2.3.2. Ko’mir (kontaktli) datchiklari
Ko‘mir datchiklarining ish prinsipi, o‘zining ichki elektr qarshiligi keltiril-
gan kuchlar ta‘sirida o‘zgarishiga asoslangan. Bu turdagi eng sodda datchik (2.4.-
rasm, a) grafit disklardan yig‘ilgan ko‘mir ustindan iborat. Disklar orasiga esa kon-
taktli shaybalar o‘rnatilgan. Ko‘mir ustunning qarshiligi grafit disklarning kichik
qarshiligi va disk-shayba o‘tishi asosiy qarshiliklar yig‘indisiga teng. Disk-shayba
o‘tishning qarshiligi esa o‘z navbatida disk va shaybalar zichligiga, ya‘ni bosish
kuchiga bog‘liq.
Ko‘mir datchigining qarshiligi:
a
R= Ro+ ------
(2.6)
Do'stlaringiz bilan baham: |