“Kim zehnli” o’yini
O’yin musobaqa tarzida qatorlararo o’tkaziladi.O’qituvchi sonlarni aytadi. Aytilgan sondan
oldin yoki
keyin kelgan sonlarni esa o’quvchilar aytadilar.
“Bilmasvoyning xatolari” ishoralar haqida.
O’quvchilar o’n ichida “+”, “-” ishoralari haqidagi bilimlarini mustahkamlab, bilim va
malakalarini, mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stiradi. Doskaga ifodalar yoziladi. Har bir qatordan
bittadan o’quvchi doskaga chiqadi va xatolarni tuzatadi.
“ Bu qaysi shakl?”
O’yinning maqsadi: Geometrik shakllar bilan tanishtirish. Ularga ta’rif berish malakasini
oshirish. Og’zaki nutgini rivojlantirish. Doskaga bir o’quvchi chiqadi. Konvertdagi geometrik
shaklni qaysi ekanini ko’rib olib, o’quvchilarga murojaat qiladi. “Qo’limdagi geometrik shaklning
nomini toping. Bu shaklning uch tomoni, uchta burchagi bor. Uning tomonlari har xil uzunlikda
bo’lishi ham mumkin. O’quvchilar esa bu shakl qaysiligi aytishi va unga tariff berib ketishlari
shart bo’ladi. Bu vazifani to’g’ri bajargan jamoa vakili navbati bilan o’yinni boshlab beradi.
“Aql charxi”
114
Август 2020 10-қисм
Тошкент
Bu o’yindan 1-4-sinflarning matematika darslarida foydalanilsa ayni muddao bo’ladi.
O’tilgan mavzuni so’rash davomida, yangi mavzuni tushuntirganda, mustahkamlash bosqichida,
“bilimdonlar bellashuvi”da, “10 ichida qo’shish va ayirish”, “Ikki xonali sonlarni qo’shish va
ayirish” mavzularini o’tganda “Aql charxi”dan foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, matematika darlarida bunday didaktik o’yin o’quvchilarni teran
mulohaza yuritishga chorlaydi. Fikrlash qobiliyatini, hisoblash malakalarini o’stirishda uning
ahamiyati kattadir.
Didaktik o’yinlarning asosiy turlari: intellektual va harakatli hamda aralash o’yinlardan iborat.
Bu o’yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik,
mehnat va boshqa ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Ta’lim- tarbiya jarayonida asosan o’quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli
yo’nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan
didaktik o’yinlar dan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va
boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi. Didaktik o’yinlardan foydalanishda o’quvchilarning
yoshiga mos o’yin toppish juda muhim hisoblanadi. Chunki o’yin orqali berilayotgan topshiriq,
o’quvchi yoshiga mos kelishi kerak.
Didaktik o’yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo’lgan
ta’lim - tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Turli o’quv fanlariga oid didaktik
o’yinlar mavjud bo’lib, ular shu fanlarni sifatli o’rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Boshlang’ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirish: muammolar va yechimlar Respublika
ilmiy -amaliy konfrensiya materiallari Toshkent - 2014
2. www. ziyonet.uz
115
Do'stlaringiz bilan baham: |