Fanning maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat:
Kasb – hunar kolleji o‘quvchilarini payvandlash materiallarini turli sharoitlarda payvandlash usullari, elektrod xillari, payvandlash buyumlarini qalinligiga ko‘ra tok kuchini tanlash hamda gaz alangasi yordamida metallarni payvandlash va kesish
usullari bilan tanishtiradi.
Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o‘qish muddati belgilanadi. Bu guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikatsiyalardan birortasini muvaffaqqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mehnat bozorida ishlash huquqi beriladi. Egallanmagan kvalifikatsiyalarni qayta o‘zlashtirishga ruxsat beriladi va mazkur kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi. Fan o‘qituvchisi o‘quv yili davomida sistematik ravishda o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini aniqlab borishi,o‘zlashtirishi past o‘quvchilar bilan aloxida qo‘shimcha
mashg‘ulotlar o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dasturga
o‘quv rejasida ko‘rsatilgan soat miqdoriga ko‘ra kollej ma’muriyatining ruxsati bilan o‘zgartirish kiritish mumkin.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Ruhiy-fiziologik fazilatlar minimumi: kuzatuvchanlik, diqqatni bir joy qaratish, fikrni jamlash, qo‘l-oyoq harakatini jarayonga moslashtirish, har tomonlama tez fikrlash va faraz qilish, yorug‘likni sezish, faol va tez xotirlash, harakat xotirasi va moslashuvchanlik. O‘quv dasturi tugatilgach o‘quvchilar quyidagi bilimga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Payvandlash xaqida assosiy tushunchalarga.
Payvandlash usullari , payvandlash birikmalari va choklarining klassifikatsiyalari.
Metallarni payvandlashga tayyorlash.
Payvandlash posti jihozlari.
YOy yordamida qo‘lda payvandlash texnologiyasi.
Payvandlash elektrodlarining xillari.
Payvandlashda deformatsiya va kuchlanishlar.
Po‘latlarni , cho‘yanni, rangli metallar va ularning qotishmalarini payvandlash.
Payvand birikmalari nuqsonlari va ularni bartaraf qilish.
Buyumlarni va payvand birikmalarini sifatini nazorat qilish.
payvandlash rejimi parametrlarini berilgan tartibda tanlash:;
payvandlash ishlari sifatini nazorat qilish;
mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qonun qoidalari
Ko‘nikmalar
yarim avtomat va avtomat mashinalarni tuzilishi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar;
eriydigan elektrodlar bilan payvandlash avtomat texnologiyasi;
yarim avtomat va avtomat bilan flyus ostida payvandlash texnologiyasi:
yarim avtomat va avtomat bilan himoyalangan gaz ostida payvandlash texnologiyasi;
kukunsimon va himoyalangan sim bilan yarimavtomat payvandlash texnologiyasi.
elektroshlakli payvandlash texnologiyasi
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi
“ Avtomatik va yarimavtomatik payvandlash jihozlari va texnologiyasi” fani texnik kadlar tayyorlashda katta axamiyatga egadir. Bu fan kuyidagi fanlarga bog‘likdir. “Metallar texnologiyasi”, “Materialshunostlik”, ”Elektrotexnika va elektronika asoslari” va ”Texnik mexanika” “Mashinasozlik texnologiyasi,mashinasozlik ishlab chikarish jixozlari va ularni avtomatlashtirish” yo‘nalish buycha kasb o‘rganuvchilar uchun bu fan muxim ahamiyat kasb etadi. CHunki bu dastur asosida o‘kuvchilar payvandlash jixozlarining tuzilishi va ularning ishlash prinsiplari hamda payvandlash texno-logiyasi bilan
tanishadilar.
O‘qitishni tashkiliy shakli
N – Nazariy ta’lim; A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi; MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.