Bog'liq ABT va kibernetik tizimlar. ABT ni yaratishda operativ boshqaruv masalalari. 5-mavzu
5-MAVZU: ABT va kibernetik tizimlar. ABT ni yaratishda operativ boshqaruv masalalari.
REJA :
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlar.
Kibernetik tizimlar.
ABT ni yaratishda operativ boshqaruv masalalari.
AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMLAR. Xalq xo‘jaligining rivojlantirish jarayonida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish ilmiy-texnik o‘sishni jadallashtirishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Shu jumladan qishloq va suv xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari lokal avtomatlashtirish ob’ektlari hamda texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini yaratish va ularni takomillashtirishni o‘z ichiga oladi.
Qishloq va suv xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish ishlab chiqarish jarayonlari effektivligini oshirishda qo‘l mehnatiga asoslangan jarayonlarni qisqartirish, shu jumladan kundan kunga o‘sib borayotgan suv resurslari defitsitini oldini olish va suvni tarqatish masalalariga asoslangan
«Avtomatlashtirish» so‘zi grekcha «automatos» so‘zidan olingan bo‘lib, «o‘z-o‘zidan harakatlanuvchi» ma’nosini bildiradi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda esa inson amalga oshirayotgan nazorat, boshqaruv masalalari avtomatik asbob-uskunalar yordamida bajariladi. O‘lchov asboblari va avtomatik qurilmalar qo‘l yordamida bajarilishi qiyin bo‘lgan texnologik jarayonlarni optimal qiymatini saqlashga imkon beradi.
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini ishlab chiqarish uch xil yo‘nalishda olib borilishi mumkin: - boshqaruv obe’ktlaridagi fizik xususiyatlarning o‘zgarishini EHM larni qo‘llash asosida matematik modellashtirishni effektiv o‘rganish usullari;
- texnologik jarayonlarning o‘lchanayotgan va boshqariluvchi koordinatalari orasidagi bir biriga mos keluvchi qiymatlari orasida texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqaruv usullari;
- avtomatlashtirishning texnik vositalarini (nazorat, boshqaruv) o‘z ichiga oluvchi muhandislik usullari ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning tizimli yondoshuvi asosida to‘rtta bosqichni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shuni ko‘rsatish mumkinki, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish vazifalari soha bo‘yicha bir-biridan turli tabiiy biologik hamda sifat ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun bu yerda boshqaruv va nazarot vazifalarini bajaruvchi xizmatchi xodimlarni to‘liq yoki qisman o‘z vazifalaridan ozod qilish lokal avtomatlashtirish tizimlarini qo‘llash asosida hal etilish mumkin.