Август 2020 10-қисм
Тошкент
UMUMIY O’RTA TA’LIM MUASSASALARIDA KIMYO FANIDA BELGILAB
QO’YILGAN KOMPETENSIYALAR
Rahmonova Latofatxon Begaliyevna, o’qituvchi
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 14-maktab
rahmonova@mail.ru
Annotatsiya:
ushbu maqolada davlat ta’lim standartlari va unda belgilab qo’yilgan fanga
tegishli kompetensiyalar to’g’risida so’z yuritilgan.
Kalit soz’lar:
kimyo, ta’lim, kompetensiya.
kompetensiya- mavjud bilim, ko’nikma va malakalrni kundalik hayotda qo’llay olish
qobiliyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqillik, faol
fuqorolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash,
sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko’nikmalarini shakllantiradi.
kimyo fani bo’yicha quyidagi fanga oid kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim:
1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
B1-daraja: umumiy kimyo, organik kimyo kurslari asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va
organik birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzzulishi, xossalari, olinishi va biologic
ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi; Organik birikmalarning kundalik
turmushda ishlatilish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida biladi va tushuntira oladi.
B1”+”- daraja: kolloidva dispers sistemalar, eritmalarning komsentratsiyalarga bog’liqligi,
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari(molekulalararo, ichki molekulyar, disproporsiya va
sinproporsiya reaksiyalari), ularning tenglamalarini tenglashtirishni yarim reaksiyalar usuki va
kimyoviy kinetika, reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillarni biladi va tushuntira oladi.
Elektroliz qonunlari, pH va pOH ni aniqlash, dissotsiyalanish asoslari, issiqlik effekti bo’yicha
masalalaryecha oladi; Organik va anorganik moddalar, ular orasidagi farqni, ularning xossalari
molekulyar tuzulishiga bog;liqligini tushuntira oladi.
2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi;
B1-daraja: Organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzulish formulasi, gomologlari,
izomerlarning trivial, IYUPAK, ratsional nomlarini yozma va og’zaki ifodalay oladi; Organik
birikmlarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini
yoza oladi; Moddalrni tozalsh usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar
bilan ishlash qoidalari, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni bildiradi va maliyotda
qo’llay oladi.
B1”+’-daraja: Atomlarning tuzulishidagi, reaksiyalarning mexanizmiga ko’ra farqlarini
ifodalay oladi; Organik moddalar sinflari formulalari orqali boshqa birikmalardan ajrata oladi,
ularning kimyoviy xossalarini, laboratoriya sharoitida va sanoatda olish usullarini tushuntira
oladi.
3. Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash kompetensiyasi:
B1-daraja: Organik va umumiy kimyoga oid masalalarni yecha oladi, organic birikmalarning
laboratoriya sharoitida tarkibini o’rganish, ularni olish va xossalarini o’rganishga oid amaliy va
laboratoriya tajribalarini bajara oladi; Kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliiy ekologik
muammolarni tushuntira oladi, kimyo fanining asoslarini kundalik turmush va kasbi sohalarga
tatbiq eta oladi.
B1”+”-daraja: Tajribaalrni bajarishga doir jihozlar jamlamasini mustaqil tayyorlay oladi;
Amaliy, laboratoriya ishlaridagi sintez tajribalarini bajaradi, mustaqil xulosa va izohlar
yoza oladi; Organik birikmalardagi kimyoviy bog’lanishning electron nazariyasi, alaknlarda
almashinish reaksiyasining energetic balansi, nukleofil reaksiyalar mexanizmi, sikloalkanlar,
alkenlar, alkadiyenlar, alkinlar, aromatik uglevodorodlar, uglevodlar, yuqori molekulali birikmalar
mavzulari asosida turli murakkablikdagi masalalarni yecha oladi; Kimyoviy qonuniyatlar asosida
olgan bilimlaridan hayotiy faoliyatda foydalana oladi.
Adabiyot:
1. ”Kimyo fanini o‘qitish metodikasi moduli bo’yicha”-uslubiy qo’llanma. – Toshkent: 2017.
190
Do'stlaringiz bilan baham: |