9-bob. Seriyali ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish.
9.1 Moslanuvchan avtomatlashtirilgan tizim.
Moslanuvchan texnologik uskunalar majmui moslanuvchan ishlab chiqarish sistemasini tashkil etadi. GOST 26228-85 moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalar, moslanuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar, moslanuvchan avtomatlashtirilgan sexlar va moslanuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish korxonasilarga bo’linadi.
Moslanuvchan avtomatik liniyalar, moslanuvchan ishlab chiqarish modullari, raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar va boshqa avtomatlashtirilgan texnologik uskunalar asosida yaratiladi.
Moslanuvchan ishlab chiqarish modullari topshiriqda ko’rsatilgan buyumga ishlov berish uchun qayta sozlanadigan asosiy texnologik uskuna bo’lib, dasturli boshqarish qurilmalari, asbobni va buyumni almashtirish qurilmalari (to’plagich, manipulyator yoki sanoat roboti), chiqindilarni kyetkazish, texnologik jarayonni nazorat qilish va qo’shimcha sozlash, shuningdek buyum sifatini to’g’rilab turish qurilmalari bilan jihozlanadi; ish sikllarini avtomatik tarzda ko’p takrorlaydi; mustaqil ishlashga mo’ljallangan va yanada yuqori darajali sistemalarga joylashish imkoniyatiga ega.
Moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalar - boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi va tashish - to’plash sistemalari (zagotovkalar, chala mahsulotlar, buyumlar, asboblar, moslamalar, chiqindilar, uchun mo’ljallangan) vositasida o’zaro birlashtirilgan raqamli dasturda boshqariladigan dastgohli texnologik uskunalarning texnologik imkoniyatlarga qarab avvaldan ma’lum bo’lgan buyum uchun qayta sozlanadi.
Mashinasozlik ishlab chiqarishida uzoq vaqtgacha ikki xil ishlab chiqarish mavjud edi, bular:
Birinchisi - yuqori avtomatlashtirilgan ko’plab ishlab chiqarish. Bunda ixtisoslashtirilgan yuqori unumli texnologik jihozlardan foydalaniladi. Bu texnologik jihozlar ayrim mahsulot ishlab chiqarishga moslanganligi uchun ular moslashuvchanlik, ya’ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sozlanish hususiyatlariga ega emasdirlar. Ular ko’plab ishlab chiqarish sharoitiga mos edilar.
Ikkinchisi - yakka tartibdagi va mayda seriyalab ishlab chiqarishlar bo’lib ular qo’l bilan boshqariladigan universal dastgohlardan tashkil topgan edilar. Bular yuqori moslashuvchanlikka ega bo’lib turib kam mexanizasiyalashtirilgan edi.
Avtomatlashtirishning eng yuqori bosqichi to’liq avtomatlashtirish hisoblanadi. Uning dastlabki qadamlarida universal dastgohlari asosida yaratilgan sonli dastur bilan boshqariladigan texnologik jihozlar yaratiladi. Bunday dastgohlarni moslashuvchan texnologik jihozlar ham deyiladi.
Yuqoridagi ikkita ishlab chiqarishlar o’rniga uchinchi moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar (MICHT) keldi. Ularda texnologik jihozlarni boshqarishda EXM lardan keng foydalaniladi. Bunda ishlov berish jarayonigina avtomatlashtirilib qolmay, balki yangi detallarga ishlov berish dasturini tayyorlash, dastgohni qayta sozlash, loyixalash kabi ishlar ham avtomatlashtiriladi. Bu esa moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar birinchi qadamlarga kiradi.
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarning ikkinchi qadami sifatida asbob va moslamalarni qidirib topish va ularni dastgohda almashtirish, zagotovkani dastgohka uzatish va tushirish hamda ularni tashish, tushirish kabi operatsiyalarni bajarish kiradi. Bu maqsadda avtomatlashtirishning turli vositalaridan: turli transport vositalari, sanoat robotlari, ishlov berish markazlari hamda hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi. Endilikda avtomatlashtirish ko’plab ishlab chiqarishni ham o’z ichiga oldi. Bundagi texnologik jihozlar EXM lar yordamida boshqarilib turli mahsulotlar tayyorlashga osonlik bilan qayta sozlanadilar, shuningdek yordamchi jarayonlarni ham avtomatlashtirishga imkon yaratildi.
