Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/133
Sana30.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#194153
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   133
Bog'liq
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik)

 
2.8.2.2.  Fotodiodlar 
Fotodiod  deb  yarim  o‘tkazgichli  fotoelement  asbob  bo‘lib,  bitta  elektron-
kovakli  o‘tishga  va  ikkita  chiqishga  egadir.  Fotodiodlar  ikki  xil  rejimda  ishlashi 
mumkin: 1) tashqi elektr energiya manbaisiz (fotogenerator rejimida); 2) tashqi el-
ektr energiya manbai yordamida (fotoo‘zgartgich rejimida).  
 
2.27. rasm. Diodning tuzilishi 
 
2.8.2.3.  Optoelektron asboblar 
Optoelektron  asbob  deb  elektr  signalini  optik  signalga  (nur  energiyasi) 
o‘zgartiruvchi,  bu  energiyani  indekatorlarga  yoki  fotoelektrik  o‘zgartkichlarga 
uzatuvchi asboblarga aytiladi.  
 
 
2.28. rasm. Optronni tuzilishi. 
1- Chiqishlar; .2 - Fotoqabul qilgich; 3-Korpus;  4-Optik muhit;  5-Svetodiod 
 


Ko‘p  tarqalgan  optoelektron  asboblardan  biri  optrondir.  Optron  nurlanish 
manbasi va qabul qilgichdan tuzilgan bo‘ladi. Bu ikkalasi bir korpusga joylashtiril-
gan  va bir biri bilan optik va elektr bog‘liklikka ega bo‘ladi.  
Elektron  qurilmalarni  optronlar  aloqa  elementi  funksiyasini  bajaradi,  bunda 
ma‘lumot  optik  nurlar  orqali  uzatiladi.  Buning  hisobiga  galvanik  bog‘lanish 
bo‘lmaydi,  va  elektron  uskunalarga  salbiy  ta‘sir  etuvchi  qayta  bog‘lanishlar 
bo‘lmaydi.  
Optronlar  ma‘lumot  to‘plash  va  saqlash  qurilmalarida,  registorlarda  va 
hisoblash texnikasi qurilmalarida qo‘llaniladi. 
Zamonaviy  optoelektrnonlarda  nur  chiqaruvchi  sifatida  svetodiodlar,  foto 
qabul qilgich sifatida esa fotorezistorlar, fototiristorlar qo‘llaniladi. 
Qo‘llanilgan foto qabul qilgich turiga qarab optronlar – fotorezistorli, fotodi-
odli, fototranzistorli va fototiristorlilarga bo‘linadi. 
 
 
2.29.- rasm. Optronlarning shartli grafik belgilanishi 
a) rezistorli; b) diodli; v) fototranzistorli g) fototiristorli 
 
 
Fotoelektrik  asboblarni  belgilash  tizimi:  Fotoelektron  asboblar  xarf-sonli 
kod  bilan  belgilanadi:  -  birinchi  element  xarflar;  asbob  guruxini  bildiradi;  fr–
fotorezistorlar, fd–fotodiodlar;  
 -  ikkinchi  element  harflar  –asbobni  tayyorlangan  materialini  ko‘rsatadi;  GO  – 
germaniy,  GB  –  germaniy,  legirlangan  brom;  GZ  –  germaniy  legirlangan 
oltingugurt  bilan;  GK  –  germaniy  kremniyli  birikma;  K-kremniy;  KG  –  kremniy 
legirlangan geliyli; RG- arsenidli galliy va x.k. 
 - uchinchi element –001 dan 999 gacha sonlar ishlab chiqarish nomeri 
 -  to‘rtinchi    element  –  harf,  yarim  o‘tkazgich  fotoasboblar  podgruppasini  bel-
gilaydi; u-Unipolyar fotorezistor, B – bipolyar fotorezistorlar, L – kuchkili fotodi-
odlar  .  Svsvlvn,  FDGZ-001K  –    fotodiod,  germaniyli,  legirlangan  oltingugurtli, 
ishlab chiqarilgan nomeri 001. 
 
2.30-rasmYerga ishlov berish agregatini avtomatik boshqarish tizimida 
o‘simliklar qatorini fotodatchik yordamida nazorat qilish sxemasi: 
1,2-yorug‘lik manbai, 3,4-fotoqarshilik , 
5,6-kuchaytirgichlar, 7,8-ijro mexanizmlari. 


Optoelektronik  datchiklar  qishloq  va  suv  xo‘jaligida  va  sanoatda  keng 
qo‘llanilib  kelinmoqda.  2.30-rasmda  yerga  ishlov  berish  agregatini  avtomatik  ba-
jarishda o‘simliklar qatorini nazorat qilish fatodatchikning sxemasi keltirilgan.  
 
 
Ushbu  datchik  ishlov  berish  agregatining  ikki  tomonidan  joylashtiriladi  va 
ular  yoruglik  manbasidan  (1,  2),  fatoqarshilikdan  (3,  4),  kuchaytirgichdan  (5,  6),  
va  ijro  mexanizmidan  (7,  8)  tashkil  topgan.    Qurilmaning  ishlash  prinsipi 
quyidagicha:  agregatning  chetga  chiqishi  sodir  bo‘lsa,  yorug‘lik  manbasi  bilan  (1 
yoki 2) fatoqarshilik (3 yoki 4) oralig‘ini o‘simlik to‘sib qoladi va bunda yorug‘lik 
nuri fotorezistorga tushmay qoladi. Natijada kuchaytirgich chiqishida (5yoki6) sig-
nal xolati o‘zgaradi va ijro mexanizmini (7 yoki 8) ishlab ketishga sabab bo‘ladi, 
yani ishlov berish agregati avtomatik ravishda xarakat qilishini tashkil etadi. 
 
Bugungi  kunda  fotodatchiklar  dalalardagi  xashoratlar  xarakatini  va  sonini 
aniqlashda,  metroda  xarakatlarni  nazorat  qilishda,  ko‘cha  yorugligini  boshqarish 
kabi jarayonlarda qo‘llanilib kelinmoqda.       
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish