Qiziqarli faktlar:
- Mahmud Tarziy Buxoroga kelgan va shu yerda Rossiya bilan hamkorlik haqida o‘ylay boshlagan;
- Buxoro amiri Olimxon 1920-yili bolsheviklar hujumidan so‘ng davlatini tashlab, Afg‘onistonga qochib o‘tadi. Bu yerda Omonullaxon unga Kobul chetidagi Qal’ai Fatu qarorgohini ajratib, nafaqa tayinlaydi;
- Afg‘onistonda Omonullaxon ko‘rgan ayrim choralar bugungi O‘rta Osiyo respublikalarida takrorlanmoqda. Xususan, Omonullaxon jamoat joylarida diniy bosh kiyimi bilan yurishni taqiqlagan edi. Bir safar kechki Kobul ko‘chalarini aylanib yurgan amir Olimxonni politsiya to‘xtatib, boshidagi sallasini yechishni talab qiladi. O‘zini musulmonlar amiri deb biluvchi Olimxonni bu juda g‘azablantiradi. Shundan so‘ng u Omonullaxonga qarshi kayfiyatga keladi va Habibullo Bachai Saqo hokimiyatini qo‘llab-quvvatlaydi;
- Amir Olimxon 1910-yili taxtga o‘tirganida rus magnatlaridan biri yangi amirga yoqib, Qarshi dashtlaridan er olish ilinjida unga mashina sovg‘a qiladi. Ammo dinni qattiq ushlagan amir “shayton arava”ga minmaslikka qaror qiladi. Taxminlarga qaraganda, oradan o‘n yil o‘tgach, chiroyli libosdagi Omonullaxon usti ochiq mashinada Kobul ko‘chalarini kezishini ko‘rgan Olimxon bunga havas qiladi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sog‘lig‘i yomonlashib, ko‘zi ko‘rmay qolgan Olimxon ortiq Qal’ai Fatudan tashqariga aylanishga chiqa olmay qoladi. Shunda u Afg‘oniston hukumatidan unga mashina olib berishni so‘raydi. Lekin hukumat bunga budjetdan pul ajratmaydi.
Munavvarqori
Munavvarqori Abdurashidxonov obrazi muvaffaqiyatli chiqqan. Unga kam vaqt ajratilganiga qaramay, Munavvarqorining salobati, jadidchilik harakatidagi o‘rni ochib berilgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, film oxirida Munavvarqori qatl etilishi juda ta’sirchan chiqqan va aslida hikoyaning omadli yakuni bo‘lgan.
Munavvarqori.
Filmdan kadr
Film yakuni
Filmning taxminan yarmigacha dinamika past, bo‘layotgan voqealar orasidagi bog‘liqlik ba’zi o‘rinlarda tushunarsiz. Keyinroq bayon bir maromga tushib oladi va tomoshabinni o‘ziga tortib ketadi. Xulosa va prolog esa tom ma’noda “Avloniy”ning qaymog‘idir: juda chiroyli, esda qoladigan musiqa sadolari ostida bo‘lib o‘tgan voqealarning xulosalari beriladi, qahramonlarning taqdiriga birma-bir to‘xtalib o‘tiladi. Rejissor filmning boshidan beri qidirayotgan g‘oya bo‘rtib chiqib qoladi va yuraklarni larzaga soladi. Ekranda jonlantirilgan obrazlarning tarixiy prototiplari suratlari namoyish etilishi esa ijodkorlarning og‘ir mehnatini yana bir bor eslatib qo‘yadi.
Filmning yakuniy qismi kuchli bo‘lishi kamchiliklarni maskirovka qilishning ajoyib usulidir. Ko‘pgina kinolarda urg‘u birinchi daqiqalarga beriladi – eng boshidan tomoshabin diqqatini tortib olish uchun. Lekin xronometraj o‘rtasidan o‘tilgach, auditoriya qiziqishini ushlab turishga yo pul, yo g‘oya yetmay qoladi. Natijada kuchli boshlangan kino ishonarsiz finalga ega bo‘ladi, bu esa tomoshabinning hafsalasini pir qiladi. Lekin final zarbdor bo‘lsa, bu boshidagi kamchiliklarni ham yopib ketadi va tomoshabin “bekorga kinoteatrga tushmabman” degan fikr bilan zalni tark etadi. “Avloniy”da ana shunday bo‘ldi.
“Avloniy” va ziyolilar
Har qanday jamiyatni oldinga boshlagan, g‘oyalar katalizatori bo‘lib xizmat qilgan qatlam ziyolilardir. Sovet davridagi qatag‘onlarda yo‘q qilib yuborilgan o‘zbek ziyoli qatlami haligacha jamiyatda o‘z o‘rnini topib keta olgani yo‘q. Shunday ekan, tabiiyki, o‘zbek ziyolilari ijtimoiy vazifasini bajarmayapti ham. Shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, olimlarga befoyda “tekinxo‘rlar” sifatida qarash, ular qilayotgan ishning jamiyat va kelajak uchun ahamiyatini tushunmaslik o‘zbek jamiyatida keng tarqalgan hodisadir. Ziyolilarning nochor moliyaviy ahvoli, qaror qabul qilish va ijtimoiy ongga ta’sir o‘tkazish jarayonlaridan chetga surib qo‘yilgani bunday munosabat shakllanishiga sabab bo‘lgan.
Filmdan kadr
“Avloniy”dan so‘ng ziyolilar jamiyatga ne qadar zarurligini yana bir bor anglaymiz. Film Avloniy obrazida millat taqdiriga befarq bo‘lmagan, tarixga ta’sir o‘tkaza oladigan ziyolini namoyish etadi bizga. Buni kartinaning eng katta yutug‘i deb baholayman.
Xulosa
Filmni “Daryo” formati yo‘l qo‘yadigan darajada batafsil tahlil qilishga urindim. Xulosa qilishni, doimgiday, o‘quvchining o‘ziga qoldiraman. Faqat bir narsani aytib o‘tishim kerak.
“Avloniy”da kamchiliklar yetarlicha; muvaffaqiyatli jihatlariyam ko‘p. O‘zbek tarixining eng muhim davrlaridan biri haqida kino olingani, unga jamiyat uchun muhim g‘oyalar singdirilganining o‘ziyoq kinochiligimizning kattakon yutug‘idir. Bu bilan kamchiliklarga ko‘z yumish kerak demoqchi emasman: tanqid kelajakda meva beradi. Lekin, nima bo‘lganda ham, “Avloniy”ni ko‘rish kerak. Bir martalik tomoshadan zerikkan, fikr-mushohadaga muhtoj kino ishqibozi undan o‘ziga ma’naviy ozuqa va chiroyli xulosalar oladi.
“Avloniy” filmi
Oʻzbek kino olamida ilk marotaba oʻzbek jadidlari haqida hikoya qiluvchi tarixiy kartina – “Avloniy” filmi suratga olindi. Csenariy mualliflari Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik va Muqaddas Usmonova. Film rejissyori Muzaffar Erkinov hamda yuzlab kadrorti kinoijodkorlarining mehnati mahsuli boʻlgan ushbu film millatimizning yorugʻ kunlari uchun kurashgan maʼrifatparvar Turon farzandining mashaqqatlari, millatparvarlik orzulari, tuygʻularini oʻzida akslantiradi. Kartina voqealariga Tohir Malikning “Qaldirgʻoch” asari motivi asos qilib olingan. Filmda Abdulla Avloniyning 1919-yilda Afgʻonistonga qilgan diplomatik safari haqida hikoya qilinadi.
Mamlakatda katta oʻzgarishlar roʻy berayotgan davrda yashagan Avloniyning turlicha fikrlar, oqimlar, siyosiy tuzumlar oʻrtasidagi kurashlarga nisbatan kechgan ichki tuygʻulari, millatining kelajagi uchun qilgan harakatlari film asosini tashkil etadi.
Avloniy – keng qamrovli inson. U – shoir, dramaturg, murabbiy, ilk darsliklar muallifi, “Maktab”, “Nashriyot” shirkatlar muassisi, oʻzbek teatri asoschilaridan biri, “Turon” teatr truppasi tuzuvchisi, Turkistonning Afgʻonistondagi birinchi muxtor elchisi, diplomat. Filmda uning faoliyatidagi barcha sohalar qisman boʻlsa-da, tasvirlanadi. Shuningdek, avvaliga jadidchilar qatorida boʻlgan Avloniyning keyinchalik Shoʻrolar hukumatiga xizmat qilish sabablari, Afgʻonga qilingan safar barobarida uning oʻsha hukumatga nisbatan paydo boʻlgan qarshi fikrlari, millati va yurti uchun chin yurakdan jon koyitishi film gʻoyalaridan biridir.
Kinokartinada Abdulla Avloniy obrazini Xorazm teatri aktyori Alisher Yoʻldoshev gavdalantirgan. Film postanovkachi operatori Ravshan Mirzakamolov, rassom Qahramon Matkarimov, liboslar ustasi Nigora Poʻlatova, grimchi-rassom Mahbubat Isanova, dikorator-rassom Sodiq Masharipov, montaj ustasi Dilshod Ibragimov. Film musiqasini bastakor Abulqosim Muinzoda bastalagan. Matyoqub Matchonov, Muhammadali Abduqunduzov, Abror Yoʻldoshev, Javohir Zokirov kabi sanʼatkorlarimiz filmning professional chiqishiga yordam berishdi.
Filmni suratga olish ishlari aprel oyida boshlanib, avgust oyida nihoyasiga yetdi. Syomka jarayonlari Xorazm, Qoraqalpogʻiston Qoʻqon hududlarida boʻlib oʻtdi. Ijodiy guruh katta masʼuliyatni his qilib, keng qamrovda ishlashdi. Xususan, 20 dan ziyod dekoratsiya: jumladan, 3 ta vokzal, 2 ta 14 metrli poyezd, bitta paroxod qurildi, 500dan ziyod kostyum tikildi.
“Asosiy maqsadi Abdulla Avloniy obrazi timsolida oʻsha davrda yashab, faoliyat yuritgan, millat va yurt uchun kurashgan ziyolilarning hayotini koʻrsatish va bu orqali bugungi kun yoshlarida millatga boʻlgan muhabbat, ajdodlarga nisbatan faxr va gʻurur tuygʻularini shakllantirishdan iborat” – deydi film rejissyori Muzaffar Erkinov.
Mana shunday xalqparvar, yurtimizning yuksalishiga, taraqqiy etishiga va madaniyatimizda ulkan iz qoldirgan ajdodimizni tomoshabinga koʻrsatish, uning qalbida vatanga sadoqat, insonparvarlik tuygʻularini singdirish va har bir koʻruvchiga mana shunday ajdodlarga munosib boʻlish – filmning bosh gʻoyasi.
Bugun tinchlikda, bekamlikda yashayotgan siz-u bizga yillar dovoni ortida qolgan ajdodlarimiz bilan diydorlashish barobarida oʻzimiz, oʻzligimiz haqida oʻylashga imkon berguvchi “Avloniy” tarixiy filmini 7-dekabrdan yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.
Buyuk jadid allomasi Abdulla Avloniy tavalludining 140 yilligi munosabati bilan «Avloniy» nomli film suratga olinadi. Bu haqda «Xabar.uz»ga kartina rejissyori assistenti Otabek Ibragimov ma’lum qildi.
Kinoasar «O‘zbekkino» buyurtmasi bilan Tohir Malikning «Qaldirg‘och» romani asosida yaratilmoqda. Ssenariy muallifi — Tohir Malik va Muqaddas Usmonova.
«Avloniy» to‘liq metrajli badiiy filmi Abdulla Avloniyning 1919-yildagi Afg‘on diyoriga qilgan diplomatik safari haqida bo‘lishi aytilmoqda.
«Abdulla Avloniy — keng qamrovli inson. U shoir, dramaturg, murabbiy, ilk darsliklar muallifi, «Maktab», «Nashriyot» shirkatlarining muassisi, o‘zbek teatrining asoschisi, «Turon» teatr truppasi tuzuvchisi, Turkistonning Afg‘onistondagi birinchi muxtor elchisi, diplomat bo‘lgan. Tasvirga olinishi kutilayotgan filmda Avloniyning faoliyatidagi barcha sohalar qisman bo‘lsada ko‘rsatib beriladi»,- deydi Otabek Ibragimov.
Yangi film ijodkorlarining asosiy maqsadi Abdulla Avloniy obrazi timsolida o‘sha davrda yashab, faoliyat yuritgan, millat va yurt uchun kurashgan ziyolilarning hayoti bilan yosh avlodni tanishtirish, ularda Vatanga muhabbat, millatparvarlik, ajdodlarga nisbatan faxr va g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.
Filmni tasvirga olish jarayonlari tez kunlarda o‘z ishini boshlaydi.