Avtomatlashtirishning bu bosqichida mahsulotning sifati qo’l bilan ishlov berilganiga nisbatan yaxshilanadi, texnologik jihozni ishlash unumdorligi oshadi va inson mehnati qisqaradi.
MDT prosessor, xotira, kiritish va chiqarish qurilmalaridan iborat.
Tizimning ayrim qisimlari shinalar vositasida biriktiriladi. Ular orqali boshqarish komandalari va elektr signallari uzatiladi. Ushbu tizimning hamma qurilmalari elektron elementlar, integral mikrosxemalar tayyorlanadi.
Xotirada ishlash dasturi saqlanadi, dastur buyruq (komanda)lardan iborat. MDT bajaradigan amal 0 va 1 raqamlardan to’zi lgan elektr signallar bilan kodlanadi. Prosessor - tizimning asosiy qismi bo’lib, u EHM tarkibiy qisimlarini ishini boshqaradi va ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Prosessor boshqarish qurilmasi va arifmetik mantiqiy qurilmasidan tashkil topgan.
Boshqarish qurilmasi (BQ) xotiradagi dastur asosida MDT tarkibiy qismlarini ishlashini boshqaradi hamda axboratni qayta ishlaydi.
Arifmetik - mantiqiy qurilma to’g’ridan to’g’ri boshqarish qurilmasi ta’sirida ishlab, arifmetik va mantiqiy amallarini bajaradi.
Kiritish qurilmasi dasturlar va kiritilayotgan ma’lumotlarni, signallarni kiritish uchun hizmat qiladi. Ular jumlasiga perfolentalardan yoki magnit lentalardan, magnit disklardan axboratlarni o’quvchi qurilmalar; dastgoh ijrochi organlaridan kelayotgan signallarni kiritish qurilmasi; displey va qurilmalarining harf - raqamli klaviaturalari kiradi. Kiritish qurilmasi tashqi tizimlardan kelayotgan kodlangan analogli signallarni ikki kodli ichki kod ko’rinishiga aylantiradi.
Chiqarish qurilmalari komandalarni va hisoblash natijalarini ichki tizim ikkili kodlardan tashqi kodlash tizimlarining analogli signallariga yoki o’nli tizim kodlariga o’zgartirish va axboratni berish uchun hizmat qiladi. Ular jumlasiga quydagilar kiradi:
Raqamli - analogli o’zgartirgichlar, elektron kalitlar, tasvirlovchi harf - raqamli va grafik qurilmalari, disileylar va yozuv qurilmalaridir.
Jihozlarni EHM bilan boshqarish tizimlarida katta integral sxemalar (KIS)dan foydalaniladi. Katta integral sxemalarlar yuzlab mantiqiy vazifalarni bajaradi va arifmetik - mantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasilar bilan ta’minlangan ko’plab prosessorlarni o’z ichiga oladi. Bunday ko’p funksiyali integral sxemalar mikroprosessorlar deb ataladi. Mikroprosessorlar texnologik jihozlarning o’ziga o’rnatiladi.
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarda texnologik jihozlar bilan birga ularning avtomatik tartibda (rejimda) ishlashini ta’minlovchi turli vositalar mavjuddir. Bu tizimda EXMdan keng foydalaniladi. Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari yordamida mayda seriali va donalab ishlab chiqarishlar avtomatlashtiriladi va ularda ish unumdorligi oshadi.
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarning beshta darajasi mavjud bo’lib: Moslashuvchan ishlab chiqarish moduli (MICHM) - dastur yordamida boshqaruvchi avtomatlashtirilgan qurilma va texnologik jarayonni avtomatlashtirish vositalari bilan jihozlangan, birgina texnologik jihozdan to’zigan moslashuvchan ishlab chiqarish tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |