Август 2020 8-қисм
Тошкент
ikki go‘zallik namunasi bo‘lgan maqbara tiklatgan.
Bu gaplarga, mana, qariyb ming yil bo‘ldi. Bibi Oysha qissasi hamon oshiqlarning yuragini
o‘rtaydi. Darvoqe, uning o‘zidek go‘zal va nafis maqbarasi hamon Qozog‘istonning hozirgi
Jambul shahrida sevgi va sadoqat timsoli sifatida qad ko‘tarib turibdi. Boyjon xotun maqbarasi
ham uning yonida savlat to‘kib turibdi. Xon Qoraxon esa bir umr qovushilmagan nikoh bilan
o‘tgan pokiza inson sifatida Avliyo ota nomi bilan o‘z maqbarasida Bibi Oyshadan bir sari qadam
narida yotibdi...
“Otaning qarg‘ishi – yomon”, – deyishadi eskilar. Zangi ota qarg‘anmagan, qiziga bu taqdirni
ravo ko‘rmagan, faqat andak og‘ringan edi, xolos...”
Ma’lumki, Zangi ota hazratlari buyuk tariqat peshvolaridan sanaladi. Shu sababli ham xalq
og‘zaki ijodiga mansub bu rivoyatni diniy-tasavvufiy nuqtayi nazardan baho berib o‘rganilishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu jihatdan qaralganda, rivoyatda ancha-muncha xato va
kamchiliklarga duch kelamiz. Shuning uchun ham voqeaning ayni shu taxlitda yuz berganiga
mutlaqo ishonib bo‘lmaydi. Ehtimol, voqea birmuncha boshqacharoq tarzda ro‘y bergan bo‘lishi
ham mumkin, desak to‘g‘riroq bolar.
Chunki, birinchidan, Zangi ota hazratlaridek buyuk piri tariqatning xonadonlarida bunaqa
voqeaning ro‘y berishining o‘zi bir g‘alat. Talaba yigit qizni bir ko‘rishda sevib qolibdi ham deylik.
Ammo ularning pinhona uchrashib turganlariga mutlaqo ishonib bo‘lmaydi. Bu, avvalo, qizning
olgan tarbiyasiga ham zid, undan keyin esa, bu holat shayxul akbarga ham, Anbar onaga ham
ma’lum bolmasligi va ularning bu munosabatlarga befarq bo‘lishlari hech ham aqlga sig‘maydi.
Ikkinchidan esa, qiz bolani ota uyidan benikoh chiqarish tarki sunnat hisoblanadiki, bunaqa
ishga ham yo‘l qo‘yilmagan, albatta. Zangi otaning ham, Anbar onaning ham, qizlarining ham
bunga rozi bolmasliklari mutlaqo tabiiy bir holdir.
uchinchidan, bunaqa uzoq safarga mahramsiz chiqilmasligi barchaga ayon.
To‘rtinchidan, bunday qarg‘ish ham piri komil otaga hech bir jihatdan xos emasligi aniq va
ravshandir. Qolaversa, bu kabi qarg‘ishdan so‘ng qaysi ona o‘z qiziga ruxsat beradi-yu, qay bir qiz
bu holatda keyingi qadamni qo‘yishga o‘zida jur’at topa oladi?
Beshinchidan, kallalarni nayzaga ilib yurish ham girt vahshiyona ish hisoblanadiki, biron-bir
oqil musulmon bunga osonlikcha jur’at qilmaydi. (Ayniqsa qiz bola.) (Zero uning hidiga toqat
qilishning ham o‘zi bo‘lmaydi.)
Oltinchidan, avliyo martabasiga hargiz pirsiz, tariqatsiz yetishib bo‘lmaydi. Valiylik tan olinishi
uchun xatti irshod ham darkor.
Shu kabi xulosalarga ko‘ra, Zangi ota hayoti yoritilgan ko‘zimiz tushgan boshqa manbalarda
uchramagan bo‘lsa ham, Avliyoyi Qoraxon Zangi otaning sevgan muridlari va kuyovlari bo‘lgan
bo‘lishlari mumkin, deya faqatgina taxmin qila olishimiz mumkin, xolos...
O‘zbek xalq og‘zaki ijodida boshqa o‘rinda ham Avliyoyi Qoraxon obrazi uchraydi. Bu ham
bo‘lsa, barchaga ma’lum-u mashhur “Kuntug‘mish” dostonida.
Iqtibos: “No‘g‘ay podsholaridan Avliyoyi Qoraxon degan bor ekan, laqablari Qilichxon ekan,
shu vaqtning odamlari Avliyo ota deydi. Shul azizning bir yolg‘iz o‘g‘li bor edi, undan boshqa
bolasi yoq edi”.
Endi bunga qarab dostondagi Avliyoyi Qoraxon yuqoridagi rivoyatda keltirilgan Qoraxon
ekanligi ehtimoli vujudga keladi. Agar bu ehtimol rost bo‘lib chiqadigan bo‘lsa, “Kuntug‘mish”
dostonida bayon etilgan voqea-hodisalarning sodir bo‘lgan vaqtini taxmin qilishga yo‘l ochiladi.
Manbalardan ma’lumki, yassaviya tariqati shayxi Zangi ota Himmatiy (Oyxo‘ja ibn Toshxo‘ja)
hazratlari 1258- (656-) yilda vafot etganlar. Demak, bu taxminga ko‘ra, dostondagi voqealarning
sodir bo‘lgan vaqti taqriban13- asrning ikkinchi yarmi va 14- asr boshlariga tog‘ri keladi. Dostonning
yaratilish tarixi ham, ehtimol, o‘sha davr bilan bog‘liq bo‘lsa ne ajab. Do‘rman (do‘rmon) elining
no‘g‘ay urug‘iga mansub xalqning O‘trorda, Talas daryosi bo‘ylarida (hozirgi Qozog‘iston,
Jambulda) isiqomat qilgani taxminlar ustiga yana bir taxmin bo‘lib qo‘shiladi. (Darvoqe, o‘zim
ham onam tomonidan do‘rman urug‘ining no‘g‘ay shoxiga, uning ham qoq atalmish shoxchasiga
mansubman.)
Abulg‘ozi Bahodirxon o‘zining “Shajarai turk” asarida do‘rmanlarning kelib chiqishi haqida
alohida to‘xtalib o‘tgan. uning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, burungi zamonda bir podshohning
besh o‘g‘li bo‘lgan ekan. u negadir kenja o‘g‘lini valiahdlikka tanlabdi. Qolgan to‘rt farzand
araz urib o‘zga yurtga ketib qolishibdi. Borgan joylarida ularni “do‘rman” atabdilar. ular
keyinchalik qaytib kelishibdi, ammo do‘rman oti boqiy qolgan ekan. Bu, ehtimol, “tort(ta)man”
34
Do'stlaringiz bilan baham: |