Август 2020 10-қисм
Тошкент
O’quvchilar o’zlarining matematik tafakkurini tashkil qilish va o’zaro bog’lash uchun tasviriy,
grafik, raqamli, jadvalli yoki geometrik ko’rinishdagi savollardan foydalanadilar. Taqdimotlar
bu – pISA testlaridagi kirish qismi bo’lib, unda muammoga yo’naltiruvchi asosiy ma’lumotlar
berilishi mumkin. Taqdimotlar matematik ma’nolar va jarayonlarni samarali algoritmlarga
aylantirishi mumkin. Taqdimotlar shuningdek, matematik modellashtirishning asosiy elementi
bo’lib, o’quvchilarga real hayotdagi muammoning soddalashtirilgan yoki idealizatsiya qilingan
formulasini mavhumlashtirishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Assessing Reading, Mathematics and Scientific Literacy: A framework for PISA 2009.
OECD, 2009.
2. PISA 2012 Assessment and Analytical Framework: Mathematics, Reading, Science, Problem
Solving and Financial Literacy, OECD Publishing.
3. PISA 2021 Mathematics: A Broadened Perspective (2017) by the OECD Subject Advisory
Group (EDU/PISA/GB(2017)17).
117
Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYAR
Raupova Dilafruz Valiyevna,
Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri
18-maktab Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel: +99890 154 34 25
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda pedagogik texnologiyalarning taraqqiyoti
haqida ilmiy qarashlar ilgari suriladi. Ilmiy fikrlar ilmiy faktlarga asoslanib yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
pedagogik texnologiyalar, ped mahorat, o‘qituvchi, o‘quvchi, ta’lim, bilim,
malaka, ko‘nikma, kadr, kasb.
Barchamizga ma’lumki, pedagogik texnologiyalar o‘qituvchi mahoratini oshirishga xizmat
qiladi. O‘qituvchi pedagog sifatida pedagogik texnologiyalardan xabardor bo‘lishi lozim
.
uzluksiz
ta’lim tizimida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi pedagogik va axborot
texnologiyalaridan uzviy foydalanish, pedagogik texnologiyalar tarkibiga kiradigan o’qitish
metodlarining turlari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi samaradorlik kafolati sanaladi.
O’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalar, o’qitish metodlaridan
o’z o’rnida va samaraii foydalanish uchun muayyan metodik bilim, ko’nikma va malakalarga
ega bo’lishi lozim. O’qituvchi darsda o’rganiladigan mavzu mazmuniga muvofiq holda yuqorida
qayd etilgan pedagogik texnologiyalardan lokal yoki xususiy metodik darajada foydalanishni
aniqlashi, dars davomida o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llarini
texnologik xaritalar asosida belgilashi, darsning didaktik maqsadlarini e’tiborga olgan holda
o’quvchilarga qo’yiladigan o’quv maqsadlarini shakllantirishi, olingan natijalarni tahlil qilishi
va ta’lim-tarbiya jarayoniga olingan natijaga muvofiq muayyan o’zgartirishlar kiritishi zarur.
Darslarni tashkil etishda o’qituvchi didaktikada ishlab chiqilgan ta’lim mazmuni, o’qitish
metodlari va vositalarining uzviyligi prinsipiga amal qilishi, fanlar bo’yicha tuziladigan o’quv-
metodik majmuada va mavzuli rejada pedagogik texnologiyalarning qaysi turidan foydalanishini
o’quv yili boshidan belgilashi maqsadga muvofiq.
Hozirgi zamon ta’lim muassasalarida o ‘z
etakchiligini saqlayotgan an’anaviy ta’lim jarayoni oldiga qo’yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani
amalga oshirishga ojizlik qilmoqda.[1]
Taniqli didakt olim M.N. Maxmutovning fikriga ko’ra o’quv jarayonini tashkil etishning
an’anaviy tuzilishi o’quvchihrning fikrlash qobiliyatini yetarli darajada rivojlantira olmaydi,
ularning bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini, fanga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirmaydi,
faol fikrlashni vujudga keltira olmaydi, hamda bilimni e’tiqodga, e’tiqodni esa, ongli ijtimoiy
maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta’minlay olmaydi.
Haqiqatan ham, an’anaviy ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan
ta’lim jarayoni bilan taqqoslaganda ular o’rtasidagi farq aniq ko’zga tashlanadi. Taniqli didaktlar
va metodistlar tomonidan ishlab chiqilgan va amalda qo’llanilgan an’anaviy dars turlariga tarixiy
va mantiqiy birlikning metodologik tamoyillariga asosan yondoshish lozim, har bir dars o’z
vaqtida didaktika yoki xususiy metodikaning yutug’i sanalgan, tegishli didaktik maqsadlar va
m ezonlarga javob bergan va am aliyotda muvaffaqiyatli qo’llanilganligini qayd etish zarur.
An’anaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan darsni ta’lim jarayonida tutgan o’rni va qimmatini
kamaytirmagan holda, hozirgi zamon talablari asosida ulami takomillashtirish yo’llari ishlab
chiqildi. Mazkur darslarni takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor karatildi:[2]
1. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish.
2. Hamkorlik pedagogikasiga amal qilish. Bunda pedagogik munosabatlarda hukmronlik
qilayotgan avtoritar yondoshuvga barham berish.
3. Sub’ekt-subyekt munosabatlarni vujudga keltirish. Ta’lim-tarbiya jarayonini o’quvchilar
bilan hamkorlikda tashkil etish.[3]
4. Ta’lim jarayonini demokratizasiyalash. o’quvchilarga o’z fikri va nuqtai nazarini erkin bayon
etish, o’quv topshiriqlarini xilma-xillashtirish orqali ularga tanlash huquqini berish.
5. O’quvchi shaxsini hurmat qilish, ularni kamsitish va o’rinsiz tanbehga barham berish.
6. O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o’zaro hamjixatlikka asoslangan qulay
ijtimoiy-psixologik muhit yaratish.
7. O’quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlarini samaraii tashkil etish.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |