Yozma ishni baholash tartibi va o`zlashtirish ko`rsatkichini aniqlash
amaldagi Nizomga muvofiq quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-
talaba berilgan topshiriq variantidagi tayanch so`z
va iboralarining
mohiyatini qisqa va lo`nda ifodalab unga yaqin bo`lgan tushunchalar bilan bog`lab,
undan mantiqiy yaxlitlikka hamda kerakli xulosaga ega bo`lgan bo`lsa, unda
talabaning bilimi
21,0 - 30,0 ball
bilan baholanadi;
-
talaba berilgan topshiriq bo`yicha mavzuni yoritishda unga ijodiy yondoshgan
holda boshqa tushunchalar bilan bog`lashga harakat qilgan va mantiqiy yaxlitlikka
erishgan bo`lsa, unda talabaning bikimi
11,0-20,0
ball
bilan baholanadi;
-
talaba yozma ish
uchun ajratilgan variant topshirig`idagi tayanch so`z va
iboralar mohiyatini qisman ochib, unga bog`liq bo`lgan ma’lumotlar bermagan va
bayonda mantiqiy yaxlitlikka erishmagan bo`lsa, unda talabaning bikimi
1,0
-10,0
ball
bilan baholanadi;
-
talaba berilgan tayanch so`z va iboralarning mohiyatini yecha olmagan, unga
izoh bermagan, topshiriqni bajara olmagan bo`lsa,
talaba
ijobiy baholanmaydi
.
"Yakuniy nazorat" bosqichini baholash yuqorida keltirilgan tartibda amalga
oshirilib, fan o`qituvchisi hamda yozma ish uchun tuzilgan komissiya a’zolari
Нгтгқфдш”1987
449
tomonidan tekshirilib, kerakli taqriz va mulohazalar bildiriladi hamda qo`yilgan ball
dekanat tomonidan chiqarilgan
qaydnomaga rasmiylashtirilib, talabaning fan
bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichi aniqlanadi.
Fan bo`yicha yakuniy nazorat bosqichini test usulida amalga
oshirish uchun:
-
fan bo`yicha to`la material asosida tuzilgan test savollari to`plami
kafedra
yig`ilishida ko`rib chiqilgan bo`lishi kerak;
-
har bir talaba uchun test savollaridan tuzilgan variant savollari miqdori 30
tadan kam bo`lmasligi maqsadga muvofiqdir;
-
variantdagi savollar ko`p takrorlanmasligi, har bir variant uchun fanning har
bir bo`limidan savol bo`lishligini ta’minlash tavsiya etiladi;
-
yakuniy nazorat bosqichi uchun ajratilgan ballga qarab har bir savol uchun
ball ajratiladi, shu asosda umumiy ball aniqlanadi;
-
har bir variant 30 ta test savollardan tuzilgan bo`lsa, YaN uchun belgilangan
ballga nisbatan har bir savol uchun 1,0 balldan teng taqsimlanadi.
Talabaning fan bo`yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:
100
Q
V
R
у
bunda,
V
– semestrda fanga ajratilgan umumiy o`quv yuklamasi (soatlarda);
Q
–fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo`yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi
(39,0 ball)
saralash balli hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to`plagan talabalar
yakuniy nazoratga kiritilmaydi;
-
joriy va oraliq nazorat turlaridan saralash ballini yig`ib, eng kami 39 va undan
ko`p ball to`plagan talaba YaN ga qo`yiladi;
-
joriy va oraliq nazorat turlari bo`yicha 55 va undan yuqori ball to`plagan
talaba fanni o`zlashtirgan
deb hisoblanib, ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga
talabaning hoxishi bo`yicha kirmasligiga yo`l qo`yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo`yicha to`plagan umumiy balli har bir
nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yig`indisiga teng.
Oraliq va joriy nazorat turlari fan xususiyatidan kelib chiqib, tavqim rejada
ko`rsatilgan muddatlarda, yakuniy nazorat esa dekanat tomonidan tuzilgan reyting
nazorat jadvallari asosida o`tkaziladi.
Fan bo`yicha belgilangan nazorat turlarini o`tkazish muddatlari fan bo`yicha
belgilangan bo`limlar bo`yicha mashg`ulotlar o`tib bo`lingandan so`ng, o`tkazish
usuli esa fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda dars jarayonida so`rov o`tkazish,
test savollariga javob berish, nazorat ishlarni bajarish va shu kabi boshqa shakllarda
Нгтгқфдш”1987
450
amalga oshirish tavsiya etiladi. Fan bo`yicha nazoratlarni o`tkazish
usuli kafedra
yig`ilishida muhokamadan o`tgan bo`lishi kerak.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to`plagan va uzrli
sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun
navbatdagi shu nazorat turigacha so`nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy
nazoratgacha bo`lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda
belgilangan muddatlarda
joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani
farmoyishi asosida o`qishni boshlaganidan so`ng ikki hafta muddatda topshirishga
ruxsat beriladi.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo`yicha to`plagan
ballari
ushbu nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam bo`lsa yoki semestr
yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo`yicha to`plangan ballari
yig`indisi 55 baldan kam bo`lsa, u akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o`zlashtirish
uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o`zlashtira olmagan
talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko`ra belgilangan tartibda rektorning buyrug`i
bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Baholashning o`rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda
o`tkazilishi hamda rasmiylashtirilishiga shaxsan fan o`qituvchisi mas’ul hisoblanib,
fakultet dekani, kafedra mudiri, o`quv-uslubiy hamda ichki nazorat va monitoring
bo`limlari tomonidan nazorat qilinadi.
Talabaning
reytingi uning bilimi, ko`nikmasi va malakalari darajasini
belgilaydi. Talabaning fan bo`yicha umumiy reytingi fan bo`yicha to`plangan
reyting ballari yig`indisi orqali aniqlanadi.
Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig`ilishlari, fakultet va
institut Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli
qarorlar qabul qilinadi.