Avtomatika va energetika


-rasm. Laboratoriya simobli termometrlari. a) shkalasi ichiga o‘rnatilgan; b) tayoqchali



Download 0,51 Mb.
bet13/38
Sana10.08.2021
Hajmi0,51 Mb.
#144013
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
o'lchov nazorati asboblari amaliy

4.1-rasm. Laboratoriya simobli termometrlari. a) shkalasi ichiga o‘rnatilgan; b) tayoqchali.

Shkalasi ichiga o‘rnatilgan termometrlarda (4.1-a rasm) kapillar naychasi 2 ingichka bo‘lib, rezervuari 1 kengaytirilgan. Shkala darajalari sut rang shisha plastinka 3 da joylashgan bo‘lib, kapillar bilan birgalikda rezervuarga yopishgan qobiq 4 ichiga o‘rnatilgan. Tayoqcha shaklidagi termometr (3-b rasm) qalin devorli, tashqi diametri 6—8 mm ga teng qilib tayyorlangan kapillar naychadan iborat. Ularning shkalasi bevosita kapillarning sirtida darajalanadi.

Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko‘p tarqalgani simobli termometrlardir. Kimyoviy toza simob termometrik modda sifatida qator afzalliklarga ega: haroratlarning keng oralig‘ida suyuqlik bo‘lsa-da, u shishani ho‘llamaydi, toza holatda esa oson olinishi mumkin. Simobning kengayish koeffitsiyenti kichikligi termometriya nuqtai nazaridan uning kamchiligi hisoblanadi, bu esa termometrlarning kapillari ingichka qilib tayyorlanishini talab etadi. Simobli termometrlarning pastki o‘lchash chegarasi -35 °C, ya’ni simobning qotish harorati bilan belgilanadi. Yuqori o‘lchash chegarasi 600 °C esa shishaning mustahkamligi tavsiflari bilan belgilanadi. Normal sharoitda simobning qaynash harorati 356,58 °C ni tashkil etishini inobatga olsak, yuqori haroratlarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan termometrlarda simobning va kapillar naychaning ustidagi bo‘shliq joy odatda inert gaz bilan to‘ldiriladi. Shkalasi 500 °C gacha bo‘lgan termometrlar uchun gazning bosimi 20 barni (20•105 N/m2) tashkil etadi.

Simobdan tashqari, shishali termometrlarda termometrik modda sifatida boshqa suyuqliklar, jumladan, metil va etil spirti, kerosin, petroley efiri, pentan va shu kabi organik moddalar ham ishlatiladi.

Organik termometrik suyuqliklardan iborat shisha termometrlar asosan -200 °C dan +200 °C gacha harorat intervalida ishlatiladi. Ammo bu suyuqliklar shishani ho‘llaydi va shuning uchun diametri nisbatan katta kanalli kapillarlarni ishlatishni talab qiladi. Suyuqlikli shishali termometrlarning afzalliklariga o‘lchashning yuqori aniqligi, soddaligi va arzonligi kiradi. Kamchiliklari shkalaning nisbatan yomon ko‘rinishi, ko‘rsatuvni amalda uzoq masofaga uzatib bo‘lmasligi sababli ularning avtomatik qayd qilib bo‘lmasligi hamda sinishi tufayli termometrlarni ta’mirlab bo‘lmasligidir.

Hozirgi vaqtda shishali termometrlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.

1. Ichiga shkala joylashtirilgan texnik simobli termometrlarning (to‘g‘ri chiziqli va burchakli) 11 xili chiqariladi.

2. Tayoqcha ichiga shkala joylashtirilgan laboratoriya simobli termometrlari -30 dan + 600 °C gacha haroratlarni o‘lchashga mo‘ljallangan, shkala bo‘linmasining qiymati 0,1 va 2 °C.

3. Suyuqlikli (simobli emas) termometrlar, tayoqchali, o‘lchash chegaralari -200 dan + 200°C gacha bo‘lgan holda chiqariladi. Shkala bo‘linmasining qiymati 0,2 dan 5 °C gacha bo‘lgan xillari.

4. Simobli yuqori aniqlikli va namunali termometrlar, o‘lchash ko‘lami tor (4 dan 50 °C gacha) va shkala bo‘linmasining qiymati 0,01 dan 0,1 °C gacha bo‘lgan turlari.

5. Simobli elektr kontaktli termometrlar -30 dan 300 °C gacha haroratni o‘lchashga mo‘ljallab chiqariladi.

6. Maxsus termometrlar: tibbiyot (maksimal), meteorologik (maksimal, minimal, psixometrik, tuproqqa oid va h.k.) va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan turlari.

Texnik termometrlarning yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari shkalaning bo‘linmasidan ortmasligi lozim. Boshqa turdagi termometrlar uchun yo‘l qo‘yiladigan xatolik chegaralari texnik talablarga ko‘ra belgilanadi, ular bitta bo‘linma qiymatidan katta bo‘lishi mumkin. Masalan, bo‘linma qiymati 0,5 °C ga teng laboratoriya termometrlari uchun yo‘l qo‘yiladigan xatolik chegarasi ±1 °C ni tashkil qiladi, bo‘linma qiymati 0,01 °C ga teng namunali termometrlar uchun yo‘l qo‘yiladigan xatolik chegarasi ±0,05 °C ni tashkil qiladi.

5-Amaliy mashg’ulot




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish