Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн



Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/206
Sana30.12.2021
Hajmi8,51 Mb.
#91822
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206
Bog'liq
avtomatika asoslari va ishlab cniqarisn jarayonlarini avtomatlasntirisn

2.7.4. Termoelektr datchiklar  
 
Haroratni    o‘lchashning    termoelektr    usuli  termoelektr  termometrning 
(termoparaning) termoelektr  yurituvchi  kuchi (TEYUK) haroratiga  bog‘likligiga 
asoslangan. Bu  asbob  -200
0
S  dan 2500 
0
S  gacha bo‘lgan  haroratlarni o‘lchashda 
texnikaning turli sohalari va ilmiy tekshirish  ishlarida keng qo‘llaniladi.  
Termoelektr termometrlar  yordamida haroratni o‘lchash 1821 yilda  Zeebek 
tomonidan  kashf  etilgan  termoelektr    hodisalarga  asoslangan.  Bu  hodisalarning 
haroratlarni  o‘lchashda  qo‘llanilishi  ikki  xil    metall      simdan    iborat  zanjirda 
ularning  kavsharlangan  joyida  haroratlar  farqi  hisobiga  hosil  bo‘ladigan  EYUK 
effektidan  iborat.  TEYUK  hosil    bo‘lishining    sababi    erkin  elektronlar    zichligi 
kamroq  metallga  diffuziyasi    bilan  izoxlanadi.  Shu  paytda  ikki    xil    metallning 
birikish joyida paydo  bo‘ladigan elektr  maydon diffuziyaga  qarshilik  ko‘rsatadi. 
Elektronlarning diffuzion  o‘tish  tezligi paydo  bo‘lgan elektr  maydon ta’siridagi  
ularning  qayta    o‘tish    tezligiga    teng  bo‘lganda  harakatli  muvozanat    holati 
o‘rnatiladi.  Bu  muvozanatda  A  va  V  metallar    orasida  potentsiallar    ayirmasi  
paydo  bo‘ladi.  Elektronlar    diffuziyasining  intensivligi  o‘tkazgichlar    birikkan  
joyning haroratiga ham bog‘liq bo‘lgani  sababli birinchi va ikkinchi  ulanmalarda 
hosil  bo‘lgan EYUK ham turlicha bo‘ladi. 
Termoelektr  termometrlarni  yaratish  uchun  ishlatiladigan  termoelektrod 
materiallar  bir  qator  xususiyatlarga  ega  bo‘lishi  shart,  chunonchi:  issiqqa 


 
48 
chidamlilik va mexanikaviy mustaxkamlik; kimeviy inertlik; termoelektr bir xillik; 
stabillik  va  termoelektr  tavsifnomani  tiklash;  t.e.yu.k.ning  temperaturaga  bo‘lgan 
(chiziqli tavsifnomasiga yaqin va bir ishorali) bog‘lanishi; yuqori sezgirlik. 
Termoparalarning quyidagi turlari mavjud:  Platinarodiy - platina termopara 
(TPP)-  neytral  va  oksidlanadigan  muhitda  ishonchli  ishlaydi,  ammo  tiklanish 
atmosferasida,  ayniqsa,  metall  oksidlari  termoparaga  yaqin  joylashgan  yerda  tez 
ishdan chiqadi. Metall bug‘lari va uglerod (ayniqsa uning oksidi) platinaga zararli 
ta’sir ko‘rsatadi;    Platinarodiy (30%- platina-rodiy), (6%- rodiy) termopara (TPR-
306);    Xromel  -  alyumel  (TXA  tip)  termopara  nodir  bo‘lmagan  metallardan 
tayyorlangan termoparalar orasida eng turg‘uni hisoblanadi. TXA termopara 1300 
0
S  gacha  bo‘lgan  temperaturani  o‘lchash  uchun  qo‘llaniladi;  Xromel-kopel 
termopara  (TXK)-  turli  muhitlarning  temperaturasini  o‘lchash  uchun  ishlatiladi. 
TXK  termopara  800
  0 
S  gacha  temperaturani  o‘lchash  uchun  ishlatiladi,  uning 
t.e.yu.k.  boshqa  termoparalarnikiga  qaraganda  ancha  katta;    NK  -  SA 
qotishmalaridan  tayyorlangan  (TNS  tipidagi)  termopara  erkin  uchining 
temperaturasiga  tuzatish  kiritishni  talab  qilmaydi,  chunki  200
  0
 
S  gacha 
temperaturani  o‘lchaydigan    termoparaning  t.e.yu.k.  amalda  nolga  teng.  Yuqorigi 
temperatura chegarasi 1000
 0 
S. Platina gruppasidagi TPP va TPR termoparalari 0,5 
yeki  1mm  diametrda  tayerlanib,  chinni  munchoq  yoki    trubka  bilan 
izolyatsiyalanadi. TXA, TXK va TNS termoparalar 0,7...3,2 mm diametrlik simdan 
tayerlanib, sopol munchoq bilan izolyatsiya qilinadi.    
Mexanikaviy  tayziq  va  o‘lchanaetgan  muhit  ta’siridan  saqlash  uchun 
termopara elektrodi himoya armaturasi ichiga olinadi. 
  Yuqorida aytilganidek, termopara bilan ni o‘lchash paytida termoparaning 
erkin  uchlaridagi  temperaturaning  o‘zgarishiga  qarab  tuzatish  kiritiladi.  Sanoatda 
avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun elektr ko‘prik sxemalar qo‘llaniladi. 
 


 
49 
 

Download 8,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish