Kalit soʻzlar:
“Ikki tomonlama kundalik” texnologiyasi, metodika, pedagog, yozuv darsi,
yozma nutq.
Boshlangʻich ta’lim oʻquvchilarning aqliy rivojlanishlari, ma’naviy fazilatlarini rivojlantirib
borishga asos yaratadi. Bu davrda bolaga beriladigan bilimlar vositasida shaxsning ongi, tafakkuri,
dunyoqarashi va ma’naviy dunyosini oʻstirib rivojlantirib borish-ta’limda bolaning rivojlanish
jarayonini tashkil etishning asosiy koʻrinishlaridan biridir.
Boshlangʻich ta’limda amaliy faoliyat va turli qiziqarli vositalar asosida kerakli bilimlar
singdirilib boriladi. Bu faoliyat jarayonida oʻquvchi biron bir natijaga erishishi, obrazlar orqali
tasavvur qilishi, oʻz qoʻli bilan biron narsalarni yaratishi, ijod qilishi orqali rivojlantirilib borilgan
bola oʻz menini anglay boshlaydi. Oʻquvchilarga til ta’limini singdirishda ularning yosh va
bilim darajalarini ham hisobga olish zarur. Chunki 2-sinf oʻquvchisiga 4-sinf hajmdagi bilimni
berilsa oʻquvchi buni hazm qila olmaydi, oʻzlashtira olmaydi ham. Aksincha 4-sinf oʻquvchisiga
1-2-sinfdagi bilimlar berish bilan cheklanib qolinsa bu ham oʻquvchi uchun zerikarli boʻladi.
Natijada oʻquvchilarda tilni oʻrganishga boʻlgan havas, qiziqish rivojlanish oʻrniga susayadi.
Yoshlarni har tomonlama bilimli, yetuk, komil inson boʻlib yetishishlari uchun avvalo ularni
savodli oʻqish va yozishga oʻrgatish zarur. Bu vazifa avvalo ona-tili darslarida amalga oshiriladi.
Yangi tahrirdagi DTS lari asosida oʻquvchilarga puxta bilim berish uchun 1-2-sinflarda haftasiga
4 soatdan, 3-4-sinflarda esa haftasiga 5 soatdan vaqt ajratilgan. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida
ona-tilidan bilim va malakalarni hosil qilish ishlari asosan yozuv darslarida amalga oshiriladi.
Yozuv darslarining mazmuni boshlangʻich sinf ona-tili dasturini va maktab oldiga qoʻyilgan
talablar asosida belgilanadi.
Yozuv darslarini tashkil etishda pedagogika va metodika tavsiyalari hisobga olinadi. Yozuv
darsi va unga qoʻyilgan talablarni belgilashda metodika fani sohasidagi yangiliklar, boshlangʻich
sinflarda ishlayotgan eng tajribali oʻqituvchilarning tajriblari asos qilib olinadi. Shunga alohida
e’tibor berish kerakki har bir darsda oʻquvchilarga bilim berish jarayonida tarbiyaviy tomonlarga
ham alohida ahamiyat berib borish, oʻzaro hurmat, masuliyatni his etish, tengdoshlari va oila
azolariga hurmat, gʻamxoʻrlik, tabiatga mehr-muhabbat singari xislatlarni singdirib borish kerak.
Boshlangʻich sinf ona-tili darsliklaridagi manbalar oz boʻlsada izlanish metodi bilan ishlashni
taqozo etadi Oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligida mashq shartini oʻqib unda talab etgan topshiriqlarni
aniqlaydilar, savollarga javob qidiradilar, undagi fikrlarni umumlashtiradilar, mashqlar bajaradilar.
Umumlashtirish va xulosalar asosida qoidalar ishlab chiqadilar. Umuman ona tili darslarini toʻgʻri
va qiziqarli tashkil etilishi oʻquvchilarni darsga boʻlgan qiziqishlarini ortiradi. Quyida biz ona tili
drslarida bolalarni fikrlash va yozma nutqini oʻstirish uchun metodlardan birini koʻrib oʻtamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |