Август 2020 10-қисм
Тошкент
deyishlari ehtimol shundandir”
1
Albatta, bu asardan ta’sirlanmay bo’lmaydi. Bu asarni hissiyotsiz o’qish mumkin emas.
“Dunyoning ishlari” asrini ONAga qo’yilgan abadiy yuksak ehtiromramzideyishmumkin.
Bu asarniyozuvchishunday shu qadar mahorat bilan yozganki , asardagi barcha voqealarga
o’zingiz ishtirok etasiz. Asardagi , tam, hid, boringki barcha tuyg’ularni his eta olasiz.
Onalarning mehri atalmish eng buyuk tuyg’u mahorat bilan tasvirlangan.
O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari ming-minglab
kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylanishga ulgurgan. Biz qachon kitobni sevib o’qiymiz?Unda
tanish qismatlar aks etgan bo’lsa, qahramonlar bilan darddosh, baxtdosh bo’la olsakkina.Shu
nuqtainazarda O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi o’quvchilar qalbidan chuqur
o’rin egallagan asar sifatida qadrli. O’tkir Hoshimovning“Dunyoning ishlari” asari hayotimiz
uchun eng kerakli, ibrat namunasiga aylangan asar hisoblanadi.
“Dunyoning ishlari” asarini mehr ummonlari talqini deb atasa ham bo’ladi.
“Ba’zan ish bilan ba’zan majlislar bilan gohida ulfatchilik bilan uyga kech qaytardim. Bir
kuni Namangandan mehmonlar kelib qolishdi. Uyga borishga ko’nmay, o’zimni restoranga
sudrashdi.Yarim kechagacha qolib ketdim.Uyga qaytganimda darvozani onam ochdi.Sovuqda
mushtdekkina bo’lib dildirab turibdi.
-Shu vaqtgacha uxlamadingizmi? Eshik ochishga sizdan boshqa odam yo’qmi?
Onam mayus jilmaydi.
-Uyqu qatta bolam?O’- o’tiribman.
Ertasiga redaksiyaga navbatchilik cho’zilib ketdi. Qarasam yana onamning chirog’i yoniq.
-Nega uxamadingiz?
-Bilasanku jon bolam, kam uyqu bo’lib qolganman.
Men nodon, onamning kam uyqu bo’lib qolganiga yarim kechagacha yuramanmi, tongotar
qaytamanmi onamning chirog’i muttasil lipillab turishiga ko’nikkan ekanman.
Qaysi kuni ishdan keyin mehmonlarni aeroportga kuzatib qo’yadigan bo’ldim. Samolyot
kechikib uchdi. Yarim kechada uyga qaytsam hammayoq jim-jit. Hamma yoq o’z oromi
bilan”.
2
qaniydi , ona , tabiat qo’lidan kelsa
Abadiy etolsa sening umringni
Rozi edim onajon iloji bo’lsa
Senga qo’shib bersa mening umrimni
Asar ona haqida, o’zbek ayoli, o’zbek onasi haqida. Yozuvchi ijodiga xos liro-romantik
tarona uning “Dunyoning ishlari” qissasida eng baland pardalarda jarangladi. Bu asar
ona haqidagi, ona qalbining cheksiz sahovati to’g’risidagi o’ziga xos qasidadir. Asardagi
ONA- farzandi, uning oromi , baxti uchun jonini, jahonini berishga tayyor. U ming minglab
o’zbek onalarining timsoliga aylandi.Har bir kitobxon unda o’z onasing qandaydir fazilatini
topgandek bo’ladi.Qissadagi “Alla”, “Oq marmar, qora marmar” kabi novellalarda onaning
farzandi qalbida qoldirgan armonlari haqida o’tkir yozilgan. Kishi bularni o’qir ekan,
tasvirdan ko’ngli allanechuk bo’lib ketadi.
1
O’tkir Hoshimov. “Dunyoning ishlari”/ “Oq, oydin kechalar”, T.: 2010, Davlat ilmiy
nashriyoti, 7-bet
2
O’tkir Hoshimov. “Dunyoning ishlari”/ “Tush”, T.: 2010, Davlat ilmiy nashriyoti, 9 -bet
237
Do'stlaringiz bilan baham: |