq, u noto'g'ri ravishda BASIC yoki Operatsion tizimida yaratilgan.
BIOS, kompyuterni yuklash va klaviatura nazorati kabi bir qator asosiy funktsiyalarni bajarish haqida ma'lumot beradi.
BIOS shuningdek, qattiq disk , floppy disk , optik haydovchi , protsessor , xotira va h.k. kabi qo'shimcha qurilmalarni aniqlash va sozlash uchun ishlatiladi.BIOSga BIOS Setup Utility dasturi orqali kirish va sozlash mumkin. BIOS Setup Utility, BIOS'un barcha maqsadga muvofiq maqsadlari uchun. BIOS-dagi mavjud bo'lgan barcha variantlar BIOS Setup Utility orqali sozlanishi.
Windows kabi operatsion tizimdan farqli o'laroq, diskda tez-tez yuklab olinadigan yoki olinadigan va foydalanuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan o'rnatilishi kerak bo'lgan BIOS, kompyuterni sotib olganida oldindan o'rnatiladi.
BIOS Setup Utility dasturiga kompyuteringiz yoki anakart maketi va modeliga qarab turli xil usullarda kirish mumkin. Yordam olish uchun BIOS Setup Utility dasturiga qanday kirish mumkinligini ko'ring.
156. Ultra Iso dasturida sistemali dastur yozish ketma-ketligi
«UltraISO» yordamida siz har qanday operatsion tizimning (Windows 10, 8, Windows 7, Linux) obrazidan, shuningdek turli «LiveCD»lari bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |