Тermoelektrik termometrlarni yaratish uchun ishlatiladigan termoelektrod
materiallar bir qator xususiyatlarga ega bo‘lishi shart, chunonchi: issiqqa chidam-
lilik va mexanikaviy mustaxkamlik; kimeviy inertlik; termoelektr bir xillik; stabil-
lik va termoelektr xarakteristikani tiklash; t.e.yu.k.ning temperaturaga bo‘lgan
(chiziqli xarakteristikasiga yaqin va bir ishorali) bog‘lanishi; yuqori sezgirlik.
Тermoparalarning quyidagi turlari mavjud:
1. Platinarodiy - platina termopara (ТPP)- neytral va
oksidlanadigan muxitda
ishonchli ishlaydi, ammo tiklanish atmosferasida, ayniqsa, metall oksidlari termo-
paraga yaqin joylashgan yerda tez ishdan chiqadi. Metall bug‘lari va
uglerod
(ayniqsa uning oksidi) platinaga zararli ta‘sir ko‘rsatadi.
2. Platinarodiy (30%- rodiy)- platinarodiy, (6%- rodiy) termopara (ТPR-306
tip). Bu termoparalarning asosiy xususiyati 1800
0
S gacha temperaturani o‘lchash
va kichik t.e.yu.k. ga ega bo‘lishdir.
3. Хromel - alyumel (ТХA tip) termopara nodir bo‘lmagan metallardan
tayyorlangan termoparalar orasida eng turg‘uni hisoblanadi. Musbat elektrod-
xromel (89% Ni; 9,8% Cr; 1% Fe; 0.2% Mn) qotishmadan, manfiy elektrod-almel
esa (94% Ni; 2% Al; 2,5% Mn; 1% Si; 0,5% Fe) qotishmadan iborat. ТХA termo-
para 1300
0
S gacha bo‘lgan temperaturani o‘lchash uchun qo‘llaniladi.
4. Хromel-kopel termopara (ТХK)- turli muxitlarning temperaturasini
o‘lchash uchun ishlatiladi. Manfiy elektrod - kopel mis va nikel qotishmasidan
(59% Cu; 44% Ni) iborat. ТХK termopara 800
0
S gacha temperaturani o‘lchash
uchun ishlatiladi, uning t.e.yu.k. boshqa termoparalarnikiga qaraganda ancha katta.
5. NK - SA qotishmalaridan tayyorlangan (ТNS tipidagi) termopara erkin
uchining temperaturasiga tuzatish kiritishni talab qilmaydi, chunki 200
0
S gacha
temperaturani o‘lchaydigan termoparaning t.e.yu.k. amalda nolga teng. Yuqorigi
temperatura chegarasi 1000
0
S. Platina gruppasidagi ТPP va ТPR termoparalari 0,5
yeki 1mm diametrda tayo‘rlanib, chinni munchoq yoki trubka bilan izolyatsiya-
lanadi. ТХA, ТХK va ТNS termoparalar 0,7...3,2 mm diametrlik simdan tayyor-
lanib, sopol munchoq bilan izolyatsiya qilinadi.
Mexanikaviy tayziq va o‘lchanayotgan muxit ta‘siridan saqlash uchun ter-
mopara elektrodi himoya armaturasi ichiga olinadi.
Yuqorida aytilganidek, termopara bilan temperaturani o‘lchash paytida
termoparaning erkin uchlaridagi temperaturaning o‘zgarishiga qarab tuzatish kiri-
tiladi. Sanoatda avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun elektr ko‘prik sxemalar
qo‘llaniladi
2.33-rasm. Тermoelektrik termometrning prinsipial sxemasi.