O‘RNI VA ISTIQBOLI
Latofat Hosilbekova,
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi
26-umumiy o`rta ta’lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi
+99894 358-56-12 yorqinjonhayitboyev20@gmail.com
“Ha ko‘ngilning orzusi shul erur obi hayot,
Qadrini bilgan kishiga shubhasiz jondir kitob.”
H.H. Niyoziy
Annotatsiya:
Maqola kitobxonlik va kitob o`qishning bola tarbiyasida tutgan o`rni haqida
bo`lib, mulohazalarda o`qish va uqish haqida fikrlar yuritilgan. Bolaning psixologiyasi
rivojlanishida, shaxs sifatida kamol topishida kitoblarning tutgan o`rni ochib berilgan.
Kalit so`zlar:
Kitob, kitobxonlik, bola psixologiyasi, “Yosh kitobxon”
Prezidentimizning “Kitoblar chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kamissiya tuzish to‘g‘risida”gi
Farmoyishi bolalar kitobxonligini yo‘lga qo‘yishda yana bir dadil qadam bo‘ldi.
Har bir bola maktabga qadam qo‘yar ekan, qalbida kitob mutolaasiga ajib bir hissiyot paydo
bo‘ladi. Kitob eng yaqin do‘st, samimiy suhbatdosh, doimiy hamroh. . Shu bois ham u bilan
vaqtning qanday tez va mazmunli o‘tganini payqamaysan kishi. Kitobni doimiy do‘st bilgan bola
uchun bu juda zavqli. Bolaning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmasdan uni bosqichma-
bosqich to‘g‘ri shakllantira olish maktabdagi pedagog hodimlarning ma’suliyatli vazifalaridan
biri hisoblanadi. Bolani kitoblarning sehrli olamiga olib kirish uning kelajakda badiiy tafakkur
darajasining yuksak bo‘lishiga turtki bo‘lishi shubhasiz. Bolaning ichki kechinmalarini, orzularini,
o‘zligini aks ettiradigan kitoblani tavfsiya etishdek mas’ul vazifa ota-onalar bilan birgalikda
maktabdagi pedagog xodimlarning zimmasiga tushadi.
Bugungi kunda biz axborot vositasi sifatida radio, televidenie, gazeta va jurnallar hamda internet
tarmoqlaridan keng va unumli foydalanmoqdamiz. Shunga qaramay texnika taraqqiyoti davrida
ham kitob mutolaasining o‘z o‘rni bor ekanligini rad eta olmaymiz. Kitob hayotni o‘rgatuvchi eng
yaxshi ustozdir. Kitob orqali kishilar asrlar bilan, qadim zamonda, yaqin o‘tmishda yashab o‘tgan
donolar bilan sirlashishi, zamon qahramonlari bilan suhbatlashishi mumkin.
Hammamiz kitob o‘qishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan ni
-
mada?
Mutolaa asabni tinchlantiradi.
Kitob o‘qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob o‘qish asabi
-
ylashishga barham beradi.
Mutolaa chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi.
Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va
yodda saqlab qolishga yordam beradi.
Mutolaa tinglash qobiliyatini rivojlantiradi.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, kitob o‘qish tinglash qobiliyatini oshiradi, boshqalarni oson tus
-
hunishga yordam beradi
Mutolaa Al`tsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi.
Qator tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘p kitob o‘qigan insonlar Al`tsgeymer kasalligiga
kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo‘llab-quvvatlashga va mashqlar
yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo‘ladi. Kitob o‘qish esa bu borada eng samarali usuldir.
Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi.
Psixologlar birgalikda kitob o‘qish jarayonida ota-onalar va bolalar o‘rtasida o‘ziga xos muno
-
sabat o‘rnatiladi deb hisoblashadi.
Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, umuman kitob o‘qimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoq
-
likda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi.
Ko‘p kitob o‘qiydigan bolalar darslarni yaxshi o‘zlashtirishadi.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |