Август 2020 10-қисм Тошкент BOSHLANG’ICH SINFLARNI O’QITISHDA TA’LIM MAZMUNINI SHAKLLANTIRISH TAMOYILLARI Rahmonova Busoraxon Nosirjonovna Farg’ona viloyati Buvayda tumani 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-toifali Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Telefon: +998944903630 Annotatsiya: ushbu maqola barcha pedagogika va pisixologiya sohasidan foydalanuvchilar
uchun mo’ljallangan bo’lib, asosan ta’lim sohasida ish olib boruvchi o’qituvchilarga mos keladi.
Maqolada ta’limning turli xil tamoyillarini ta’limda tutgan o’rni va ular orqali erishiladigan
yutuqlar va yuqori natijalarga erishish uchun qo’l keladigan tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so’zlar: pedagogika, tamoyil, ko’rgazmalilik, uzviylik, uziliksizlik, ta’lim, tarbiya,
amaliyot, umumiylikka, induktsiya, xususiylikka, deduktsiya.
Ta’lim mazmuni - insonni o’qitish jarayonida egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va
malakalar hajmi hamda harakteri bilan belgilanadi. SHu sababli ham ta’lim mazmuni rejalashtirilgan
maqsadga muvofiq holdagi yo’nalish va hajm bo’yicha shakllantiriladi. U tegishli me’yoriy
hujjatlar: ta’lim standartlari, o’quv reja, o’quv dasturlari shaklida rasmiylashtirilib, o’rnatilgan
tartibda tasdiqlanadi.
Ta’lim mazmuni tamoyillari: ta’lim berishning ma’lum ob’ektiv qonuniyatlarini o’zida aks
ettiradi. SHuningdek, u ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini
aks ettiradi hamda turli shaklda, turli mazmunda va har xil yo’sinda tashkil etiladigan ta’limning
samaradorligini belgilaydi. Quyida ta’lim mazmuni tamoyillari:
1. Ta’lim mazmunining uzviyligi tamoyili – bu ta’lim jarayonida ta’lim oluvchiga
yetkaziladigan ma’lumotlarning qat’iy mantiqiy izchillikka rioya qilinishidir. Bunda o’rgatilgan
bilimlar va shakllangan tasavvurlar oldingi o’rganilganlaridan kelib chiqadi, ularni mustahkamlaydi,
chuqurlashtiradi va ta’limning keyingi bosqichi uchun propedevtik material sifatida shakllantiriladi.
Mazkur tamoyil o’qish jarayonida didaktikaning umumiylikdan xususiylikka (deduktsiya) va
aksincha xususiylikdan umumiylikka (induktsiya) qoidasini va o’quv fanlarining bir – biri bilan
uzviy bog’liq bo’lishini ta’minlaydi.