Avto zavod kerakmi yoki yo’qmi?
So‘nggi yillarda eng ko‘p gapirilgan va tanqid qilingan mavzu – bu albatta “GM”, keling, birgalikda taxlil qilamiz
2018 yil 19 may. Prezident Mirziyoev: "Bunday zavoddan o‘nta qilsa, foydasi bor. Raqobat bo‘lardi. Bu mashina zavod uchun o‘tgan 27 yil ichida juda ko‘p imtiyozlar berildi, soliqdan ozod qilingan, lokalizatsiya kam qilyapti. Bu zavod aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlab bermaydi", deb aytgandi.
2018 yil 1 avgust. GM Uzbekistan kompaniyasi mashinalarining narxini o‘rtacha 14 foizga oshirdi.
2020 yil 13 mart. Prezident Mirziyoev: "Mana ko‘ryapsizlar, avtosanoatimiz rahbarlari mashinalar narxini oshirishga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi sharoitda to‘g‘ri emas. Biz xalqqa engillik yaratishimiz lozim. Har bir qarorni etti marta emas, etmish marta o‘ylash zarur. Avvalo xalqimizning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerak", deb aytgandi.
2020 yil 30 oktyabr. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “UzAuto Motors” AJga sudda yutqazdi. Narxlar tushirilmaydigan bo‘ldi.
Bu zavodning orqasida juda katta kuch turibdi. Bo‘lmasa, UzAuto Motors "$22 845 ga Equinox olib 33 664 dollarga sotgani" borasida bemalol sukut saqlarmidi. Monopoliyalardan tepadagilarning o‘zi manfaatdor bo‘lmasa, ularni sindirishdan oson ish bormi. Ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sindirish ham shartmas. Raqobatchisiga yo‘l ochsa yoki bojxona bo‘yicha mavjud qonunlarni ko‘rib chiqsa etadi. Lekin ular bu ishni qilmaydi. CHunki ularga farqi yo‘q - xalq rozimi, norozimi. - Bugun bir tanishim aytishicha bizdan (Qirg‘izistonlik odamni so‘zi) O‘zbekistonga moshina olib ketishayotgan ekan (GM UZ mashinasini). Bizning no‘merda O‘zbekiston fuqorosi bemalol xaydab yuraverar ekan.
Birinchi olib kirishida 3 oy yurar ekan, keyingilarida xar 6 oyda bir chegaradan chiqib kirar ekan.
YAqinda bir tanishi GENTRA moshinasini 3900$ olib, o‘zlari tomonga olib o‘tib ketibdi.
YAna bir tanishi BMW samuray deganidan 9000$ olib kiribdi.
YAna bir odam MERCEDES 221 deganidan 14000$ olib ketibdi.
FBdagi birodarlarga foydali bo‘lib qolar dedim.
Bizda Matiz 2 2500$
Matiz 3 3100$
Neksiya 1 2000$
Neksiya 2 2600$
P.S Men o‘zim moshina oldi-sottisi bilan shug‘ullanmayman. MILLIY G‘URUR
Bugun men shahar markazida militsiya xodimlari to‘da bo‘lib etti ozg‘in erkaklarni quvib chiqarganiga guvoh bo‘ldim. Ko‘rinishidan, viloyatlik quruvchilar. Qotmadan kelgan, yomon kiyingan, qo‘llarida lash-lushlari solingan eski paketlarni tortqilab ketishardi. Qo‘rqqan nigohlar ostidan qarab, boshini ayb bilan elkalariga qisib, hatto qarshilik ko‘rsata olmasdilar. Propiska masalasi. Ularni tonirovkalangan mashinaga solib, qaergadur olib ketishdi.
❌Men hayotimizdagi odatiy holga aylangan ushbu tahqirlash sahnasini ko‘rishdan charchaganimni tushundim.
Bizda qullik propiska tizimi mavjud ekan, har doim tabaqalanish va cheksiz pora olish imkoniyatlari qolaveradi. Propiska tizimi 29 yil davomida viloyatlardan kelgan vatandoshlarimizning suyaklarini sindirib kelayotgan qanaqadir biznes mashinaga o‘xshaydi.
🔺Men, ayol va ilg‘or fuqaro sifatida, propiska tizimiga qarshiman. Uni bir marta va butunlay eng yuqori minbarlardan bekor qilish kerak. Normativ hujjatlar loyihalarini Ichki ishlar vazirligi emas, balki prezident administratsiyasi yozishi kerak.
🔺Keyingi qadam bekor qilingan davlat buyurtmasidan paxta va bug‘doy uchun ajratilgan erlarning viloyatlar aholisiga taqsimlanishi bo‘lishi kerak. Egalik huquqi bilan, albatta. Ersiz dehqonlar davrini tugatish vaqti keldi. Erni sevadigan va unga g‘amxo‘rlik qilishga tayyor bo‘lganlarga uchastkalarni bering. SHunday qilib, Rossiyada kezib yurgan o‘g‘illar, otalar va erlar bo‘sh qishloqlarga qaytariladi. U olis qishloqlarda uzoq vaqtdan beri tobut ko‘taradigan hech kim qolmadi-ku axir.
Siyosiy texnologlarni chaqiring, propiskani bekor qilish va "Milliy g‘urur" shiori ostida er huquqini taqsimlash bo‘yicha milliy dasturni ishga tushiring. Mana shu oddiy o‘zbekning orzusi. GM mashinasi emas, tonirovka yoki palov ham emas. Aynan Konstitutsiyani buzadigan tahqirlovchi qoidalarning bekor qilinishi.
Sizlardan juda iltimos qilaman. Nuqtani qo‘ying. Biz mamlakat rahbariyatining ezgu niyatlariga ishonamiz. Biz tegishli choralarni kutmoqdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |