U
|
E
|
tgd
|
Cx
|
e
|
Rud
|
|
sm
|
sm
|
Om
|
V
|
V/sm
|
|
nF
|
|
Vt/sm3
|
3- Laboratoriya ishi
Transformator moyining elektr mustahkamligini aniqlash
Elektr texnikaga oid konstruktsiya va uskunalarni ishlatishda suyuq dielektriklar katta rolg’ o’ynaydi. Neftg’ mahsulotlaridan olinadigan transformator moyi elektr texnikada eng ko’p ishlatiladigan suyuq dielektriklardan hisoblanib, u quvvatli transformatorlarda, asosan, elektr izolyatsiya va sovitgich vazifasini bajaradi. Transformatorga transformator moyi quyilganda, simlariga qoplangan izolyatsiya qoplamasidagi havo bo’shliqlari moy bilan to’ladi. Buning natijasida transformatorning elektr izolyatsiya mustahkamligi ortib, elektr kuchlanishi tahsiridagi chulg’amlardan va po’lat o’zakdan ajralayotgan issiqlik tashqi muhitga moy orqali yaxshi tarqaladi.
Transformator moyi yuqori kuchlanishli uzgichlarda elektr yoy razryadini so’ndirishi bilan birga, yoy kanalini keskin sovitish qobiliyatiga ega. Transformator moyidan reaktor, reostat, kontaktor, kabel va boshqa elektr apparatlarda foydalaniladi.
Elektr uskunalarda ishlatilayotgan transformator moyiga kuchli elektr maydoni, issiqlik, kislorod va oksidlovchi moddalar tahsir etish natijasida uning eskirishi kuzatiladi.
Odatda, transformator moyi tarkibida doimiy qo’shimchalar sifatida gaz, suv va qattiq jism zarralari bo’ladi. Bunday qo’shimchalar suyuqlikning elektr mustahkamligiga salbiy tahsir etib, elektr mustahkamlik Yet qiymatini keskin pasaytiradi.
Elektr maydonida suyuqlikdagi begona zarralar maydon chiziqlari bo’ylab elektrodlar orasida zanjir ko’rinishidagi bo’sh joylarni hosil qiladi. Agar suyuqlik tarkibida gaz pufakchalari bo’lsa, teshilish ana shu pufakchalardan boshlanib, suyuqlikda tugaydi. Transformator moyining tarkibidagi oz miqdordagi suv uning elektr mustahkamligini keskin pasaytiradi. Moydagi suv shar shakliga ega bo’ladi, kuchli maydon tahsirida ushbu suv tomchilari qutblanish natijasida ellips shakliga o’tadi. Bunda elektrodlar orasida vujudga kelgan o’ta o’tkazuvchan kanal orqali teshilish ro’y beradi.
Suyuq dielektriklarni elektr mustahkamligi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
Et = U/h
Bunda, Ut - teshilish kuchlanishi, kV
h - elektrodlar orasidagi masofa, mm
Suyuq dielektrik tarkibidagi qo’shimcha zarrachalar uning elektr mustahkamligiga tahsir etib, buni bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan elektr maydon tahsirida kuzatish mumkin.
Agarda dielektrik tarkibida qo’shimchalar bo’lmasa, bir jinsli maydon tahsirida elektr mustahkamlik bir jinsli bo’lmagan maydondagidan yuqori bo’ladi.
Suyuq dielektriklar tarkibida qo’shimcha zarrachalar bo’lsa, uning elektr mustahkamligi bir jinsli maydon tahsirida kichik bo’lib, bunday maydonda esa bu qiymat o’zgarmaydi. Elektr mustahkamlik qiymati kichik masofalarda yaxshi ko’rinadi.
Suyuqlik tarkibidagi qo’shimchalarni aniqlash imkonini beradi. Igna-igna va igna-yassi yoki kichik diametrdagi sfera shaklidagi elektrodlar bir jinsli bo’lmagan kuch chiziqlarni hosil qiladi. Buning natijasida olingan qiymatlar yuqori bo’ladi. Quyidagi zanjir yordamida bu tajribani amalga oshiramiz.
Tajribani bajarish
1.Teshilish kuchlanishini elektrodlar orasidagi masofaga bog’liqligini aniqlash: buning uchun igna-igna va yassi-yassi elektrodlar olamiz.
8-rasm.
Ul- ulagich tugmasi
OUT-oxirgi ulash tugmasi
Uz- uzgich tugmasi
EU- eshik ulagichi
MTR-maksimal tok relesi
CHU- chiziqli ulagich
YaCH-yashil chiroq
KCH-qizil chiroq
KR-kuchlanish rostlagichi
YuKT-yuqori kuchlanish transformatori
Elektrodlar orasida: 0,5; 1; 1,5; 2; 2,5 mm masofalar orasida teshilish kuchlanishining uchta qiymatini aniqlaymiz.
Olingan qiymatlarni quyidagi jadvalga to’ldiramiz.
Olingan natijalar jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |