Avтomaтikaning тeхnik vosiтalari


 - bob.  Avtomatik boshqarish tizimlari va texnik vositalarining puxtaligi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/113
Sana21.09.2021
Hajmi2,18 Mb.
#180695
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   113
Bog'liq
Avtomatlashtirish elementlari

9 - bob.  Avtomatik boshqarish tizimlari va texnik vositalarining puxtaligi  
 
9.1. Puxtalik xaqida tushunchalar va unga ta’sir qiladigan  
kattaliklar 
Parametrlarnig  ko‘zda  tutilmagan  nominaldan  og‘ishi  va  ayniqsa,  roslash 
tarkibidagi xech bo‘lmaganda bir elementning ishdan chiqishi ARS ning nominal 
ishini  izidan  chiqaradi,  ko‘pincha  butun  sistemani  ishdan  chiqaradi.  Elementar 
parametrlarning  o‘zgarish  sabablari  har  hil.  Хar  bir  elemen    ma‘lum  material  va 
ma‘lum  (nominal)  ish  sharoiti  uchun  hisoblanadi,  shuning  uchun  elementar 
parametrlarning olinadigan qiymatlari ayrim shartlarni hisobga olmaganda  aniq va 
bir  hil  bo‘ladi.  Ammo  elementarni  tayyorlash  jarayonida  elementlarning  xaqiqiy 
parametrlari  hisoblangan  qiymatlardan  farq  qiladi,  bu  esa  parametrdagi  nomoslik 
sababi  bo‘ladi.  Ayniqsa,  elementarlarni  ishlatish  vaqtida  katta  og‘ishlar  paydo 
bo‘lish  mumkin,  bu  og‘ishlarning  qiymati  shunchalik  katta  bo‘lishi  mumkinki, 
normal ish nuqtai nazaridan yo‘l qo‘yilgan chegaradan chiqadi. 
Masalan  ARS  ga  kiradigan  kuchaytirgichning  kuchaytirishi  koeffitsiyentining 
kamayishi statik  xatoning  kattalashishiga sabab bo‘ladi va  aksincha,  kuchaytirish 
koeffitsenti  ortiqcha  kattalashganda  turg‘unlikning  yo‘qolishiga  va  xatto  rostlash 
sifatining yomonlashuviga olib keladi. 
 
Elementlar parametrlarning sochilish sabablari texnologik va ekspluatatsion 
sabablariga bo‘linadi. 
 
Тexnologik sabablarga turli ruxsatlar tufayli kelib chiqqan chetga chiqishlar 
kiradi:  1)  element  tayyorlagan  materialning  xossalari  tufayli  bo‘lgan  ruxsat, 
masalan,  o‘tkazgichning  solishtirma  qarshiligi  yoki  ferromagnit  materialning 
magnit  kirituvchanligi  ma‘lum  qiymatga  ega  bo‘la  olmaydi.  Ular  odatda 
nominaldan ortiq yoki kam tomonga ruxsat bilan beriladi: 2) elementar 
                                             
detallarning  o‘lchamlariga  beriladigan  ruxsat,  masalan,  mexanikaviy  zvenolar 
srasidagi bo‘shliklarga beriladigan ruxsat va xokazo. 
 
Ko‘rsatilgan  sabalarning  ta‘sirini  kamaytirish  uchun  elementlarning 
konstruksiyasida  rostlash  moslamalari  (o‘zgaruvchan  qarshiliklar,  sig‘im  va 


 
147 
xokazolar)  bo‘lishi  mumkin:  bular  elementning  parametrlarini  ma‘lum  chegarada 
o‘zgartirish  va  zarur  qiymatni  o‘rnatishga  imkon  beradi.  Shunisi  muximki, 
sistemani  bunday  rostlash  parametrlarga  bo‘lgan  ruxsatlarni  faqat  ma‘lum  tashqi 
sharoitlardagina qisqartira oladi. 
Ekspluatatsion  sabablarga:  tashqi  muxitning  ta‘siri,  energiya  manbai  xolatinig 
ta‘siri, xizmat ko‘rsatish sifati, eskirish va yoyilish kiradi. 
 
Тashqi  muxit,  ayniqsa,  qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishida  elementlarni  va 
butun  sistemani  ishlatish  vaqtida  muxit  xarorati,  xavoning  zichligi,  namligi,  gaz 
tarkibi  o‘zgaradi.  Bularning  xammasi  avvalo  alohida  detallar  va  butun  element 
parametrlaning 
(o‘tkazgichlar 
solishtirma 
qarshiligining 
ish 
suyuqligi 
qovushoqligining va xokazolarning) o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 
 
Sistemani  ta‘minlovchi  energiya  manbaining  holati  xam  element 
parametrlariga  jiddiy  ta‘sir  etadi.  Masalan,  manba  kuchlanishining  ko‘tarilishi 
relening  yoki  magnit  ishga  tushurgichning  ishga  tushish  vaqtini  qisqartiradi, 
suyuqlik bosimining oshuvi esa gidravlik kuchaytirgich porshening siljish tezligini 
oshiradi. 
Avtomatik  sistemalarning  elementlarini  to‘g‘ri  ishlatish  uchun  yuqori 
malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar talab etiladi. 
Elementlarning  parametrlari  ularning  eskirishi  va  yeyilishi  natijasida  ham 
nominaldan chetga chiqadi. Detallar nisbatan sekin eskiradi va yeyiladi. Elementlar 
ishlatishning  boshlang‘ich  davrida  eskiradi,  shuning  uchun  turli  vazifalarni 
bajaruvchi muxim dettallar (masalan, elektron lampalar) zavvodan chiqarilishidan 
oldin "sun‘iy eskirtiriladi". 
           Хar bir elementga kafolatli ishlash muddati belgilanadi, bu muddat tugagach 
eskirish  tezlashadi  va  u  xaqiqiy  holati  qandayligidan  qat‘y  nazar,  almashtirilishi 
lozim. 
 


 
148 
 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish