YAXSHI XULQ, YOMON XULQ
Axloq ulamosi insonlaming xulqlarini ikkiga bo‘l-
mishlar Agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlami qilurga
odat qilsa, yaxshilikg‘a tavsif bo‘lub, “yaxshi xulq” agar
tarbiyatsiz o‘sub, yomon ishlaydurgan bo‘lub ketsa, yo-
monliqg‘a tavsif bo‘lub “yomon xulq” deb atalur. Janobi
Haq insonlaming asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yax-
shi ila yomonni, foyda ila zarami, oq ila qorani ayiradurgan
qilub yaratmishdur. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamo-
lga yetkurmak tarbiya ila bo‘ladur. “Qush uyasinda ko‘rg-
anin qiladur”. Inson javhari qobildur. Agar yaxshi tarbiya
topib, buzuq xulqlardan saqlanub, go‘zal xulqlarga odat-
lanub katta bo‘lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor bir
inson bo‘lub chiqar. Agar tarbiyatsiz, axloqi buzulub o‘ssa,
Allohdan qo‘rqmaydurgan, shariatga amal qilmaydurgan,
nasihatni qulog‘iga olmaydurgan, har xil buzuq ishlami
qiladurgan, nodon, johil bir rasvoyi olam bo‘lub qolur.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: “Imoni
komil bo‘lgan kishilar yaxshi xulqli bo‘lurlar, sizning eng
yaxshilaringiz xotunlariga yaxshilik qilganlaringizdur”, -
demishlar.
Xudoning rahmat-u fayzi hama insonga yaksardur,
Va lekin tarbiyat birla yetushmak sharti akbardur.
Tug ‘ub tashlov-la bo ‘Imas bola, bo ‘Ig ‘ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo ‘lur ul rahnamo sizga.
Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo ‘lur olim,
Buzulsa xulqi, Luqmon o ‘g ‘li bo ‘Isa, bo ‘lusi zolim.
Yomonlarga qo ‘shuldi Nuhning o ‘g ‘li, o ‘Idi beimon,
Yurudi K ahfiti xublar-la bo ‘Idi oti inson.
TARBIYA
Tarbiya - “Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani
demakdur.
Ilmi axloqning asosi tarbiya o‘ldug‘mdan shul xususda
bir oz so‘z so‘ylaymiz. Bolaning salomati va saodati uchun
yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan
maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlami o‘rgatmak, yomon
xulqlardan saqlab o‘sdurmakdur. Tarbiya qilguvchilar tabib
kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan
kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga “yaxshi
xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan
berub, katta qilmog‘i lozimdur.
Zeroki, “Hassin-u axloqiko‘m” amri sharifi uzra xul-
qimizni tuzatmakg‘a amr o‘linganmiz. Lekin xulqimizning
yaxshi bo‘lishining asosiy panjasi tarbiyadur.
Axloqimizning binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishiga
tarbiyaning zo‘r ta’siri bordur, ba’zilar “tarbiyaning axloq-
qa ta’siri yo‘q, insonlar asl yaratilishida qanday bo‘lsalar,
shunday o‘sarlar, tabiat o‘zgarmas”, - demishlar.
Yomon xo ‘ tuzalmaydi darmon ila,
Ipak o ‘Imas ip, rangi alvon ila.
Boqing, bir daraxt mevasidur yomon,
Bo ‘luryaxshi payvand, parvo bilan.
Bilur har kishi aslini rangidan,
Va yokim ulangandagi zangidan ”.
Lekin bu so‘z to‘g‘ri emasdur. Chunki tarbiyaning
axloqga, albatta, ta’siri bo‘ladur. Oramizda masal borki, “sut
ila kirgan, jon ila chiqar”, mana bu so‘z to‘g‘ridur. Rasuli
akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afan-
dimiz: “Beshikdan to mozorga borguncha ilm o‘rgan”, - de-
mishlar. Bu hadisi sharifning ma’nosi bizlarga dalildur. Hu-
kamolardan biri: - “Har bir millatning saodati, davlatlaming
tinch va rohati yoshlaming yaxshi tarbiyasiga bog‘lidur”,
- demish. Shariati islomiyada o‘z bolalarini yaxshilab tar-
biya qilmak otalarga farzi ayn, o‘z millatining yetim qolgan
bolalarini tarbiya qihnak farzi kifoyadur. Payg‘ambarimiz:
“Bolalaiingizni yetti yoshida namozga o‘rgatingiz. Agar o‘n
yoshida o‘qimasa uringiz”, - demishlar.
Har kishining dunyoda oromi jo ni tarbiyat,
Balki oxirida erur dorulamoni tarbiyat.
Tarbiyat hamroh etadur hur ila ruzvonlara,
Gar desam bo ‘Imas xato jannat makoni tarbiyat.
Ey, Otalarl Jonlaringizdan suchuk farzandingiz,
G ‘ayrat aylang o ‘tmasun vaqt-zamoni tarbiyat.
Moyai zilli xumodur tarbiyatning soyasi,
Bizda anqo tuxmidekyo ‘q oshyoni tarbiyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |