1
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
Al – Xorazmiy nomli Urganch Davlat Universiteti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi
Avazyazova Dilfuzaning
“5A 110901 Pedagogika nazariyasi va tarixi”
«Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining
pedagogik diagnostikasining o`ziga xos xususiyatlari»
mavzusida yozgan
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI
Ilmiy rahbar: p.f.n.,dots. M.Jumaniyozov
“Ko`rib chiqildi va himoyaga tavsiya etilsin”
«Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri: p.f.n.,dots.SH.K.Ismailova
“_______” ______________ 2017 yil
Urganch - 2017 yil
2
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………….
I- BOB. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv- tarbiya jarayonining
pedagogik diagnostikasi dolzarb masalalari.............................................
1.1. Muammoning o`rganilganlik darajasi.............................................................
1.2. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining pedagogik
diagnostika qilishning nazariy asoslari.................................................
1.3. Kasb – hunar kolleji o`quv- tarbiya jarayonining pedagogik va psixologik
diagnostikaning muhim omillari..............................................................................
II- BOB. Kasb – hunar kolleji o`quv - tarbiya jarayonining
diagnostikasining
ta’limiy
shart-sharoitlari
va
zamonaviy
imkoniyatlari…………………………………………………………………….
2.1. Kasb – hunar kolleji o`quv- tarbiya jarayonida pedagogik diagnostikaning
o`ziga xosligi...................................................................................................
2.2. Pedagogik tashxisning metodik ishlarni tashkil etishdagi axamiyati...........
2.3. Kasb – hunar kollejilarida pedagogik diagnostika darajalari va tamoyillari
III -BOB. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining
pedagogik diagnostikasining ijtimoiy- pedagogik asoslari…
3.1. Kasb – hunar kollejlarida pedagogik diagnostika (tashxis qilish)
texnologiyalaridan foydalanish .....................……….…………………………
3.2. KXK metodik ish tizimida pedagogik diagnostikaning amalga oshirishning
didaktik tahlili …………………………...........................................................
Xulosa....................................................................................................................
Adabiyotlar ro`yxati........................................................................................
Ilova………………………………………………………………………………
3
“Yoshlarni
qay
usulda
o'qitish,
ularni
tarbiyalash,
mustaqil
mamlakatimizning yetuk mutaxassislari bo'lishi uchun harakat qilish har
birimizning muqaddas burchimizdir. Bunda oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimi
saviyasini jahon andozalari darajasiga yetkazish, xalq ho’jaliklarida
mutaxassislarga bo’lgan talab va ehtiyojlarni ilmiy tahlil asosda aniqlash,
horijiy mamlakatlar tajribasidan oqilona foydalanish shu kunning dolzarb
masalasidir”( I.A.Karimov)
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Barkamol shaxsni tarbiyalash barcha davrlarda
muhim ijtimoiy talablardan biri bo`lib kelgan, ammo bugungi sifat o`zgarishlar
ro`y berayotgan bir davrda bu masalaning dolzarbligi yanada kuchayib, talab
ortib bormoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’lim-tarbiya jarayoni qayta ko`rib
chiqilib uni rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan
“Ta’lim to`g’risidagi” Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning yaratilishi
ta’limni tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va
sarqitlardan to`la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash
imkoniyatini berdi. Zero o’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
ta’kidlagandek: “Hech shubhasiz, buyuk ajdodlarimiz merosiga tayangan holda
hozirgi zamon va taraqqiyotning yangi va yuksak cho’qqilarini egallashga
intilishimiz, o’zimizning nimalarga, qanday ulkan ishlarga qodir ekanligimizni
namoyon etishimiz, barchamiz, avvalo, navqiron avlodimiz uchun ham qarz, ham
farz bo’lishi shart”. [21.b.117]
Ta’lim-tarbiya orqali kishiga insoniy xislatlar singdiriladi, ana shu xislatlar
uning ijtimoiy faolligini oshirib, jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi. Ta’lim-
tarbiyaning barcha jabhalarida o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash
masalasiga alohida e’tibo qaratish bugungi kun talabidir. Bu borada ta’lim-tarbiya
jarayoniga texnologik yondashuv, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalaridan,
4
pedagogika va psixologiyaning eng ilg’or ajribalaridan o’rinli foydalanish va
shunga muvofiq-ta’lim-tarbiya jarayonini diagnostika qilib boish maqsadga
muvofiqdir. Jumladan, a’lim-tarbiyaga yaxlit jarayon sifatida yondashib, auditoriya
va undan tashqari ishlarni o’quv jarayoni bilan uzviy aloqada tashkil etish orqali
samaradorligini oshirish mumkin bo’ladi.[21.b.339] O`zbekiston Respublikasining
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni
shakllantirish nazarda tutilgan. Bunday natijaga erishish uchun ta’lim–tarbiya
jarayonining uyg’unligini ta’minlash, tarbiya jarayonining qonuniyatlarini chuqur
o`rganish va bugungi kun talablariga javob bera oladigan barkamol yosh avlodni
tarbiyalash usullarini taqiq qilish lozim.
Barkamol avlod tarbiyasi ko`p jihatdan bugungi kunda tahsil olayotgan
bo`lajak pedagoglarning tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mahoratiga bog’liqdir.
SHuning uchun bo`lajak pedagoglarni tarbiyaviy ish metodikasiga doir bo`lgan
bilimlar bilan muntazam ravishda tanishtirib borishimiz, bu borada malaka va
ko`nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor berishimiz lozim. Bunday
vazifani bajarish uchun albatta o`quv qo`llanma va darsliklarni bugungi kun
talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish talab etiladi.
Professional ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar o’zining pedagogik
faoliyatida pedagogik diagnostika bilan shug’ullanishlari lozimligi bugungi kun
talablaridan biridir. Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning
pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo’ladi. Faoliyat natijalarini
sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash – bo’sh yoki muvaffaqiyatli o’rinlarni
belgilab olish, faoliyatning keyingi bosqichlarida uni xisobga olish diagnostika
deyiladi.
Pedagogik diagnostika o’quvchining o’zlashtirishi, o’qishdagi
qiyinchiliklarini, uning o’qishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni
o’rganishga yo’naltirilgandir. Diagnostika natijalari esa ta’lim-tarbiya jarayonini
to’g’ri rejalashtirish, yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik
profilaktika ishlarini olib borish imkonini beradi.
5
Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarining amaliyotida shu narsa
sezilmoqdaki, kollej o’quvchilari o’quv-tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan
diagnostika qilish, ularning o’quv motivlarini aniqlash, o’quv faoliyatini
faollashtirishda pedagogning o’rni, kollej o’quvchilarining tarbiyalanganlik
darajasini hisobga olishning mazmuni, tadqiq qilish masalalariga ilmiy
jamoatchilikning e’tibori yanada ortmoqda. [24.b.3]
Tadqiqot maqsadi: Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya
jarayonining pedagogik diagnostikasining o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash va
o`rganish.
Tadqiqot vazifalari:
1. Kasb – hunar kolleji o`quv- tarbiya jarayonining pedagogik
diagnostikasining o`ziga xos xususiyatlarini pedagogika va psixologiya fanida
o`rganilganlik darajasini aniqlash bo`yicha ilmiy manbalarni tahlil etish.
2. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining
pedagogik diagnostikasining o`ziga xos xususiyatlariga ijobiy ta’sir qiladigan
omillarni aniqlash.
3. Kasb – hunar kollejida o`quv - tarbiya jarayonining pedagogik
diagnostikasini tashkil qilish darajasini aniqlash.
4. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonini pedagogik
va psixologik diagnostikasi o`rtasidagi aloqadorlikni asoslash.
5. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining
pedagogik diagnostikasining takomillashtirish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ob’ekti: Kasb – hunar kolleji o`quv – tarbiya jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Kasb- xunar kolleji o`quvchilarida o`quv- tarbiya
jarayonining pedagogik diagnostikasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim –
tarbiya mazmuni, tamoyillari, shakl xamda vositalari.
Tadqiqot metodlari:
1.Falsafiy,pedagogik ,psixologik , adabiyotlarni o’rganish , anketa
6
2. Kuzatish metodi- mazkur metod yordamida o`quvchi va pedagoglarining
ta’lim-tarbiyaviy faoliyatlari tizimli ravishda kuzatilib, to`plangan ilmiy
ma’lumotlar maxsus kundalikka qayd qilinadi.
3.Materiallarni saralash va natijalar tahlilini amalga oshirish uchun
matematik-statistik metodlardan foydalanildi.
