I guruh. Universal avtomat va yarim avtomatlar.
Bir xil mahsulotlarni ko’plab ishlab chiqarishni ko’payishi bilan universal avtomatlar va yarimavtomatlar qo’llaniladi. Bu avtomat va yarimavtomatlar universal deyiladi. Ularni universalligi, qo’lda boshqariladigan yoki raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlardan anchagina past. Chunki salt yurish mexanizmlari va kulachokli avtomat boshqaruv tizimlari ularni moslanuvchanligini kamaytirib yubordi. Qo’lda boshqariladigan dastgohlarda bir detal ishlovidan, ikkinchisiga o’tish uchun sanoqli minutlar talab etilsa, universal avtomatda bunday sozlash dastgohni bir necha soat bo’sh turishiga sabab bo’ladi. Shu sababli mayda seriyali ishlab chiqarishda xaqiqiy unumdorik past bo’ladi. Ishlab chiqarish miqyosini o’sishi, ko’p xollarda dastgohlarni qayta sozlash zarur bo’lmay qoladi. Bunday avtomatlarda yil bo’yi bitta detalga ishlov beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |