Kalit so`zlar:
tabiat, inson, gigiyenik tarbiya, salomatlik.
Boshlang`ich maktablarda gigiеnaga oid ta’lim va tarbiya bеrishda o`quvchilarni soqliqni
saqlash to`g`risidagi dastlabki bilim, zarur gigiеnik malaka va ko`nikmalar bilan qurollantirish
asosiy maqsad qilib qo`yiladi. Tabiat darslari jarayonida o`quvchining kun tartibiga to`g`ri
rioya etish bosqichlari haqida ma’lumotlar berish: uyqudan turish, jismoniy tarbiya, yuvinish,
nonushta, maktabga borish, tushlik qilish, dam olish, dars tayyorlash, uy yumushlariga yordam
berish, kechki ovqat, dam olish, uyquga yotish. Bularga ajratilgan vaqtni bolaning o`zi belgila
-
shiga va undan so`ng belgilangan vaqt me’yorlarini ko`rsatib o`tishi darkordir.
Shaxsiy gigiyena qoidalari: badanni va kiyimlarni ozoda tutish, ovqatlanish qoidasiga rioya
qilish, tishni parvarishlash, shamollashdan va yuqumli kasalliklardan ehtiyot bo`lish mavzusini
o`tishda interfaol metodlardan unumli foydalangan holda ko`rgazmalilik va amaliy faoliyat bilan
bog`lagan holda tashkil etish maqsadga muofiqdir.
O`quv dasturiga kiritilgan mavzular asosida gigiyenik tarbiya berish imkoniyatlarini tahlil
etamiz: “Tana gigiyenasi. Tanani ozoda tutish. Kasallik tarqatuvchi bakteriyalar va ulardan
saqlanish” mavzulari asosida shaxsiy tajriba bilan o`rtoqlashish va o`zaro bahs –munozara
asosida aniq xulosalar hosil qilishga yo`naltirilsa dars maqsadlari asosida gigiyenik tarbiyani
shakllantirish imkoni yuzaga keladi. “Tishni parvarish qilish. Tishning kasallanishi va undan
saqlanish. Tish pastasi va cho`tkasidan foydalanish” mavzularini o`tishda amaliy mashg`ulotlar,
ko`rgazmalilik, sayohat metodlaridan unumli foydalangan holda tashkil etilsa, bolaga gigiyenik
tarbiya elementlarini singdirish imkoniyatlari kengayib boradi.
“Ovqatlanish gigiyenasi. Ovqatlanish oldidan qo`lni yuvish, ovqatlanayotganda to`g`ri o`tirish
va o`zini tutish. Xomligicha va pishirib yeyiladigan mahsulotlar” mavzulari asosida tajribalar
o`tkazish, amaliy-hayotiy vaziyatlarni yuzaga keltirish asosida rolli o`yin asosida tashkil etilishi
asosida gigiyenik tarbiya berish imkoniyati kengayib boradi.
Tabiatshunoslik darslarida “Inson tanasining tuzilishi. Teri, skelet va muskullar, ularning
vazifalari” mavzularini o`tishda gigiyenik tarbiya berish imkoniyatlari keng bo`lib, uni
yetkazishda interfaol metodlarni qo`llash maqsadga muofiqdir.
“Aqliy hujum” metodi asosida odam tanasining tashqi va ichki a’zolarini ayting, topshirig`i
beriladi. O`quvchilar aylana shaklida turadilar. Boshlovchi yumshoq o`yinchoq orqali savol berib,
javoblari o`qituvchi xattaxtaga yozib boradi. Yozilganlar asosida: Quloq, burun, oshqozon ......
kabi
“Yurak va qon tomirlari. Yurakning tanada joylashishi, ko`rinishi va bajaradigan vazifasi. Qon
tomirlari, unda qonning aylanishi” mavzulari asosida gigiyenik ta’lim va tarbiya yo`nalishlarini
qamrab olgan holda inson salomatligi asoslari haqidagi tushunchlar singdiriladi.
“O`pka va nafas olishi. O`pkaning tanada joylashishi, ko`rinishi va bajaradigan vazifasi. Nafas
olish. Havoning inson organizmi uchun ahamiyati” amaliy ish va tajriba asosida tushunchalr hosil
qilish va uning gigiyenik talablarni amalga oshirishdagi ahamiyati ochiladi.
“Ovqat hazm qilish organlari. Qizilo`ngach, oshqozon, ichaklar. Odamda ovqatning hazm
bo`lishi” mavzulari asosida ko`rgazmalilik va krossvordlar asosida gigiyenik ta’lim-tarbiya berish
yo`nalishlari amalga oshiriladi.
112
Do'stlaringiz bilan baham: |