Tadqiqotning metodologik asosi. I.A.Karimov asarlaridagi ta’lim va
tarbiyaga oid g’oyalar, “Ta’lim to`g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi”; pedagog va psixolog olimlarning ilmiy ishlari, SHarq mutafakkirlarining
ta’limotlari, boshqaruv va prognostik ehtimollilik tamoyillariga amal qilindi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining
pedagogik diagnostikasining o`ziga xosligi muammosining ilmiy-nazariy va
metodologik masalalari ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi;
2. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining
pedagogik diagnostikasining o`ziga xos xususiyatlarini shakllanishining amaldagi
holati aniqlandi;
3. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining
pedagogik diagnostikasining bo`yicha muayyan pedagogik-psixologik mezonlarga
asoslanib tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati:
Tadqiqotning natijalari pedagogika, shaxs diagnostikasi, kasb psixologiyasi,
hamkorlik pedagogikasi, kasbiy tayyorganlik, ijtimoiy psixologiya sohalarini
pedagog shaxsining kasbiy muhim sifatlarini shakllanishining o`ziga xos
xususiyatlari bo`yicha nazariy materiallar bilan boyitishga xizmat qiladi. Olingan
ma’lumotlar va izlanishlarda ilgari surilgan g’oyalar, nazariy mushohadalar, ilmiy
tahlillar va xulosalar pedagogik diagnostika qonuniyatlari, mexanizmlari, mazkur
jarayonda yuzaga keladigan muammolar va ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi
omillarni aniqlashga, o`z vaqtida ijobiy hal qilishga, istiqbollarini belgilashga
yordam beradi.
7
Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan xulosalardan o`quv, ilmiy-
uslubiy qo`llanmalar yaratishda samarali foydalanish mumkin.
Himoyaga olib chiqadigan holatlar:
1. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining
pedagogik diagnostika qilishning nazariy asoslarini o`rganish ,pedagogik
diagnostikaning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini yaratadi.
2. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonida
o`quvchilarni
kasbiy
yo`nalganligini
belgilovchi
komponentlarning
shakllanishidagi tafovutlar va ularning sabablari tavsiflanadi.
3. Kasb – hunar kolleji o`quv - tarbiya jarayoniga ijtimoiy-madaniy
muhitning ta’siri va milliy o`ziga xoslik to`la aks etgan ta’lim-tarbiya
sub’ektlarining o`ziga xos qiyofasi yaratilganligi.
Tadqiqot natijalaridan kasb –hunar kollejlarida tashkil qilingan ta’lim –
tarbiya jarayonidan foydalanib bo’lg’usi mutaxassisni shakllanish jarayonini
pedagogik jihatdan yangilash , pedagogik asoslarini ishlab chikish va metodik
tavsiyalardan o`quv-tarbiya jarayonida metodik yordam sifatida foydalanish
mumkin.
Tadqiqotning tuzilishi va xajmi: Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va
tavsiyalar , foydalanilgan adabiyotlar ruyxati xamda ilovalardan , umumiy
xajmi- betni tashkil etadi.
8
I- BOB. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv- tarbiya jarayonining
pedagogik diagnostikasi dolzarb masalalari
1.1. Muammoning o`rganilganlik darajasi
Barkamol
inson
–
o`zida
ma’naviy-axloqiy
hislatlar
majmuini
mujassamlashtirgan, jamiyatda o`zligini va o`z qobiliyatini har tomonlama
namoyon eta oladigan, ma’rifatli, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan,
yuksak iste’dodli va intellektual salohiyatga ega bo`lgan ma’naviy jihatdan etuk,
axloqan pok, jismonan sog`lom, hayot go`zalliklarini his eta oladigan ijodkor
shaxsdir.
Barkamol shaxsni voyaga etkazish ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni insonning
ijtimoiy intizomi va uning ixtisoslik bo`yicha mehnat faoliyatining ajralmas va
tabiiy belgilariga, xususiyatlariga aylashtirishdan iborat bo`lib, bo`lajak
mutaxassisning insonparvarlik sifat va fazilatlarining ustivor bo`lishini
ta’minlashga qaratiladi. Tarbiyaviy ishlar rejalari gumanitar turkumdagi fanlarning,
shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning insonparvarlik xususiyatlaridan ham
ta’lim-tarbiya jarayonlarida unumli va samarali foydalanishni keng yo`lga qo`yish
bilan birga, bu turkumga kirmagan fanlar, ya’ni fizika, kimyo, biologiya,
matematika, shuningdek, texnika fanlari va umuman talim tizimida o`tiladigan
barcha fanlarning ham tarbiyaviy tamoyillariga, insonning ma’naviy-ahloqiy ruhiy
jihatdan takomillashtirish imkoniyatlariga alohida ahamiyat va e’tibor qaratishni,
ularning insonparvarlik xususiyatlarini kengroq ochib, tahlil etib ko`rsatib berishni,
talaba yoshlarni o`qitish orqali ma’naviy-ruhiy jihatdan ham tarbiyalashni maqsad
qilib qo`yadi. O`quv dasturlarining, darslik va qo`llanmalarning yangi avlodini
yaratishda, ta’limning texnik vositalaridan foydalanishda, ular uchun maxsus o`quv
dasturlari tayyorlashda ta’limni gumanitarlashtirishning mana shu tomonlariga,
ya’ni yosh mutaxassislarning ma’naviy-ahloqiy jihatdan barkamol shaxs sifatida
takomillashuvida har bir fanning ishtirokini eng yuqori darajada ta’minlashga katta
e’tibor berilishi zarur.[11.b.18]
9
Hozirgi kun fan, madaniyat va ta’lim sohalarida ham katta o`zgarishlar
amalga oshirilmoqda, islohotlarning sur’atlari tobora jadallashmoqda. Biroq
axborotlar asri talablariga muvofiq o`zgarayotgan hayotimiz ehtiyojlari jamiyat
oldiga yangidan-yangi vazifalarni ko`ndalang qilib qo`ymoqda.
Barkamol shaxsni tarbiyalash gumanitar ta’lim va tarbiyaning muhim
qismlaridan biri sifatida talaba-yoshlar ruhiy olamining shakllanishida, hayotiy
pozitsiyalarning mustahkalanishida, ularning ijtimoiy faolligining o`sishi va
ixtisoslik bilimlari hamda umumnazariy tayyorgarligining oshishida asosiy
vositalardan biri hisoblanadi. Insoniyat tomonidan to`plangan behisob madaniy
boyliklardan bahramand bo`lish, ularni o`zlashtirish yoshlarda gumanistik
dunyoqarashning vatanparvarlik, vijdon, e’tiqod, or-nomus, sha’n, mardlik, jasorat,
oliyhimmatlik, fidoiylik, insonparvarlik kabi qadriyatlarning shakllanishiga
yordam beradi. Yoshlarda bunday sifat va fazilatlarni tarbiyalash maorif va oliy
ta’lim tizimida ustuvor ahamiyatga ega bo`lishi kerak. Zero, I.A.Karimov
ta’kidlaganidek, siyosatda, iqtisodda va ma’naviyat sohasidagi islohotlarning
taqdiri o`sib kelayotgan yosh avlodga bog`liq.[
3.b.78]
Kasb – hunar kolleji o`quv - tarbiya jarayonining pedagogik diagnostikasi
qilish muammosi A.A.Verbitskiy (ta’limda o`qitishning faol metod va shakllari),
B.A.Vyatkin, E.A.Klimov, B.C.Merlin, M.R.SHukin (faoliyatning individual
uslubi, muloqot va faollik), A.N.Leontev (ta’limda motivatsiyaning o`rni),
V.D.SHadrikov (kasbiy faoliyatning pedagogik diagnostikasi) va boshqalar.
Pedagogik diagnostikaning asos nazariyalari, shakllanishi va rivojlanishining
pedagogik,
psixologik
qonuniyatlari
(G.V.Akopov,
YU.M.Zabrodin,
I.A.Zimnyaya,
N.D.Levitov,
A.K.Markova,
K.K.Platonov,
E.I.Rogov,
E.S.Romanova,
L.D.Stolyarenko,
M.K.Tutushkina,
P.D.Uspenskiy,
V.D.SHadrikov va boshqalar, ta’limni insonparvarlik paradigmalari haqida
(V.P.Bezduxov, YU.N.Kulyutkin, V.M.Miniyarov, G.S.Suxobskaya va boshqalar);
ta’limda shaxsli-faoliyatli yo`nalishi haqida (A.K.Markova, V.V.Serikov, I.S.
