Август 2020 8-қисм



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/87
Sana21.03.2022
Hajmi1,81 Mb.
#504946
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Kalit so‘zlar: 
Devoni Foniy, devon, bayt, qasida, rayhon, sunbul, nargis, yasmin, jilva, 
ma,shuqa jamoli, Haq tajalliysi, tashxis, 
Hazrat Alisher Navoiyning o‘lmas merosini ba’zida tubsiz ummonga, ba’zida bahosini hech 
bir mezon bilan o‘lchab bo‘lmaydigan dur-u javohirlar xazinasiga qiyoslaymiz. Asrlar davomida 
jahonning ko‘zga ko‘ringan tilshunoslari-yu, adabiyotshunoslari uning bebaho ijodiyotining 
badiiyligi va til xususiyatlarini yoritib berishga harakat qilmoqdalar. Buyuk mutafakkir Alisher 
Navoiy fors tilida ham ijod qilgan mumtoz san’atkor edi. uning forsiy qasidalari, g‘azal, ruboiy, 
marsiyalari badiiy so‘z ustalari, shoir-u fozillar va xalq orasida ham shuhrat qozongan. Shoir 
bu she’rlarini yig‘ib, “Devoni Foniy” nomi bilan alohida kitob tuzgan. Mazkur devon tarkibiga 
kirgan “Sittai zaruriya” qasidasida rayhon, sunbul, nargis, lola, yosmin kabi gul timsollari orqali 
oshiq ahlining ko‘nglida porlagan ilohiy nur va uning turli shakl larda jilva qilishiga ishora 
qilinadi. Jumladan, gul ma’shuqa jamoli, Haq tajalliysi timsoli sifatida ishlatiladi.
Bunafsha bar girehi turra bast marg‘ula,
Suman ba jilva darovard orazi zebo.
Mazmuni: binafsha yoqasi (giriboni) atrofi da qo‘ng‘iroqchalar bog‘ladi (gulladi). Suman 
go‘zal orazini jilvaga soldi.
Jilva – tasavvufiy istiloh bo‘lib, noz, istig‘no yoxud suluk ahlining ko‘nglida porlagan ilohiy 
nur. Suman – saman. Yosmin so‘zining qisqargani. Rayhon, sunbul, nargis kabi gullar ham 
tashxis san’ati vositasida mahorat bilan tasvirlangan:
Zi nisfi po‘sti noranj bahri nargisi sho‘x,
Piyola kardiyu o‘ mast gasht be sahbo.
Mazmuni: sho‘x nargis uchun yarimta noranj (apelsin) ning po‘stidan piyola qildingki, u 
qadahsiz ham mast bo‘ldi.
Nargis – bo‘tako‘z, ko‘zning ramzi, ya’ni ko‘z mushabbih, nargis – mushabbihun bih. «Nargisi 
sho‘x» iborasi sho‘x nargis ko‘zli go‘zallarga nisbat beriladi.
Fikrimizni ulug‘ shoirning turkiy tildagi bir bayti orqali asoslaymiz:
Ikki o‘tlug‘ nargisingkim qildilar bag‘rim kabob,
Biridir ayni xumor ichinda biri masti xob.
Hazrat Navoiy qalamiga mansub bu baytda Olloh, olam va odam go‘zalligi ifodalangan, 
ya’ni ma’shuqaning nargis ko‘zlaridan oshiqning bag‘ri-dili kabob bo‘lgan, chunki ma’shuqaning 
ko‘zlarida Yaratganning tajalliysi bor. Ko‘z – basirat darajasi, qalb ko‘zining o‘tkirligi, qolaversa, 
oshiqni imtihon etuvchi, sinovdan o‘tkazuvchi kuchdir. Ilohiy jamol turli ko‘rinishlarda jilolanib, 
qalbga yo‘l izlaydi. G‘aybning manbayi, sir-u sinoat chashmasi ko‘z – jilo, mavj, tovlanish, 
sehr-u jodu, maftunkorlik timsoli. Shuning uchun har ikki baytda ham (ya’ni qasidada va g‘azal
-
dan olingan baytda) «xumor», «mast» kabi so‘zlar ishlatilgan.
Mazkur ramz tuzilish asosi jihatidan to‘la-to‘kis mushabbihning tarkibiy qismlariga to‘g‘ri 
keladi va bu o‘xshashlik asosida kuchli mantiq bor. Qasidada rayhon boshqa gul timsollaridan 
alohida ajratiladi:
Chu chand ro‘z bar in raft, dodi oroish,
Zi shohidoni rayohin ba gulshani dunyo...
Mazmuni: bir necha kun shu tariqa (Sen) oroyish berding, rayhonlar shohidligida dunyo 
gulshaniga.
Mazkur baytda rayhon insonga xos «shohidlik» xususiyatini kasb etgan. Chunki tasavvufiy 
q rashlarga ko‘ra rayhon tasfi ya va riyozat natijasida qalbda porlagan nur timsolidir. «Shohid» 
so‘zini ham shoir bejiz ishlatmagan, ya’ni shohid – qalb bilan tenglashgan mavjudot. Baytdagi 


56

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish