Август 2020 8-қисм
Тошкент
udumini, dini va diyonatini har narsadan ustun qo‘yadilar. Adalat uchun, haqiqat uchun kurashadilar.
Lekin biror qahramon bu maqsadda hech qachon balandparvozlik qilmaydi, ayyuhannos solmaydi.
ular tashqaridan emas, ko‘pincha, ichdan jozibali, istarali, mehr tortar bo‘ladi.
Yozuvchinimg «Tabassum», «Omon ovchining o‘limi», «Qish hangomasi», «Qumrilar»,
«Arosat», «Bitikli tosh» kabi bir qancha hikoyalarida qahramonlarning ismi qahramon xatti-
harakati, taqdiri yohud asar sujetiga bog‘liq holda tanlanganining guvohi bo‘lamiz.
FOYDALANLGAN ADABIYOTLAR:
1. Бегматов Э, Авлоқулов Я. Ўзбек тили ономастикасининг макрокўлами таркиби. Ўзбек
тили ва адабиёти, 2007, 5, 33-39-б.
2. Бегматов Э, Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати, Наманган
2006, 103-бет.
3. Бегматов Э, Нафасов Т. Караев С. Ономастика Узбекистана Т.:1999
4. ВиноградовВ.В. О языке художенственной литературы. М.: 1959.
78
Август 2020 8-қисм
Тошкент
ZULFIYA IJODIDA HIJRON NAFASI
Rahimovna Shaxlo Quramboyevna
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani 14-maktab
ona tili va adabiyot o‘qituvchisi
Tel:99-551-52-67
e-mail:rahimovna@mail.ru
Annotatsiya:
ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida vafo va sadoqat timsoli Zulfiyaxonimning
lirikasi, she’riyatida shukronalik hissi, sevish, sevilish baxti, ayriliq, hijron mavzularining
yoritilishi yuzasidan fikrlar berilgan
Kalit so‘zlar
:
she’riyat, she’r, vafo, ayol, sabr-qanoat
O‘zbek adabiyotida shoiralar qatori talaygina. Lekin ularning orasida Zulfiya alohida ajralib
turadi. Sababi Zulfiya sharq ayoli timsoli. u vafodor ayol, mushtipar ona, hayotni, sevgi va
sadoqatni kuylovchi ijodkor edi. Zulfiya O‘zbekiston xalq shoirasi, Javoharlal Neru nomidagi va
Xalqaro‘’Nilufar “ mukofotlarining sovrindori, taniqli jamoat sovrindori, taniqli jamoat arbobi.
’’uylar’’, ,,Shalola” kabi she’riy majmualari uchun davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. Hind
mavzuyidagi she’rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi xalqaro sovrin, tinchlik va do‘stlikni
tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol
ishtiroki uchun xalqaro ,,Nilufar’’ mukofotiga sazovor bo‘lgan. Mirtemir domla Zulfiyaning
she’riyatga kirib kelishi haqida “O‘zbek poeziyasida Zulfiya degan nomning chaqnab paydo
bo‘lishi tong yulduzining tug‘ilishiga teng bo‘lgan voqeadir’’ deb baho bergan edi. Shoira o‘z
ustozi sifatida davrning, hayotning o‘zini tan oladi. Haqiqatan, shoirani hayot shoira qildi. Butun
ijodini Hamid Olimjon yodiga bag‘ishladi. umri davomida hijronni kuyladi. Xuddiki, hijron
shoira uchun hijron tasalli, hamdard edi.
Mana bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas bahorlarning qaytishin kutib,
Tobuting boshida cho‘kkaninmda tiz ,
Farzandlar ko‘tardi qo‘limdan tutib.
Zulfiya ayriliqdan yiqilganida farzandlari dalda bo‘ladi. She’riyat qanot bo‘ladi. Hayotda
yashashning o‘zi baxt. Shukronalik hissi bilan yashaydi. Sevish, sevilish baxti nasib etganidan,
hatto sevgidan keying ayriliqni ham yashash baxti deb biladi.
Sevdim, erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima bildim,
Shuda bir yashash.
Inson yashar ekan hayot uni baxt bilan, baxtsizlik bilan siylaydi. Shoira hammasiga mardonavor
turib butun kuch-quvvatini ijodga bag‘ishlaydi. Va ‘’Iqrorga vaqt yetdi “ she’rida shunday iqror
bo‘ladi:
Bor bo‘lsa beshmi, o‘n muxlis she’rxonim,
Yozmoq – baxt qalamim uchini o‘pib.
Nodira, uvaysiy ijodidan farqli Zulfiya ijodida hamisha Hamid Olimjonning qalami hamroh
bo‘ladi. Ayriliq, hijron, vafo, sadoqat kuychisi sifatida she’riyat gulshanida gul kabi ufurib turadi.
u o‘zbek ayoli timsoli sifatida jahon minbarlarida tirib she’r o‘qidi Se’rlari rus, ingliz, nemis,
xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. O‘zbek shoirasining dunyo bo‘ylab muxlislari
bor. O‘zbekning she’rini jahon tan olgan. Zulfiya ana shunday hushbo‘y she’riyati bilan ajralib
turadi.
Zulfiya ,,Bahor keldi seni so‘roqlab” nomli she’rida Hamid Olimjon bahorni qanchalik sevishini,
bahor ham Hamid Olimjonni sog‘inganligini ta’riflab bergan.
“Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan.
“Baxtim bormi deya , yakkash so‘roqlab ,”
Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan.
Bu satrlardan nafaqat Hamid Olimjon bahorni, balki bahor uchun Hamid Olimjon ham bahor
79
Do'stlaringiz bilan baham: |