X Uyga vazifa “Biz baxtli bo’amiz” mavzusida insho yozish va shoir she’rlaridan yod olish
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Muhammad Yusuf “Biz baxtli bo’lamiz” Toshkent 2011-yil
2.Muhammad Yusuf “Qizg’aldog’im” “Noshir” nashriyoti Toshkent 2012 y
3. Muhammad Yusuf “Ulug’imsan Vatanim” Toshkent nashriyoti 2010y
4.Muhabbat Hamroyeva “Erta so’ngan yulduzlar” Toshkent “Sharq” nashriyoti
5. 8-sinf Adabiyot darsligi 2011-yil
Kogon shahar
7-umumiy o’rta ta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Baxshullayeva Nigina Bozorovnaning
matematika fanidan bir soatlik
dars ishlanmasi
2019-2020yil
Fan: Matematika
Mavzu: Kasrlar ustida mustahkamlash
Maqsad: a)O’quvchilarga kasrlar ustida masalalar hamda turli amallarning bajarilishi to’g’risida tushuncha berib o’tish;
b)O’quvchilar jamoasida do’stona muhitni yarata olish hamda ularni har qanday holatda ham , bir-birini tushunish ,eshitish, hurmat qilishga undash;
s)O’quvchilarning kasrlar mavzusiga doir butunni qismlarga ajratish,qism orqali butunni topa olishga doir bilim ,ko’nikma ,malakalarini o’stirib boorish;
Tayanch kompetensiyalar:
1.Kommunikativ kompetensiya:
a)o’rganilgan atamalarning ma’nosini tushunib to’gri o’qiy olish;
b)matematikaga oid video tasvirni ko’rib ,tegishlicha munosabat bildira olish;
s)matematik ifodalarni tushunish ,yoddan ayta olish;
2.Axbarotlar bilan ishlash kompetensiyasi;
a)tavsiya etilgan manbalardan axbarotni izlab topa olish zarur bo’lsa boshqa o’rinlarda ishlatish:
b)uchta sonning o’rta arifmetigini topish:
3.O’zini- o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
a) o’rganilgan masala bo’yicha o’quvchi bilan birgalikda o’quv masalasini topa olish;
b) o’qituvchi bilan birgalikda masala yechishni aniqlash;
4.Ijtimiy fuqarolik kompetensiyasi:
a) atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob-ahloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlay olish;
5.Milliy umummadaniy kompetensiya:
a)zaminimizda yashab o’tgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bera olish;
6.Matematik savodxonlik ,fan va texnika yangiliklardan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
a)aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy ishlarni bajara olish;
Dars turi:yangi bilim beruvchi;
Metod:savol-javob,didaktik o’yinlar,bahs-munozaralar,amaliy mashg’ulot bajarish;
Jihoz:darslik,darsga oid ko’rgazma qurol, tarqatma material;
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism
Salomlashish jarayonida o’qituvchi ingliz tilida salomlashib ularning darsga tayyor ekanliklari so’raladi va rus tilida navbatchi axbaroti, ob-havo,fasl,hafta kunlari so’raladi.
Sinf shiori:
O’quvchilar:”bir kishi hamma uchun , hamma bir kishi uchun”
O’quvchilar maqsadi:”biz har doim olg’a intilamiz, a’lo baholarga o’qishga harakat qilamiz,”3” baho mukofot emas,sadaqadir”.
1.Darsimiz?
O’quvchilar birgalikda: matematika
2.Siz matematikani qanday ta’riflaysiz?
Har bir o’quvchi “matematika” so’zini hosil qiluvchi harflarga fanga oid gaplar orqali ta’rif berib o’tishadi.
3. Matematika darsi shiorimiz?
O’quvchilar:” matematika fanlar ichra shox uning sirlaridan bo’lingiz ogoh”.
Bugungi darsimiz noananviy bo’lib , “Kosmosga sayohat” deb nomlanadi.Buning uchun sinf o’quvchilarini guruhlarga qura tashlash orqali bo’lib olamiz.
1-guruh:”Shar”
2-guruh:”Konus”
3-guruh:”Kub”
2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Bu jarayonni bevosita sayyoralarga bog’lagan holda , kosmosga sayohat qilish uchun juda katta to’sqinlik bo’lib, bu- sayyoralarning turli asterodlar qurshovida qolib ketganligi ularni bundan xalos etish uchun savolnomalarga javob berish lozimligi
Aytib o’tiladi. Har bir to’g’ri javob uchun rag’bat kartochkalari berib boriladi. Dars davomida faol qatnashib, ko’p rag’bat yig’gan guruh g’oliblikni qo’lga kiritishi hamda kosmosga sayohat uchun yo’llanmani qo’lga kiritishi mumkinligi dars avvalida aytib o’tiladi.
Savollar:
1.Kasr tushunchasiga ta’rif berib o’ting?
2.Parallel to’g’ri chiziq nima?
3.9 kara jadvalini quyidagi chizmani davom ettirgan holda ayting?
4.Mulohaza nima va mulohazalar necha turga bo’linadi?
5.Quyida keltirilgan tenglamani she’r aytib turgan holda bajaring? 9726-9301= x:12
6.Geometrik figuralarni sanab o’ting?
3.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq sharti o’qib eshittiriladi.har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqarilib bajartiriladi.
Doiraning 6/8 qismi bo’yalgan, 8/2 qismi bo’yalmagan
To’g’ri to’rtburchakning 10/5 qismi bo’yalgan, 10/5 qismi bo’yalmagan.
Uchburchakning 3/2 qismi bo’yalgan, 3/1 qismi bo’yalmagan.
2-Topshiriq
Sharti o’quvchilar tomonidan o’qib eshtirilgan. Uchta guruh uchun qog’zlarga chizilgan 12 sm li
Kesmalar tarqatiladi.
1-guruh -12sm li kesmaning 2/3 qismini
2-guruh -12sm li kesmaning 4/6 qismini
3-guruh -12sm li kesmaning 7/12 qismini
Topib berishlari kerak bo’ladi so’ng har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib bajargan ishlarni sharhlab beradi.
So'ng har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib bajargan ishlarini sharhlab berishadi.
3-masala
Sportchi- 15nafar
Teng bo’lindi – 3 guruhga
Basketbol o’ynashmoqda-1-va 2-guruh
Balandlikka sakramoqda- 3-guruh
Basketbol o’yinida - ? qism
Balandlikka sakrashda -? ta
Yechish: 1)15:3=5(tadan har bir guruhda)
2)5*2=10(nafar 3/2 qismi
3)15-10=5(nafar balandlikka sakrashda)
Javob:sportchilar soni 15ning 3/2 qismi basketbol, 5nafari balandlikka sakramoqda.
4-tenglama.
Uchchala guruh orasida ”Kim chaqqon ” o’yini orqali tenglama bajartiriladi.
1-guruh 2-guruh 3-guruh
X*2=1102 4*x=3244 x*6=7566
X=1102:2 x=3244:4 x=7566:6
X=506 x=811 x=1261
Tek:506*2=1102 tek:4*811=3244 tek:1261*6=7566
1102=1102 3244=3244 7566=7566
5- boshqotirma.
Har bir qavatda – 4tadan xona
33-xonadon- ?qavatda
Yechish:33:4=8(1qoldiq)
Bu topshiriq o’quvchilarga ”Zinama-zina” o’yini orqali o’quvchilarga tushuntiriladi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash jarayonida har bir guruhga kassrlarga oid tarqatma berilib ular guruh guruh bilan bajarib, ishlarini sharhlab berishadi.
5.Baholash.
Har bir guruhning yig’gan ballari hisoblanib g’olib guruh aniqlanadi va e’lon qilinadi.Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
6.Uyga vazifa. 6-7-misol – masla.
Uyga vazifa haqida qisqacha tushuncha berib o’tiladi. O’quvchilarga darsdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirib,bundan so’ng ham yuqori darajalarga erishishlari tilab dars yakunlanadi.
TO`LIQ VA TO`LIQSIZ
GAPLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |