Август 2020 8-қисм
Тошкент
ERNEST HEMINGUEY ASARLARIDA BADIIY TIL VOSITALARI
Nigoraxon Sobirova Abduvohidovna,
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani
21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
oliy toifali ingliz tili fani o‘qituvchisi
Telefon: +998(91)6909820
Dildoraxon Turanova Abduvohid qizi,
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani
65-IDUMI 1- toifali ingliz tili fani
o‘qituvchisi
Telefon: +998(90) 5893216
Elektron pochta:
akramxon@yahoo.com
Annotatsiya:
ushbu maqolada jahon adabiyotining betakror va o‘ziga xos uslubida ijod qilgan
Amerikalik buyuk yozuvchi E.Hemingueyning asarlarida badiiy til vositalarini qo`llanishini
o`rganishga harakat qilingan.
Kalit so‘zlar:
Badiiy til vositalari, parallel konstruksiya, obraz, ichki monolog, aysberg
nazariyasi, peyzaj.
Har bir yozuvchi o`z asarida badiiy til vositalarini qo`llashga intiladi. Badiiy til vositalaridan
o`z o`rnida foydalanish yozuvchining mahoratiga bog`liq. Zero, Oybek yozganidek:”Yozuvchi
xalq tilining boy xazinasidan istaganicha material oladi. Asarning badiiy to`qimasida yuzlarcha
maqollar, maxsus ifodalar, turli gaplar, qochirmalar, so`z o`yinlari yarqiraydi. Mana bular tilni
qonli, jonli, obrazli, bir til qiladi”
1
.
Badiiy asardagi jonli tasvirlash xis-tuyg`u va kechinmalarini yorqin ifodalash asarning
go`zalligi, betakrorligini ko`rsatadi va uni jahon adabiyotining durdonalariga aylantiradi. Aynan
badiiy tasvirlar asar qahramonlarining obrazini, ularning ichki dunyosini, o`zaro munosabatini
ochib beradi va kitobxonda shu asarga, asar orqali yozuvchi va uning qahramonlariga mehr
uyg`otadi.
ushbu maqolada jahon adabiyotining o`ziga xos va betakror uslubiga ijod qilgan Amerikalik
buyuk yozuvchi Ernest Hemingueyning asarlarida badiiy til vositalarini qo`llanilishini o`rganishga
harakat qilingan. Ernest Heminguey Folknerdan asar kompozitsiyasining soddaligi, Andersondan
esa asar tilining soddaligi bilan birikib ketgan ravonligi bilan ajralib turadi.
Ernest Heminguey qahramonning ichki holatini, uning kayfiyati va g`am-tashvishlarini ichki
monolog orqali ifodalashga harakat qilgan. Bu ulug` adibning hikoya, qissa va romanlarida
inson hamda xalq harakterining mukammal gavdalantirilganini, ayni paytda nabotot va hatvonot
dunyosining hayoti badiiy kashf etilganliginini, ular inson hayoti bilan uzviy tasvirlanganini,
tiriklik kushandasi bo`lgan urush la`natlanganini ko`ramiz.
Soddalik Heminguey ijodining ajoyib fazilatlaridan biri. Yozuvchi o`z ijodida ichki monolog,
obrazlar, aysberg nazariyasi, parallel konstruksiyalar, peyzaj kabi ko`pgina badiiy til vositalaridan
mohirona foydalangan.
E. Heminguey qisqa hikoyalarning ustasi bo`lganligini hikoya hajmi kichik bo`lsada, keng
ma`no anglatishidan ko`rishimiz mumkin. uning uchun hikoyaning syujeti emas, qahramon ichki
dunyosining ochilishi muhim.
Heminguey ijodida ko`p qo`llanilgan asosiy ma`no vositalaridan biri kontekst hisoblanadi.
Heminguey hikoyalarining qahramonlarini asosan qiziqishlari umumiy, bir guruhga mansub
bo`lgan kishilar tashkil qiladi. Shu sababli ular bir-birini darhol tushunadilar va biz ularning
nutqida ko`plab kinoya, sukut saqlash, sha`ma, ma`no anglatmaydigan frazalarga duch kelamiz.
-To`g`risini ayt, senga nima bo`ldi?
-Bilmayman.
-Bilasan.
-Yo`q, bilmayman.
-Aytaqol.
Nik tepalik ortidan mo`ralayotgan oyga qaradi. Zerikarli (Hammasi zerikarli bo`lib qoldi)
Heminguey hikoyalarida yagona fraza ham konteksni anglatishi mumkin. “Mister va missis
31
Do'stlaringiz bilan baham: |