Август 2020 8-қисм Тошкент Eliot” hikoyasining konteksti quyidagi so`zlarda ifodalangan:
Mister va missis Eliot farzandlari bo`lishini juda xohlardi. “Yomg`ir ostidagi mushuk” hikoyasida
esa yosh Amerikalik ayol mehmonxonada yomg`irdan deraza ostiga yashiringan mushukni ko`rib
qoladi va uni ichkariga olib kirmoqchi bo`ladi.
Lekin u tashqariga chiqquncha mushuk yo`qolib qoladi. Heminguey o`z hikoyalarida mazmunni
to`liq ochib bermaydi. u matnnning ko`p ma`noliligini ochishda kontekst yordamiga tayanadi.
Hikoyalarini o`qigach, kitobxonda uning mazmuni haqida savol tug`iladi va bunda, albatta,
kontekst yordamga keladi.
E.Heminguey qahramonining harakatlarini nozik va aniq tasvirlash bilan uning ichki dunyosini
tashqi namoyon bo`lishini ko`rsatib beradi. Shu sababli yozuvchi qahramonlarining ichki dunyosini
muhokama qilishni rad etadi.
“Klimanjaro qorlari” (1936-y) hikoyasida o`lim yoqasidagi yozuvchi tasvirlangan. Ov paytida
olingan arzimas jarohat gangrenaga olib keladi. Voqea tog`da sodir bo`lganligi tufayli bemorni
kasalxonaga olib borishi mumkin bo`lgan samalyotdan umid yo`q. bunday holatlarda barcha
kishilar o`z vijdoni bilan hisob-kitob qiladi, ko`z o`ngidan zoe o`tkazilgan umr o`tadi.
Yozuvchi Garri amalga oshmagan rejalari haqida alam bilan o`ylaydi. u gangrenadan vafot etadi.
Garrining ruhiy holatini yozuvchi uning o`ylari orqali ifodalagan. E.Heminguey qahramonning
ichki holatini, uning kayfiyati va g`am-tashvishlarini ichki monolog orqali ifodalashga harakat
qilgan.
Ha, u hech qachon Parij haqida yozmagan .
Harqalay unga aziz bo`lgan Parij haqida. 2 Yozuvchi ichki monologdan foydalanib qahramonining afsus-nadomatlarini ko`rsatadi.
Yozuvchi hikoyada turli timsollardan foydalangan.
Ernest Heminguey o`z qahramonlarining ichki tabiatini namoyon qilish uchun ularni xavfli
holatlar, keskin muhitda tasvirlaydi. Yozuvchining keying asarlarida xavf-xatar erkaklarcha
mardlik, qat`iylik belgisi sifatida ko`rsatilgan.
Xulosa qilib aytganda, Heminguey asarlari badiiy til vositalariga boy bo`lmasada asarlarining
ta`sir kuchi yuqori. Yozuvchining badiiiy til vositalaridan o`z o`rnida foydalanganligi uning so`z
san`atidan foydalanishday yuqori mahorat egasi bo`lganini ko`rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Oybek. Asarlar.9-tom. Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti. 275-bet
2. Tarjima bizniki