O`zbek kino olamida ilk marotaba o`zbek jadidlari haqida hikoya qiluvchi tarixiy kartina – “Avloniy” filmi suratga olindi. Csenariy mualliflari O`zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik va Muqaddas Usmonova. Film rejissyori Muzaffar Erkinov hamda yuzlab kadrorti kinoijodkorlarining mehnati mahsuli bo`lgan ushbu film millatimizning yorug` kunlari uchun kurashgan ma`rifatparvar Turon farzandining mashaqqatlari, millatparvarlik orzulari, tuyg`ularini o`zida akslantiradi. Kartina voqealariga Tohir Malikning “Qaldirg`och” asari motivi asos qilib olingan. Filmda Abdulla Avloniyning 1919 yilda Afg`onistonga qilgan diplomatik safari haqida hikoya qilinadi.
Mamlakatda katta o`zgarishlar ro`y berayotgan davrda yashagan Avloniyning turlicha fikrlar, oqimlar, siyosiy tuzumlar o`rtasidagi kurashlarga nisbatan kechgan ichki tuyg`ulari, millatining kelajagi uchun qilgan harakatlari film asosini tashkil etadi.
Avloniy – keng qamrovli inson. U – shoir, dramaturg, murabbiy, ilk darsliklar muallifi, “Maktab”, “Nashriyot” shirkatlar muassisi, o`zbek teatri asoschilaridan biri, “Turon” teatr truppasi tuzuvchisi, Turkistonning Afg`onistondagi birinchi muxtor elchisi, diplomat. Filmda uning faoliyatidagi barcha sohalar qisman bo`lsa-da, tasvirlanadi. Shuningdek, avvaliga jadidchilar qatorida bo`lgan Avloniyning keyinchalik Sho`rolar hukumatiga xizmat qilish sabablari, Afg`onga qilingan safarbarobarida uning o`sha hukumatga nisbatan paydo bo`lgan qarshi fikrlari, millati va yurti uchun chin yurakdan jon koyitishi film g`oyalaridan biridir.
Kinokartinada Abdulla Avloniy obrazini Xorazm teatri aktyori Alisher Yo`ldoshev gavdalantirgan. Film postanovkachi operatori Ravshan Mirzakamolov, rassom Qahramon Matkarimov, liboslar ustasi Nigora Po`latova, grimchi-rassom Mahbubat Isanova, dikorator-rassom Sodiq Masharipov, montaj ustasi Dilshod Ibragimov. Film musiqasini bastakor Abulqosim Muinzoda bastalagan. Matyoqub Matchonov, Muhammadali Abduqunduzov, Abror Yo`ldoshev, Javohir Zokirov kabi san`atkorlarimiz filmning professional chiqishiga yordam berishdi.
Filmni suratga olish ishlari aprel oyida boshlanib, avgust oyida nihoyasiga etdi. Syomka jarayonlari Xorazm, Qoraqalpog`iston Qo`qon hududlarida bo`lib o`tdi. Ijodiy guruh katta mas`uliyatni his qilib, keng qamrovda ishlashdi. Xususan, 20 dan ziyod dekorasiya: jumladan, 3 ta vokzal, 2 ta 14 metrli poezd, bitta paraxod qurildi, 500dan ziyod kostyum tikildi.
“Asosiy maqsadi Abdulla Avloniy obrazi timsolida o`sha davrda yashab, faoliyat yuritgan, millat va yurt uchun kurashgan ziyolilarning hayotini ko`rsatish va bu orqali bugungi kun yoshlarida millatga bo`lgan muhabbat, ajdodlarga nisbatan faxr va g`urur tuyg`ularini shakllantirishdan iborat” – deydi film rejissyori Muzaffar Erkinov.
Mana shunday xalqparvar, yurtimizning yuksalishiga, taraqqiy etishiga va madaniyatimizda ulkan iz qoldirgan ajdodimizni tomoshabinga ko`rsatish, uning qalbida vatanga sadoqat, insonparvarlik tuyg`ularini singdirish va har bir ko`ruvchiga mana shunday ajdodlarga munosib bo`lish – filmning bosh g`oyasi.
Bugun tinchlikda, bekamlikda yashayotgan siz-u bizga yillar dovoni ortida qolgan ajdodlarimiz bilan diydorlashish barobarida o`zimiz, o`zligimiz haqida o`ylashga imkon berguvchi “Avloniy” tarixiy filmi bugun - 7 dekabrdan yurtimiz kinoteatrlarida namoyish qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |