Zafar Diyor bolalarning hatti-harakatlarini,orzu-intilishlarini yaxshi biladi. Shu jihatdan qaraydigan bo’lsak, uning «Kel, uchaylik shimolga ” she‘ri g’oyat xarakterlidir. Bunda shoir «Quyosh tushmaydigan” qutbni borib ko’rishni orzu qilgan bolaning lirik obrazini gavdalantiradi. Yosh bolaning murg’ak xayoli shimoliy qutbni borib ko’rishni, undagi hodisalar bilan tanishishni xohlaydi. Shoir lirik qahramonning ulug’ maqsadlarga erishish uchun Fan va texnika asoslarini amalda egallashi kerakligini chuqur anglaydi.Buni shoir modelcha yasash jarayonida kichik yoshdagi bolalarning ruhiyatiga mos, sodda holda tushuntiradi va ularda katta ishlarga- qahramonlikka havas uyg’otadi: - Zafar Diyor bolalarning hatti-harakatlarini,orzu-intilishlarini yaxshi biladi. Shu jihatdan qaraydigan bo’lsak, uning «Kel, uchaylik shimolga ” she‘ri g’oyat xarakterlidir. Bunda shoir «Quyosh tushmaydigan” qutbni borib ko’rishni orzu qilgan bolaning lirik obrazini gavdalantiradi. Yosh bolaning murg’ak xayoli shimoliy qutbni borib ko’rishni, undagi hodisalar bilan tanishishni xohlaydi. Shoir lirik qahramonning ulug’ maqsadlarga erishish uchun Fan va texnika asoslarini amalda egallashi kerakligini chuqur anglaydi.Buni shoir modelcha yasash jarayonida kichik yoshdagi bolalarning ruhiyatiga mos, sodda holda tushuntiradi va ularda katta ishlarga- qahramonlikka havas uyg’otadi:
- Yosh bo’lsam ham mayliga
- Qanot bog’lab uchayin;
- Muz sahrosi Qutbning
- Sirin men ham ochayin.
- Hoy, suyukli modelcham,
- Tayyormisan safarga ?
- Fikrim senda hamisha,
- Kel, uchaylik Shimolga !
Uning «Ona allasi» (1942) qo‘shig‘i o‘z vaqtida yozilgan qo‘shiq edi. - Uxla, qo'zim, do'ndig'im, Uxla, mana, chiqdi oy. Seni sevib, erkalab, Jo'r bo'ladi menga soy. Maqtovingni kuylasam, Yumilmaydi hech ko'zim. Uzoq tunlar onangga Yo'ldosh ? yorug' yulduzim. Uxla, bolam, oyginam, Kishnab turgan toyginam..
BINAFSHA - Atir hidi sochildi,
- Chakkangga taq, chakkangga.
- Lazzat olib hididan
- Bolarilar uchadi.
- Ipakqanot kapalak
- Barglarini quchadi.
- Seni maqtab kuylaydi,
- Bog' aylanib qushchalar.
- Darak berib bahordan,
- Quvontirding shunchalar.
- Binafshaxon, binafsha
- Kulishlaring chiroyli.
- Ko'ksimizda hid sochib
- Turishlaring chiroyli!
- Binafshaxon, binafsha
- Kulishlaring chiroyli:
- Bog'imizda ochilib
- Turishlaring chiroyli.
- Hamma chiqar dalaga
- Binafshalar tergali,
- Men ham terdim bir dasta
- Opamizga bergali.
- — Mana, opa, binafsha,
- Qarang, qanday chiroyli.
- — Yuring, — dedi opamiz,
- — Binafshalar teraylik.
- Binafshalar ochildi
- Chakkangga taq, chakkangga:
Do'stlaringiz bilan baham: |