Август 2020 8-қисм
Тошкент
O‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA OG‘ZAKI DRAMA
Normurodova Zarigul Yoqubovna,
Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim
maktabining ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Tel: +998 99 351 28 89
Annotatsiya:
ushbu maqolada og‘zaki drama haqida ilmiy qarashlar ilgari suriladi. Fikrlar
ilmiylikka asoslanib, tadqiq etiladi.
Kalit so‘zlar:
folklorshunoslik, drama, teatr, dramaturgiya, musiqa, shakl, xalq.
O`zbek folklorshunosligi og`zaki dramani masxaraboz va qiziqchilar teatri hamda qo`g`ir
-
choq teatriga bo`lib o`rganadi. Masxaraboz va qiziqchilar teatrida dramaturgiya, sahna bezagi,
qiziqchi aktyorlar, musiqa asosiy o`rin tutadi. Sirasini aytganda, masxarabozlik va qiziqchilik –
asrlar davomida shakllangan og`zaki an`anadagi professional teatr hisoblanadi. uni havaskorlik
harakatidan farqlovchi xususiyati ham an`anaviy xalq teatri sanalganligi bo`lib, XX asrning
boshlaridayoq yuzaga kelgan yevropacha tipdagi o`zbek professional teatrining sarchashmasiga
aylanganligidir.
O`zbek an`anaviy xalq teatri o`ziga xos dramaturgiyaga ega. Bu og`zaki
drama deyilib, un
-
dagi personajlar o`z individual qiyofasiga, mijozi (temperamenti)ga, aqlu zakovatiga, hissiyot va
kechinmasiga, tanasi va unga mos harakatlariga ega. Bu teatrning ijrochi - artisti masxaraboz
(masxara), qiziqchi (qiziq) va taqlidchi ( muqallid) nomlari bilan hritiladi. Masxaraboz arabcha
so`z bo`lib, kulish, mazax va taqlid qilish ma`nolarini anglatadi. Arablar istilosidan so`ng tilimizga
o`zlasha boshlagan esada, arablarning o`zlari komik aktyorni ―muhabbiz deb ataganlar. Shunday
bo`lsada, ―masxara so`zi o`zbek tilida ham komik aktyor, ham kulgili hajviy tomosha ma`nosida
qo`llaniladi. Taxminan XYI asrning oxiri va XYII asrning boshlaridan e`tiboran arabcha ―
masxara so`ziga fors-tojik tilidagi ―bozi (o`yin) so`zidan –i tovushi qisqargan holatda ―-boz
shaklida qo`shilib, ―masxaraboz istilohi bunyod etilgan. Lekin aktyor ma`nosida ham masxara,
ham masxaraboz istilohlari baravar qo`llanib boravergan. SHu ixtisosdagi ijrochilar nomlari esa
shu istiloh bilan sifatlangan holda ishlatilishi an`anaviy tus olgan. Binobarin, masxaraboz yoki
masxara – xalq teatrining komik aktyori bo`lib, mazax vositasida voqeani muayyan matnga
solib, hajviy tomosha ko`rinishida ijro etib beruvchi kulgi ustasi sanaladi.
O`zbek an`anaviy xalq teatri uch lokal guruh doirasida tashkil topgan va rivojlangan:
Bular Buxoro masxarabozligi, Xorazm masxarabozligi va Farg`ona qiziqchiligidir. Buxoro
masxarabozligi ikki tipga bo`lingan: birinchisi – qishloq masxarabozligi bo`lib, ko`pincha 3-5
kishidan iborat holda tomoshalar ko`rsatgan. ular kichik guruhdan tarkib topganlari sababli
kichik hajmdagi maishiy mavzudagi tomoshalarni ko`rsatishda so`zga emas, asosan, harakatga
va mimikaga zo`r berib ijro etishgan. SHahar masxarabozligida ham, asosan, mehmonxonalarda
kichik hajmli maishiy komediyalar o`ynalgan bo`lsa-da, sayllarda, katta to`ylarda yirikroq
tomoshalarni namoyish etishgan. Shahar masxarabozligida, ayniqsa, buxorolik To`la masxara
(1842-1916) to`pi ajralib turgan. u, xususan, salbiy personajlarga ijtimoiy tavsiflar berib, ular
-
ni fosh etishda ayricha mahorat ko`rsatgan. Xorazm masxarabozligida ―Xatarli o`yin turkumi
ko`p o`ynalgan. Bunda dialog, kuy, qo`shiq, raqs va muallaq, pantomimadan unumli foydalanil
-
gan. ular orasida, ayniqsa, Quvvat kalta, Boltaqul masxara, Matyoqub ko`r, aka-uka Eshmat va
Do`smatlar shuhrati butun Xorazmni tutgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xalq og‘zaki ijodi bugungi kunda taraqqiy etgan sohalardan
hisoblanib, uning barcha sohalari rivojlanishdadir.
fOYDAlANIlGAN ADABIYOTlAR
1.Madayev O., Sobitova T., Xalq og‘zaki poetik ijodi. Toshkent: “Sharq” –2010.
2.Jo‘rayev M., Eshonqulova J., Folklorshunoslikka kirish. Toshkent – 2017
58
Do'stlaringiz bilan baham: |