70
Август 2020 8-қисм
Тошкент
YOZUVCHI TARJIMAI HOLINING BERILISHIGA XOS XUSUSIYATLAR
Toshpulatova Gulmiraxon Oiljonovna
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani
43-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Tel 99 9921781
Annotatsiya:
ushbu maqolada adabiyot darslarining asosini tashkil etuvchi adiblarning tarjimai
holini o‘qitishning metodikasi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar
: R. usmonov, Fitrat, Q. Yo‘ldoshev, V. G. Maransman, kinoko‘rsatuv, diafilm,
videofilm.
Ma’rifiy va ma’naviy ozuqa berishga da’vat etilgan ijodkor tarjimai holi qanday mazmunda
bo‘lishi kerakligini belgilab olish o‘ta mas’uliyatli muammodir. Buning zarurligini ”Adabiyot”
darsliklaridagi quruq faktlarni qalashtirish mazmunidagi biografik ma’lumotlarning hissiz qabul
qilinib kelinganligidan ham bilish mumkin.
O‘quvchilarga adib tarjimayi holini berishda quyidagicha berish maqsadga muvofiq:
- adibning bolalik chog‘lari va o‘sib ulg‘ayishi;
- san’atkorning ijod yoli;
- yozuvchi yoki shoirning ijodiy
faoliyati va badiiy mahorati;
- asarlaridan parchalar;
- dasturda tavsiya etilgan asarning yaratilish tarixi;
- ijodkorning
jamiyatda tutgan mavqei, xizmatlari;
- so‘z ustasi haqida uning zamondoshlari fikri va hk.
Biografik ma’lumotlar, ayrim metodistlarning ta’kidlashlariga ko‘ra, adibning shaxsi, ichki
dunyosi va ruhiy olami, ma’naviy e’tiqodi va izlanishlarini qamrab olishi kerak.
Bizningcha,
e’tiqod va izlanishlar haqidagi gaplarni san’atkorning yoshlik yillari va o‘sib ulg‘ayishi bitiladigan
qismda emas, uning ijod yo‘li yoritiladigan joyda berilgani ma’qul.
Adibning bosib o‘tgan yo‘li, ijodiy faoliyati biografik ma’lumotda o‘ziga xos o‘rin tutib, uning
shaxsi, ichki dunyosi, ruhiy olami, qarashlari, ma’naviy e’tiqodi qay tarzda shakllanganidan tortib
badiiy mahoratini egallashigacha bolgan hayot yoli o‘z aksini topadi. O‘quvchi so‘z ustasining
kimligini, orzu-o‘ylarini, intilishlarini tarjimai holining shu qismidan ko‘proq bilib oladi. Demak,
bu yerda beriladigan ma’lumotlarning yoshlar uchun ma’rifiy ahamiyati katta. Tarjimai holning
shu qismi orqali tarixiy davr bilan tanishish ham yuz beradi.
R. usmonovning fikricha, tarjimai holda san’atkorning ijodiy takomiliga ta’sir etgan voqea va
hodisalar bayoni ham aks etishi kerak. Masalan: “To‘rt yil davomida Istambul dorilfununida tahsil
olgan Fitrat taqdirida Turkiya hayoti muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yillar Fitratning siyosiy
va davlatchilik qarashlarida, dunyoqarashi, san ’atkorlik mahorati shakllanishiga yo ‘naltiruvchi
ahamiyat kasb etdi”
Q. Yo‘ldoshev 7-sinf uchun yozilgan «Adabiyot» darslik- majmuasiga yozgan metodik
qollanmasida adiblarning tarjimai hollarini yoritishda shu vaqtgacha qaror topgan qoliplarga rioya
etmay, bolalarning tafakkuriga, hissiyotiga ta’sir
qiladigan, ularni loqaydlikdan chiqaradigan
malumotlarini berish kerakligini eslatadi.
V. G. Maransmanning adib biografiyasi bilan uning ijodiga beriladigan sharh oldinma-keyin
emas, balki qo‘shib bayon etilishi kerak degan fikri e’tiborga molikdir. Chunki olimning uqtirishicha,
yozuvchi biografiyasini o‘rganishdagi estetik vazifa san’atkor tomonidan san’at asarida hayot
qanday mujassamlashtirilganini ko‘rishdan iboratdir. Maktabda yozuvchining
hayoti haqidagi
gapni ijodini o‘rganishdan ajratib qo‘yganda asaridan keltirilgan parcha tushunarsiz bo‘lib qoladi.
V. G. Maransmanning fikricha, san’atkorning hayoti bilan ijodini ayrim-ayrim bo‘lib o‘rganish,
o‘quvchilar ongida san’atning hayotdan uzib qo‘yilishiga olib keladi. Basharti, biografiyasi avval,
ijodi keyin joylashtirilsa, birinchisi mazmunsiz bo‘lib qoladi, chunki undan san’atkorning hayot
ma’nisi, baxti va tashvishlarini tashkil etuvchi zamin chiqarib tashlangan bo‘ladi. Yozuvchining
hayoti haqidagi gaplar faktlar to‘plami va sanalar ro‘yxati bilan almashtirib qo‘yiladi yoki hayotni
maishiy turmushga olib borib taqab qo‘yadigan biografizm tiklanadi. «Maktabda yozuvchi
biografiyasini о ‘rganish faqat та’rifiy- axloqiygina emas, balki
estetik maqsadlar uchun ham
zarur. Rassom (san’atkor) kо’rganlarini о’z idrok qirrasi orqali о’tkazadi. Muallif shaxsining