9 - bob. Avtomatik boshqarish tizimlari va texnik vositalarining puxtaligi
9.1. Puxtalik xaqida tushunchalar va unga ta’sir qiladigan
kattaliklar
Parametrlarnig ko‘zda tutilmagan nominaldan og‘ishi va ayniqsa, roslash
tarkibidagi xech bo‘lmaganda bir elementning ishdan chiqishi ARS ning nominal
ishini izidan chiqaradi, ko‘pincha butun sistemani ishdan chiqaradi. Elementar
parametrlarning o‘zgarish sabablari har hil. Хar bir elemen ma‘lum material va
ma‘lum (nominal) ish sharoiti uchun hisoblanadi, shuning uchun elementar
parametrlarning olinadigan qiymatlari ayrim shartlarni hisobga olmaganda aniq va
bir hil bo‘ladi. Ammo elementarni tayyorlash jarayonida elementlarning xaqiqiy
parametrlari hisoblangan qiymatlardan farq qiladi, bu esa parametrdagi nomoslik
sababi bo‘ladi. Ayniqsa, elementarlarni ishlatish vaqtida katta og‘ishlar paydo
bo‘lish mumkin, bu og‘ishlarning qiymati shunchalik katta bo‘lishi mumkinki,
normal ish nuqtai nazaridan yo‘l qo‘yilgan chegaradan chiqadi.
Masalan ARS ga kiradigan kuchaytirgichning kuchaytirishi koeffitsiyentining
kamayishi statik xatoning kattalashishiga sabab bo‘ladi va aksincha, kuchaytirish
koeffitsenti ortiqcha kattalashganda turg‘unlikning yo‘qolishiga va xatto rostlash
sifatining yomonlashuviga olib keladi.
Elementlar parametrlarning sochilish sabablari texnologik va ekspluatatsion
sabablariga bo‘linadi.
Тexnologik sabablarga turli ruxsatlar tufayli kelib chiqqan chetga chiqishlar
kiradi: 1) element tayyorlagan materialning xossalari tufayli bo‘lgan ruxsat,
masalan, o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi yoki ferromagnit materialning
magnit kirituvchanligi ma‘lum qiymatga ega bo‘la olmaydi. Ular odatda
nominaldan ortiq yoki kam tomonga ruxsat bilan beriladi: 2) elementar
detallarning o‘lchamlariga beriladigan ruxsat, masalan, mexanikaviy zvenolar
srasidagi bo‘shliklarga beriladigan ruxsat va xokazo.
Ko‘rsatilgan sabalarning ta‘sirini kamaytirish uchun elementlarning
konstruksiyasida rostlash moslamalari (o‘zgaruvchan qarshiliklar, sig‘im va
147
xokazolar) bo‘lishi mumkin: bular elementning parametrlarini ma‘lum chegarada
o‘zgartirish va zarur qiymatni o‘rnatishga imkon beradi. Shunisi muximki,
sistemani bunday rostlash parametrlarga bo‘lgan ruxsatlarni faqat ma‘lum tashqi
sharoitlardagina qisqartira oladi.
Ekspluatatsion sabablarga: tashqi muxitning ta‘siri, energiya manbai xolatinig
ta‘siri, xizmat ko‘rsatish sifati, eskirish va yoyilish kiradi.
Тashqi muxit, ayniqsa, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida elementlarni va
butun sistemani ishlatish vaqtida muxit xarorati, xavoning zichligi, namligi, gaz
tarkibi o‘zgaradi. Bularning xammasi avvalo alohida detallar va butun element
parametrlaning
(o‘tkazgichlar
solishtirma
qarshiligining
ish
suyuqligi
qovushoqligining va xokazolarning) o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Sistemani ta‘minlovchi energiya manbaining holati xam element
parametrlariga jiddiy ta‘sir etadi. Masalan, manba kuchlanishining ko‘tarilishi
relening yoki magnit ishga tushurgichning ishga tushish vaqtini qisqartiradi,
suyuqlik bosimining oshuvi esa gidravlik kuchaytirgich porshening siljish tezligini
oshiradi.
Avtomatik sistemalarning elementlarini to‘g‘ri ishlatish uchun yuqori
malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar talab etiladi.
Elementlarning parametrlari ularning eskirishi va yeyilishi natijasida ham
nominaldan chetga chiqadi. Detallar nisbatan sekin eskiradi va yeyiladi. Elementlar
ishlatishning boshlang‘ich davrida eskiradi, shuning uchun turli vazifalarni
bajaruvchi muxim dettallar (masalan, elektron lampalar) zavvodan chiqarilishidan
oldin "sun‘iy eskirtiriladi".
Хar bir elementga kafolatli ishlash muddati belgilanadi, bu muddat tugagach
eskirish tezlashadi va u xaqiqiy holati qandayligidan qat‘y nazar, almashtirilishi
lozim.
148
Do'stlaringiz bilan baham: |