Avтomaтikaning тeхnik vosiтalari


  Тermoelektrik datchiklar (termoparalar)



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/113
Sana21.09.2021
Hajmi2,18 Mb.
#180695
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113
Bog'liq
Avtomatlashtirish elementlari

2.8.4.  Тermoelektrik datchiklar (termoparalar) 
 
Хaroratni    o‘lchashning    termoelektrik    usuli  termoelektrik  termometrning  
(termoparaning)  termoelektrik  yurituvchi  kuchi  (termo  e.yu.k.)  xaroratiga  
bog‘likligiga asoslangan. Bu asbob -200
0
S dan 2500 
0
S  gacha bo‘lgan  xaroratlarni 
o‘lchashda texnikaning turli sohalari va ilmiy tekshirish ishlarida keng qo‘llaniladi.  
Тermoelektrik  termometrlar  yordamida  xaroratni  o‘lchash  1821  yilda  
Zeebek  tomonidan  kashf  etilgan  termoelektrik  xodisalarga  asoslangan.  Bu 
xodisalarning xaroratlarni o‘lchashda qo‘llanilishi ikki hil  metall   simdan  iborat 
zanjirda  ularning  kavsharlangan  joyida  xaroratlar  farqi  hisobiga  hosil  bo‘ladigan 
E.Yu.K. effektidan iborat. Т.E.Yu.K. hosil  bo‘lishining  sababi  erkin elektronlar  
zichligi  kamroq  metallga  diffuziyasi    bilan  izoxlanadi.  Shu  paytda  ikki  xil  
metallning birikish joyida paydo  bo‘ladigan elektr  maydon diffuziyaga  qarshilik  
ko‘rsatadi. Elektronlarning diffuzion  o‘tish  tezligi paydo  bo‘lgan elektr  maydon 
ta‘siridagi    ularning  qayta    o‘tish    tezligiga    teng  bo‘lganda  xarakatli  muvozanat  
holati o‘rnatiladi. Bu muvozanatda A va V metallar  orasida potensiallar  ayirmasi  
paydo  bo‘ladi.  Elektronlar  diffuziyasining  intensivligi  o‘tkazgichlar    birikkan  
joyning xaroratiga ham bog‘liq bo‘lgani  sababli birinchi va ikkinchi  ulanmalarda 
hosil  bo‘lgan e.yu.k. ham turlicha bo‘ladi. 
Тermoelektrik  termometrlarni  yaratish  uchun  ishlatiladigan  termoelektrod 
materiallar  bir  qator  xususiyatlarga  ega  bo‘lishi  shart,  chunonchi:  issiqqa 
chidamlilik va mexanikaviy mustaxkamlik; kimeviy inertlik; termoelektr bir xillik; 
stabillik  va  termoelektr  xarakteristikani  tiklash;  t.e.yu.k.ning  temperaturaga 
bo‘lgan  (chiziqli  xarakteristikasiga  yaqin  va  bir  ishorali)  bog‘lanishi;  yuqori 
sezgirlik. 


 
71 
Тermoparalarning quyidagi turlari mavjud:   
1. Platinarodiy - platina termopara (ТPP)- neytral va oksidlanadigan muxitda 
ishonchli ishlaydi, ammo tiklanish atmosferasida, ayniqsa, metall oksidlari 
termoparaga yaqin joylashgan yerda tez ishdan chiqadi. Metall bug‘lari va uglerod 
(ayniqsa uning oksidi) platinaga zararli ta‘sir ko‘rsatadi. 
  
2. Platinarodiy (30%- rodiy)- platinarodiy, (6%- rodiy) termopara (ТPR-306 
tip).  Bu  termoparalarning  asosiy  xususiyati  1800
0
S  gacha  temperaturani  o‘lchash 
va kichik t.e.yu.k. ga ega bo‘lishdir. 
 3.  Хromel  -  alyumel  (ТХA  tip)  termopara  nodir  bo‘lmagan  metallardan 
tayyorlangan  termoparalar  orasida  eng  turg‘uni  hisoblanadi.  Musbat  elektrod-
xromel (89% Ni; 9,8% Cr; 1% Fe; 0.2% Mn) qotishmadan, manfiy elektrod-almel 
esa  (94%  Ni;  2%  Al;  2,5%  Mn;  1%  Si;  0,5%  Fe)  qotishmadan  iborat.  ТХA 
termopara 1300 
0
S gacha bo‘lgan temperaturani o‘lchash uchun qo‘llaniladi. 
  
4.  Хromel-kopel  termopara  (ТХK)-  turli  muxitlarning  temperaturasini 
o‘lchash  uchun  ishlatiladi.  Manfiy  elektrod  -  kopel  mis  va  nikel  qotishmasidan 
(59%  Cu;  44%  Ni)  iborat.  ТХK  termopara  800
  0 
S  gacha  temperaturani  o‘lchash 
uchun ishlatiladi, uning t.e.yu.k. boshqa termoparalarnikiga qaraganda ancha katta. 
 5.  NK  -  SA  qotishmalaridan  tayyorlangan  (ТNS  tipidagi)  termopara  erkin 
uchining  temperaturasiga  tuzatish  kiritishni  talab  qilmaydi,  chunki  200
  0
 
S  gacha 
temperaturani o‘lchaydigan  termoparaning t.e.yu.k. amalda nolga teng. Yuqorigi 
temperatura chegarasi 1000
 0 
S. Platina gruppasidagi ТPP va ТPR termoparalari 0,5 
yeki  1mm  diametrda  tayo‘rlanib,  chinni  munchoq  yoki  trubka  bilan 
izolyatsiyalanadi. ТХA, ТХK va ТNS termoparalar 0,7...3,2 mm diametrlik simdan 
tayyorlanib, sopol munchoq bilan izolyatsiya qilinadi.    
Mexanikaviy  tayziq  va  o‘lchanayotgan  muxit  ta‘siridan  saqlash  uchun 
termopara elektrodi himoya armaturasi ichiga olinadi. 
  Yuqorida  aytilganidek,  termopara  bilan  temperaturani  o‘lchash  paytida 
termoparaning  erkin  uchlaridagi  temperaturaning  o‘zgarishiga  qarab  tuzatish 
kiritiladi.  Sanoatda  avtomatik  ravishda  tuzatish  kiritish  uchun  elektr  ko‘prik 
sxemalar qo‘llaniladi 


 
72 
 
2.33-rasm. Тermoelektrik termometrning prinsipial sxemasi. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish