Август 2020 10-қисм
Тошкент
KITOB O’QING, ORZULARINGIZGA YETASIZ
Toshboltayeva Dilrabo Mahmudovna
Andijon viloyati Marhamat tumani 3-maktab
boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Annotatsiya:
ushbu maqolada kitob mutoalaasining yoshlar tarbiyasiga tutgan o’rni haqida
bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
bilim, kitob, mutolaa, tafakkur, insoniyat, komillik, kamolot.
Kitob – bilim manbayi.Qadimdan xalqimiz kitobni nonday qadrlab kelgan.Kitobga muhabbat
, uni o’qishga ishtiyoq xalqimizga xos qadriyatdir. Bilim va odob-axloq egallshda kitob
bizga yaqindan yordam beradi. Buyuk insonlar kitobni do’st tutib komillikka erishganlar.
Kitob o’qigan inson bilimi yuksak tafakkuri bilan ajralib turadi.So’z boyligi oshadi, nutq
madaniyati yuksaladi.
Kitob – tafakkur qanoti., aql chirog’i va qayrog’i, baxt kaliti, eng sodiq va foydali
hamrohdir.Kitob – insoniyatning eng kata boyliklaridan biri bo’lib, o’zligimizni va dunyoni
anglashimizga yaqindan yordam beradi.
Dono davlat rahbari, Birinchi prezidentimiz Islom karimov O’zbekiston-ni har tomonlama
rivojlantirdi, xalqimizning dunyoqarashini o’zgartirdi, mustaqillikning ilk yillaridan barkamol
avlod ta’lim-tarbiyasinidavlat siyosati darajasiga ko’tardi.Mamlakatimizda bizning bilim
olishimiz, sog;lom bo’lishimiz uchun sharoitlar yaratildi, ta’lim maskanlarida kitob fondi,
zamonaviy kutubxona, axborot resurs markazlari bunyod etildi.
Bu ezgu ishlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangi pog’onaga ko’tarildi.
Ayniqsa, kitob va mutolaaga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Darvoqe, mutolaa xotirani kuchaytirib, fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi, tushkunlikka qarshi
kurashishga yordam beradi.Har safar kitob o’qilganda miya faol ishlaydi.Chunki miya
olinayotgan ma’lumotnisaqlash uchun yangi tolalarni yaratadi.
Kitob o’qiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati yuqori bo’ladi.Kitob o’qish inson qalbini
go’zallashtiradi, hayotdagi maqsadini aniqlashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
Kitobxon insonlar hayotda ham faol bo’lishadi, muvaffaqiyatga tez erishadilar.
Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi, so’z boyligini oshiradi, chet tilini
o’rganishni osonlashtiradi, tinglash va ijodkorlik qobiliya-tini rivojlantiradi.
Bizning dono bobomiz hikmatlarni tuganmas xazinaga o’xshatish-gan.Xazinadagi tilla-
kumush kamayadi, hatto tugashi mumkin.Lekin kito-dagi hikmatlarni o’qigan odam tuganmas
xazinaga ega bo’ladi, aqli boyiydi.
Qadimda ota-bobolarimiz kitobni qo’llariga olganda avval o’pib, ko’zlariga surtganlar.Keyin
esa uni ochib o’qishgan.Bu ularning “Bizga bilim berding, seni ko’z qorachig’idek asraymiz”
degani bo’lgan.
Kitob – sehrli olam.Unga bir sho’ng’isang, qachon chiqib ketishingni bilmaysan.Inso kitob
bilan do’st tutinar ekan, u hech qachon to’g’ri yo’ldan adashmaydi.
Kitob o’qish va ilm o’rganish uchunyoshlik davri enngt qulay hisoblanadi.Yoshlikda o’rganilgan
ilm toshga o’yilgan naqshdir.Ayni kelajakka poydevor qo’yadigan yoshda vaqtimizni foydali
ishlarga sarf-lash, bilim olish, ko’p kitob o’qish eng to’g’ri yo’ldir.
kitob – insonning eng kata boyliklaridan biri bo’lib, o’zligimizni anglashimizga yaqindan
yordam beradi.Dunyoda eng zo’r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluvchi narsa albatta
kitobdir.
O’tmishdan hikoya qiluvchi tarix, bugunni aks ettiruvchi ko’zgu, ertangi kunni aytib
beruvchi mo’jiza albatta kitobdir
“kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir,
hayotni o’rgatuvchi murabbiydir”, degan edi buyuk sarkarda Amir Temur.
Buyuk insonlar kitobni sevib, o’zlariga yaqin do’st bilib,e’zozlab kelgan.Biz ham bilimlar
xazinasi bo’lgan kitobga mehr qo’yaylik, uni asrab-avaylaylik !Do’stlar, bu kitoblardan kelajak
avlod ham foydalansin.Bizning Vatanimizga munosib farzandlar bo’lib kamol topi-shimizda,
albatta, ilmga kon kitobning o’rni beqiyosdir.Kitob – insoni-yatning bebaho ma’naviy va
madaniy merosidir.U saodat sari yetak-lovchi mayoqdir.
129
Do'stlaringiz bilan baham: |