135
Август 2020 10-қисм
Тошкент
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING AHAMIYATI
Saparova Nargiza Saparboyevna
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani
25-maktab matematika fani o‘qituvchisi
tel:99-962-39-46
e-mail:saparova@mail.ru
Annotatsiya:
maqolada o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarning o‘rni, pedagogik
texnologiyaning o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga ta’siri bo‘yicha mulohazalar bayon etilgan
Kalit so‘zlar:
ta’lim, texnologiya, pedagog, o‘quv faoliyati, bilish
Pedagogik texnologiyaning ko‘p pog‘onali tarkibiy tuzilishining o‘zi ham yagona tizimni
tashkil etuvchi boshqarish qurilmalari ketma-ketligini yaratishni taqozo qiladi. Bu ketma-
ketlikning boshlang‘ich bosqichida pedagog turadi. U fanni o‘zlashtirishga oid dastlabki
yo‘llanmalar yaratadi va zarur bo‘lgan murakkab holatlarda o‘quvchilarga yakka tartibda
yordam ko‘rsatib, o‘quv jarayoni kechuviga tegishli o‘zgartirishlar kiritib boradi. Yuqorida
ajratib ko‘rsatilgan har ikkala holatlarda qisman bo‘lsada avtomatik qurilmalar ham ishtirok
etadilar. Ular fanni o‘rganishga oid yaratilgan yo‘llanmalarda axborotlarni to‘laroq qamrab olish
va o‘z imkoniyatlariga binoan zarur bo‘lgan hollarda yordam ko‘rsatish funksiyasini bajaradilar.
O‘quv jarayonni umumlashgan jihatlarini boshqarishni pedagog, o‘quvchi faoliyatining alohida
qismlarini boshqarishni esa, boshqaruv qurilmalar tomonidan olib borilishi natijasida bevosita
pedagog tomonidan qayta ishlanadigan axborotlar kamayadi. Buning natijasida o‘quv jarayonini
boshqarish maqbullashadi va uning samaradorligi sezilarli darajada oshadi. O‘quvchilar bilim
faoliyatini boshqaruvchi qurilmalar pedagog yoki uslubchi tomonidan oldindan tuzilgan dastur
asosida ishlaydi. Shuning uchun ham, ular faqat oldindan dasturlangan holatlarnigina nazorat
qiladi xolos. O‘quv jarayonida vujudga kelgan, lekin oldindan dasturlanmagan vaziyatlarni
boshqarish uchun pedagog faoliyati zarur bo‘ladi. Bugungi kunda to‘la-to‘kis dasturlangan
elektron kitob yaratishga urinishlar hozircha samarasiz bo‘lmoqda. O‘quvchilar bilish faoliyatini
boshqarishda – o‘qituvchi, mashina yordamida (avtomatik) va ularning birgaligida hamda o‘z-
o‘zini boshqarish turlaridan unumli foydalanishni loyihalash zarur.
O‘quvchilar bilish faoliyatining har bir qismi bo‘yicha o‘quv jarayonini boshqarishni
sikllar
bo‘yicha tashkil qilish. Pedagogik texnologiyaning bu tamoyili, uning birinchi tamoyili bilan
bevosita bog‘liq bo‘lib, pedagog va boshqaruv qurilmalarining faoliyati uning to‘la-to‘kis amalga
oshirilishini ta’minlaydi. O‘quvchi mustaqil ravishda o‘z faoliyatiga tegishli tuzatishlar kiritish
uchun zarur bo‘lgan qaytuvchan aloqa - ichki, tuzutishlar boshqaruvchi qurilma yoki o‘qituvchi
tomonidan bajarilsa - tashqi qaytuvchan aloqa deb ataladi. Ichki qaytuvchan aloqa tufayli
o‘quvchi bilim va ko‘nikmalarni ongli ravishda o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda
hech qanday tushuntirish, maslahat berish, yo‘llanma berish kabilarga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘quv
materialini uzatishda, uning mohiyatini ochib berish uchun alohida
Do'stlaringiz bilan baham: