6.2. Gidravlik kuchayтirgichlar
Gidravlik kuchaytirgichlar avtomatika tizimlarida keng ishlatilmoqda.
Ayniqsa, zolotnik bilan boshqariladigan porshenli gidravlik kuchaytirgichlar eng
ko‘p tarqalgan. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi avtomatika tizimlari-
da gidravlik kuchaytirgichlar pnevmatik kuchaytirgichlarda nisbatan ko‘proq ish-
latiladi. Ular mobil mashinalarning avtomatika tizimlarida (o‘rnatma agregatlarni
boshqarish uchun) va traktorlar hamda kombaylarni avtomatik xaydash (boshqarib
borish) tizimlarida ishlatilmoqda.
Zolotnik bilan boshqariladigan porshenli gidravlik kuchaytirgichning prin-
sipial sxemasi 6,9 a-rasmda ko‘rsatilgan (odatda porshenli nasoslar ishlatiladi).
Ish suyuqligi yoki temperaturali qovushoqlik koeffitsiyenti kichik bo‘lgan
maxsus suyuqliklarning bosimini hosil qiladi va bu bosimni saqlaydi. Bosim
o‘tkazib yuborish klapani bilan rostlanadi. Kuch silindri 4 ga birlashtirilgan kanal-
lar neytral vaziyatda to‘liq yopilgan bo‘ladi. Porshen 5 xarakatlanmaydi. Agar
zolotnik 3 ga yuqoriga yo‘nalgan kirish ta‘siri x berilsa, u holda zolotnik yuqoriga
xarakatlanib, teshiklarni ochadi, shunda kuch silindrining yuqori bo‘shlig‘iga bos-
im ostidagi moy kiradi, pastki bushlik esa ayni vaqtda kaytarib tukish trubasiga
tutashadi. Nasos 1 ishlab, bak 6 dagi moyni kuch silindri ichiga xaydagani uchun
yuqori bushlikdagi bosim oshadi va porshen 5 pastga siljiydi. Porshenning xarakati
tezligi - silindrga kelayotgan va undan ketayotgan moy miqdoriga bog‘lik, bu esa
o‘z navbatida teshiklarning ochilish qiymatiga bog‘lik.
Gidravlik kuchaytirgichlarnig statikaviy xarakteristikasi 6,9 b-rasmda
ko‘rsatilgan.
6.9 -rasm. Zolotnikli gidravlik kuchaytirgichning sxemasi
va uning statik tavsifnomasi.
Хarakteristikada quyidagi zonalar bor: 2a ga teng nosezgirlar zonasi. Bu
zonaning paydo bo‘lishiga sabab shuki, zolotnik belbog‘ining kengligi teshikning
kengligidan bir oz katta - to‘yinish zonasi. Bu zona zolotnik teshiklarning to‘liq
ochilishiga mos bo‘ladi, shuning uchun porshening xarakatlanish tezligi bu yerda
endi kattalasha olmaydi. Agar zolotnik siljiganda (6.9-rasm) topshiriqlar to‘liq och-
iladigan holatga (Х max) yeta olmasa va nosezgirlik zonasi e‘tiborga olinmasa,
statik xarakteristkasini taxminan chiziqli deb hisoblash mumkin (rasmda punktir
bilan ko‘rsatilgan).
Gidrokuchaytirgichlar teskari aloqasiz va gidrotsilindr porshenning vaziyati
bo‘yicha bikr teskari aloqali qilib ishlab chiqariladi. Gidrokuchaytirgichlarning
chiqishida katta quvvatlarni olish uchun kaskadli birlashtirish usuli qo‘llaniladi,
shunda birinchi kuchaytirgichning ijrochi organi navbatdagisining rostlovchi or-
ganiga ta‘sir etadi.
Gidrokuchaytirgichlarning chiqish quvvati bir, o‘n, yuz va bundan ortiq
kilovattni tashkil etishi mumkin, kuchaytirish koeffitsenti juda katta (3.10. ---
3.10. ) bo‘lib, kuchaytirgichi juda tezkor.
6.3. Oqim quvurchali gidravlik kuchaytirgichlari
Ushbu turdagi kuchaytirgichning sxemasi 6.10-rasmda ko‘rsatilgan. Mum-
dshtukdan 3 tezlik bilan oqib chiqarilgan suyuqlikning bosimi uning holati ney-
traldan o‘zgartirilganda 4 va 5 quvurchalarda o‘zgaruvchan bosimga aylantiriladi.
Oqim quvurchasi 2 olib beruvchi 1 quvurga ulangan. Mumdshtukdan oqib
chiqayotgan suyuqlik quvurchalarni birisiga o‘tib tezlikni bosimga aylantiriladi.
Mumdushtukni neytral holatida 4 va 5 quvurchalardagi bosim teng va porshen 7
xarakatlanmaydi. Mumdshukni holati o‘zgarilishi bilan quvurchalarni bittasida
bosim oshib, ikkinchisidan kamayib ketadi. Buning natijasida porshen xarakatlanib
ijro mexanizmni ishga tushiradi.
6.10.-rasm. Oqim quvurchali gidravlik kuchaytirgichning sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |