Август 2020 10-қисм
Тошкент
MEHNAT DARSLARIDA NOAN’ANAVIY METODLARDAN FOYDALANISH
Serkayeva Oyzoda
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani 14-maktab
Mehnat taʼlimi texnologiya fani o‘qituvchisi
+998-97-381-91-76
Annotatsiya:
Hozirda maktablarimizda pedagogikada bayon qilingan xilma- xil dars turlari
bilan birga noan’anaviy dars tiplaridan ham foydalanilmoqda. Yaqin yillarda maktablarda
o’quvichilarning mehnat darslariga bo’lgan qiziqishlari susayganligi ко‘zga yaqqol tashlanib
qoldi. Bu muammolarni yechish uchun ta’lim jarayoniga noan’anaviy dars shakllarni kiritish
va bundan ko’zlangan asosiy maqsad esa, o’quvchilarni darsga bo`lgan qiziqishlarini uyg’otish
hisoblanadi.
Kalit so’zlar:
noan’anaviy dars, pedagogik texnologiya, masofaviy darslar, didaktik o’yinli
darslar, yangi pedagogik texnologiyalar
Noan’anaviy dars bu — qolipga solinmagan dars shakli bo`lib, oqituvchining ijodkorligi,
tashabbuskorligi va o‘quvchilarning faolligi natijasida amalga oshiriladigan mashg`ulotdir.
Noan’anaviy shakllarni amaliyot jarayonida qo’llash natijasida xilma-xil qarashlar yuzaga keldi.
Bir guruh pedagoglar bu ta’lim shaklini ijobiy baholab, ta’lim samaradorligini oshirishda asosiy
omil bo’lib xizmat qiladi, deb hisobladilar, ikkinchi guruh pedagoglar esa bu ta’lim shaklini qoralab,
bu darslarni didaktik tamoyillarning buzilishiga asoslanib tuzilganligi, shuningdek, bu dars turi
o’quvchilarni dangasa, loqayd, darsga mas’uliyat bilan qaramaydigan qilib qo‘yadi va darslarni
o’yinga aylantirilganligi deb hisoblaydilar. Lekin noan’anaviy darslarni amaliyotda qo’llash
natijasida u ijobiy samara berdi. O`quvchilarning faolligini, darsga qiziqishini oshirdi, mavzularni
o’zlashtirishga zamin yaraldi. Bunday darslarning bir necha shakllari mavjud: Ishbilarmon o‘yini,
ilmiy anjuman darslari, musobaqa darslari, qVZ ko’rinishidagi darslar, teatrlashtirilgan darslar,
konsultatsiva darslari, kompyuter darslari, ijodkorlik darslari, auksion darslari, o‘quvchilar
tomonidan olib boriladigan darslar, ijodiy hisobotlar darslari, formula darslari, tanlov darslar,
xayol (fantazija) darslari, o
`
yin darslari, sud darslari, haqiqat izlab darslari, kоnsert darslari,
dialog darslari, konferensiya darslari, rolli o‘yinlar darslar, seminar darslari, masofaviy darslar,
ekskursiya darslari. Bu darsni o‘z qobiliyatiga ko‘ra yosh muallim ham, uzoq yillik ish tajribasiga
ega bo`lgan pedagog ham o‘tkazishi mumkin. Noan’anaviy dars uzoq izlanishlar, intilishlar
natijasi bo‘lib, u juda yaxshi meva beradi. Noan’anaviy dars bu yangilik, xayolga bog‘liqlik,
yangi bir uslub, yangi bir izlanish, о‘qituvchining yutug‘i demakdir. Bunday dars shakli juda
qiziqarli bo‘lib, bir umr o‘quvchilar yodida qoladi, bilimi muslahkamlanadi. Hozirda fan texnika,
maorif, ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali o‘zgarishlarni o‘rganib, pedagog erkin ishlab, ijod qilib,
mehnatlari samarasi sifatida o‘ziga xos yangi dars shakli taklif qilish, unda yaxshi natijalarga
erishib, ta’lim-tarbiya sifatiga munosib hissa qo’shishi mumkin. Hozirsi zamon ta’lim jarayoniga
didaktik o’yinli darslar dadil qadamlar bilan kirib kelmoqda. Izlanuvchan va tajribali o’qituvchilar
o`quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirishda ta’lim olish jarayonini didaktik o’yinlar bilan
uyg‘unlashtirib, yaxshi natijalarga erishmoqdalar. O’qituvchi didaktik o‘yinli darslarni o’tkazish
uchun juda ko‘p adabiyotlar bilan tanishishi, o’quvchilar iqtidorini hisobga olishi darkor. Didaktik
o’yinli darslarni bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg’unligiga ko’ra syujetli, гоlli o’yinlar,
ijodiy oyinlar, ishbilarmon o’yini, konferensiyalarga bo‘lisli mumkin. O‘qituvchi didaktik o‘yinli
darslarni tayyorlashi, ularni muvaffaqiyatli o‘tkazish mumkin. Misol uchun, aralash dars tipi
quyidagi tuzilishga ega bo’ladi. Takroriy umumlashtiruvchi dars odatda o‘quv dasturining ma’lum
bir qismi, bob, bo‘lim yoki yirik mavzu o‘tib bo`lgandan keyin o‘tkaziladi. Umumiy о‘rtа ta’lim
maktablarining yuqori sinflarida ba’zi o‘quv materiallarining ma’lum qismi yoki yirik mavzuni
boshlashdan avval kirish darslari bam olib boriladi. Bunday darslar odatda gumanitar predmetlar
bo’yicha o‘tkaziladi. Kirish darslarini o’tkazishda o’quvchilarning mustaqil ish olib borishlari
nazarda tutiladi. Bugungi kunda ta’limni tashkil etish tizimida yakka tartibda ta’lim oluvchining
qiziqishi, ehtiyoji, xohishiga ko‘ra muayyan fan, predmet yuzasidan chuqur bilim olish, ma’lum
fan yoki predmet bo’yicha yuzaga kelgan o`zlashtirmovchilik holatini bartaraf etish, shuningdek,
uzoq vaqt sog’liqni saqlash muassasalarida davolangan yoki tibbiyot xodimlari nazoratida bo`lgan
o’quvchilarning o‘quv dasturi talablarini bajarishlariga ko`maklashishi maqsadida tashkil etiladi.
120
Do'stlaringiz bilan baham: |