YAkimanskaya va boshqalar); SHuningdek, vatanimiz pedagogik,psixolog
10
olimlaridan B.Xodjaev, M.To’xtaxodjaeva, N.N.Azizxodjaeva, V.M.Karimova,
G’.B.SHoumarov, B.R.Qodirov, V.A.Tokareva, SH.R.Barotov, Z.T.Nishonova,
SH.A.Eshmetov, K.B.Qodirov, E.A.Xidirov va boshqalarning olib borayotgan
ilmiy izlanishlari diqqatga sazovordir.
Pedagogik diagnostika asosida o’quvchilar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf
qilish L.Mo’minova, o’spirinlarning tarbiyalanganligi, xulqidagi nuqsonlarni
korreksiyalash Sh.Abdullayeva tomonidan tadqiq qilinganligi, ammo malaka
oshirish jarayonini pedagogik diagnostika va o’qituvchilarning o’z shaxslari va
faoliyatlarini bevosita o’zlari o’rganishi hamda amaliy faoliyatlariga o’zlari baho
berishlarini amalga oshirish muammolari alohida ilmiy tadqiqot obyekti
bo’lmagan.
11
1.2.Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining
pedagogik diagnostika qilishning nazariy asoslari
Hozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va ma’rifiy-madaniy islohotlarni
boshdan kechirmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asosan ta’lim tizimini
isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri ta’lim tizimining sifatli va ravon
rivojlanishini ta’minlovchi muqobil kasb-hunar ta’limini beruvchi tizimni tashkil
etishdir. Mazkur tizim kadrlar kasbiy malakalarining raqobabardoshligini
ta’minlash va eng ilg’or texnologiyalarga asoslangan bo’lishi zarur. Shularni
ta’kidlash joizki, o’rta maxsus kasb-hunar talimi tizimi mavjud bilim, ko’nikma
va malakalarni shakllantirish bilan bir qatorda yangi innovatsion ta’lim
texnologiyalarini qabul qilish va o’zlashtirishga yo’naltirilgan intensiv va tezkor
ta’lim shakllariga asoslangan bo’lishi lozim. Bugungi kunda shakllangan
an’anaviy ta’lim tizimida hunar o’rgatishda asosan nazariy jihatlarga e’tibor
qaratilgan. Agar mavjud ta’lim texnologiyalari shakli va mazmuni o’zgartirilmasa,
u holda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining bilm va
ko’nikmalari ma’lum darajada eskirib boradi. Qayd etish joizki, ta’lim
oluvchilarning bilim darajalari ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan didaktik
tashkil etuvchilarga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq, chunki ta’lim berishning asosiy
maqsadi bilim, ko’nikma, axborot, ish yuritish strategiyasini o’rgatish emas, balki
o’zining ustida ishlay oladigan, maxsus va shaxsiy sifatlarni shakllantirishga
qaratilgan ichki tashkily o’zgarishlar resursiga ega bo’lgan shaxsni
shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Bu muammoni ta’lim jarayoni samaradorligining yangi sarhadlarini
ochadigan, ya’ni ta’lim berishning visual tashkil etuvchilarini joriy etish orqali
hal qilish mumkin. Kasb-hunar ta’limining samaradorligi, ta’lim oluvchining
o’quv-uslubiy materiallar ustida, o’ziga mos va zarur hajmda , qulay vaqtda ishlay
olishida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodi sharoitida kasb o’rgatishni
intensivlashtirish, texnika, texnologiya erishgan yutuqlarni qo’llash va ta’lim
jarayoni sifatini oshirishga ehtiyoj katta. Televideniya, mobil aloqa va internet
12
texnologiyalari ta’lim, ishlab chiqarish va hayotimizning barcha jabhalariga
jadal kirib kelishi oqibatida insonning qabul qilish, ya’ni o’rganish retseptorlariga
juda katta ta’sir qila boshladi. Shunday ekan axborotni korish retseptorlari orqali
qabul qilish bugungi kunta’lim jarayonida birinchi o’ringa chiqishi zarur. Lekin
kasb-hunar ta’lim tizimida bunday darsliklar va o’quv qo’llanmalarining kamligi
tezlashib borayotgan ta’lim sohasida o’quvchilarning kasb o’rganishi uchun
yearly emas, oq-qora kitoblarni o’qish ular uchun qiziq bo’lmay qoldi. O’z
navbatida o’quvchi va darslik o’rtasida jarlik paydo bo’lmoqda.[22.b.86]
SHuning uchun o`quv jarayonini boshqarish, ayniqsa uning ishtirokchilarini
boshqarish masalasiga tubdan o`zgartirishlar kiritish kerak. Ularni o`zini-o`zi
boshqarish tartibiga o`tkazish har bir rahbarning bosqichma-bosqich o`zini-o`zi
tahlil qilishi va o`z maqsadini belgilashi, o`zini-o`zi istiqbol rejasini belgilashi,
o`zini-o`zi nazorat qilishi, o`zini-o`zi baholash va korrektsiya qilishi (to`g`rilash)
demakdir. Bu esa har qanday boshqaruvchining tashxis qilish tomonini
kuchaytiradi.
“Tahlil, o`zini-o`zi tahlil qilish, shaxsni o`rganish tushunchalari so`nggi
vaqtlarda yagona diagnostika (tashxis) atamasi bilan nomlana boshlandi”. Ushbu
so`zning umumiy ma’nosi-tashxis qo`yish nazariyasi va amaliyoti, bilishning
alohida turidir, chunki “diagnostika” lotinchadan tarjima qilinganda “aniqlash”,
“belgilash” ma’nolarini anglatadi.[20.b.5]
Insonning oliy nerv tizimi faoliyati haqidagi ta’limotlarning ko’rsatishicha, u
murakkab sub”yektiv tizim sifatida boshqa jonli va jonsiz obyekt (tizim)larga
qaraganda o’z-o’zini tartibga solish, tiklash, ma’lum holatda saqlash hamda
takomillashtirishda eng yuqori darajadagi mavjudot hisoblanadi. O’z-o’zini
tartibga solish, takomillashtirish insonga berilgan azaliy imkoniyatdir. Chunonchi,
u inson miyasi, ma’naviy va aqliy salohiyatining ajralmas xususiyati hisoblanadi.
Bu jarayonlarni buyuk rus fiziologi I.P.Pavlov ta’limoti davomchisi
P.K.Anoxin o’z-o’zini tartibga solish jarayoni jismning muhim omillarini bir xil
darajada saqlashning mohiyatidan kelib chiqishini asosladi. Bunda inson faoliyati,
13
jumladan, fikrlashi maqsadga muvofiq davom etib, ma’lum natijaga yo’nalgan
bo’ladi.
Shaxsning asab tizimidagi fiziologik asoslarini ochish - insonning o’zini o’zi
bilishi asosida o’ziga baho berish, o’z harakat va xulq-atvorini tartibga solish
ko’nikmalarini hosil qiladi. Bunda eng muhim holat shaxsning o’ziga to’g’ri baho
bera olishi, o’z oldiga qo’ygan maqsad mohiyatiga mos keluvchi harakatlar
algoritmini ishlab chiqishidir.
O’z-o’ziga to’g’ri baho berish yosh xususiyati va ijtimoiy tajribaning ortishi,
atrofidagilar bilan muloqot, boshqalarning unga munosabati va bahosiga ko’ra
shakllanib boradi.
Har bir shaxs faoliyati izchillikda amalga oshadigan davomli jarayondir.
Shaxsni faoliyatga undagi mayl undaydi. Shaxs mashq jarayonida o’z-o’zini
boshqaradi, bunda nafaqat uning bilim, ko’nikma va malakalari, balki uning xulq-
atvori ham shakllanib, takomillashib boradi. Bu holatni L.I.Bojovich ham alohida
ta’kidlab o’tgan. Shaxsning o’z-o’zini boshqarish jarayonini B.F.Lomov o’z-o’zini
sababiy boshqarish, deya ko’rsatgan edi.[
11.b.45]
Inson harakati ikki asosga ko’ra amalga oshadi: harakatlar hamda
munosabatlar. Shaxs faoliyati dastlab taqlidga asoslansa, keyinchalik u mustaqil
faoliyat va o’z-o’zini boshqarishni boshqalar bilan muloqot, munosabat o’rnatish
orqali o’rganadi. O’z-o’zini boshqarish faoliyatini inson umuminsoniy tajribalar,
bilim va ko’nikmalarni egallash orqali o’zlashtiradi.
Inson o’z-o’zini takomillashtirishining turli bosqichlarida faoliyat subyekti
sifatida o’z-o’zini anglash va boshqarishni o’rganadi, o’z imkoniyatlari,
qobiliyatlari hamda nimaga qodirligini anglaydi va baholaydi. Bu jarayonda u
o’zining imkoniyatlari haqida aniq tasavvurga ega bo’la boshlaydi.
Inson o’z faoliyatining ma’lum bir jihatini diagnostika qilganda bo’lajak
natijani oldindan ko’ra olish, avvalgi tajriba tizimida mavjud holatda tegishli
axborot olish ehtimoli borligini nazarda tutadi. Bunda avvalgi tajriba va hozirgi
holati faoliyatning bo’lajak natijasi haqida faraz qilishga asos bo’ladi. Shunga
14
muvofiq hozirlanish va bo’lajak holat uchun tayyorgarlik harakatlarini boshlab,
ma’lum maqsadga erishish mumkin. Inson har qanday faoliyatni boshlashidan
oldin ma’lum vaziyatni hisobga oladi. U o’z faoliyatining natijasini oldindan ko’ra
bilib, tashkil qilsa, maqsadga, ko’zlangan natijaga erishishi osonlashadi.
O’z-o’zini takomillashtirish shaxsning tashqi ta’sir qiluvchi omillar bilan
ichki intilishlarini aniq pedagogik vazifalarga: maqsad va idealni shakllantirish,
o’zlikni anglash va o’z-o’zini boshqarish uchun zarur bo’lgan xislatlarni
tarbiyalashga yo’naltirishi lozim.
O’zlikni anglash ham xuddi ong kabi tarbiya va insonning faol harakati
jarayonida muntazam rivojlanib boradi. S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha:
“Inson shaxsining shakllanishi o’zida o’zining uzviy qismi sifatida shaxs ongi va
uning o’zligini anglashning shakllanishini mujassamlashtiradi. Bu ongli shaxsning
rivojlanish jarayonidir”.[10.b.38]
O’qituvchi o’quv jarayoni natijasini anglab yetishi uchun muntazam
ravishda pedagogik diagnostika qilishi, salbiy va ijobiy tomonlarni tahlil qilishi
hamda
takomillashtirishi
lozim.
Buni
amalga
oshirishda
pedagogik
diagnostikaning shakl, usul va metodlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Pedagogikada pedagogik diagnostikaning oddiy metodlari bilan bir qatorda, uning
murakkab shakllari va usullari tatbiq etilmoqda.
Pedagogik diagnostika tarixiga nazar tashlasak, o`tgan asrlarda u faqat
o`quvchi bilimini baholash orqali amalga oshirilganini kuzatamiz. Unga 1864 yilda
AQSH olimlari D. Fisher va R. Resslar asos solganlar, 1908 yildan boshlab esa,
olim T. Stoun arifmetikadan test orqali o`quvchi bilimini sinash tizimini tatbiq
etgan.[
15.b.23
]
“Pedagogik diagnostika” atamasi 1968 yilda olmon pedagogi
K.Ingenkamp tomonidan birinchi marta qo’llanilgan. [13.b.56]
Pedagogik diagnostika - pedagogik faoliyat sohasida voqeliklarning
mohiyatini belgilash, jarayonlarni har tomonlama o`rganish, pedagogik
omillarning majmuaviy harakatini aks ettirish demakdir. Uning vazifasi - pedagog
va rahbarga sabablarning o`zaro bog`liq harakati, ularning qaysi biri shu lahzada
15
kritik ahamiyatga ega bo`lishi haqida tezkor va ishonchli axborot beradi. SHuning
uchun ta’lim-tarbiya va metodik jarayonlarning barcha tarkibiy qismlariii tashxis
qilib turish muhim ahamiyat kasb etadi. [
28.b.12
]
Pedagogik diagnostikaning mazmuni deganda metodik va pedagogik
jarayonning, bola shaxsi, pedagog yoki rahbarning faoliyati darajasidan qat’iy
nazar, tezkor o`rganilishi va baholanishi, tartibga solinishi va korrektsiyasi
(to`g`rilanishi) tushuniladi.
Hozirgi kunda pedagogik diagnostika faol shakllanayotgan pedagogik fanlar
tizimiga mansub. Shuning uchun undan har kim o’z qiziqishi va o’rganadigan
sohasiga mos ravishda foydalanadi. Ayrim tadqiqotchilar pedagogik diagnostikani
pedagogikaga doir jarayon va muammolarni yoritish, ularning ta’sirchanligini
aniqlash va o’quvchilarning o’zlashtirishini yaxshilash, har bir kishining ma’lumot
olish imkoniyatini belgilash vositasi sifatida qarasalar, boshqalar pedagogik
diagnostikani o’quv-biluv jarayonini rejalashtirish va bu borada kishilarga
maslahat berish tarzida ham talqin qiladilar. Pedagogik diagnostikani keng
ma’noda: o’quv jarayoni, o’qituvchilar va o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish,
yutuq va kamchiliklarni aniqlash hamda ma’lum o’zgartirishlar kiritish vositasi
sifatida qarash o’tgan XX asrning 90 yillarida respublikamiz ta’lim tizimida keng
qo’llanilgan edi. [
29.b.34]
Pedagogik diagnostika – pedagogik jarayonlarni bilish instrumenti sifatida
bilish nazariyasining xususiy bir ko’rinishi hisoblanadi. Shuning uchun uni
gnoseologiya (bilish nazariyasi) bilan tenglashtirish ham mumkin emas.
Pedagogik diagnostikaga xos xususiyat – ta’lim-tarbiya jarayonining har bir
bosqichi va bo’g’ini hamda o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlari, individual
farqlarini aniqlashdan iborat. Bunda har bir aniq jarayon uchun xos xususiyatlar,
ularning mezonlarini aniqlash alohida yoki bir guruh kishilar uchun umumiy
bo’lishi ham mumkin. Pedagogik diagnostika o’quv jarayonini takomillashtirish,
undagi pedagogik-didaktik masalalarni aniq shart-sharoitdan kelib chiqib hal qilish
jihatidan psixologik diagnostikadan farq qiladi. O’qituvchining pedagogik
16
faoliyatini diagnostikalash, bir tomondan, uning o’zi, ikkinchi tomondan, uning
hamkasblari, o’quv yurti va xalq ta’limi muassasasi rahbarlari hamda jamoatchilik
(ota-onalar, mahalla) tomonidan tashqi diagnostika tarzida amalga oshirilishi
mumkin. Tashqi pedagogik diagnostika natijalari o’qituvchilarning attestatsiyasi
yoki ularning mahoratini oshirish uchun chora-tadbir belgilash hamda malaka
oshirish kurslariga yuborishga asos bo’la oladi.[
16.b.37
]
Boshqa tomondan o’qituvchi faoliyatini refleksiv tashkil qilish –
o’zini o’zi (“ichki”) diagnostika qilishni taqozo qiladi. Ichki diagnostika
o’qituvchining shaxsiy faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni o’zi tahlil qilib,
aniqlab, ularni bartaraf etish uchun chora-tadbirlarni ko’rish, o’zgartirish kiritishda
namoyon bo’ladi. O’qituvchining uzluksiz o’z shaxsi va faoliyatini
diagnostikalashi, unga:
- o’z faoliyatini uzluksiz tadqiq qilish;
- o’z vaqtida pedagogik qiyinchiliklarni aniqlash, o’quvchilar ta’lim-tarbiyasiga
salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf qilish;
- o’z faoliyatida shakllangan salbiy kasbiy odatlar, mayl, ehtiyojlarni tuzatish;
- o’quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish instrumetariysini aniqlash;
- pedagogik qiyinchiliklarning salbiy ta’sirini aniqlash va noto’g’ri shakllangan
odatlarni yo’qotish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Pedagoglarning faoliyati va shaxsini o`rganish - metodik ishlarning sifati va
samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Metodik ishlar pedagoglarning
bolalarga ta’lim-tarbiya berish va ularni rivojlantirish bilan bog`liq faoliyatida
yuqori natijalarga erishish uchun yordam berishga qaratilgan. Ushbu masalani
nafaqat keyingi takomillashtirish, balki har bir pedagogning mavjud
imkoniyatlarini har tomonlama hisobga olish shartlaridagina bajarish mumkin.
Pedagogik tashxis pedagoglar bilan olib boriladigan metodik ishlarni tashkil
etishda, ularning kasbiy va o`zaro rivojlanishida ilmiy yondashuvni ta’minlaydi.
SHuning uchun u metodik, ta’lim-tarbiya jarayonlarida hamda kollejni boshqarish
jarayonida muhim rol o`ynaydi. O`qituvchining kasbiy rivojlanish darajasini
17
o`rganishning tizimi sifatida olingan pedagogik tashxis qo`yish ishdagi
qiyinchiliklarni aniqlash uchun asos bo`lib xizmat qiladi, ularni yengib o`tishning
muqobil usullarini izlashga undaydi. SHu bilan birga, u o`qituvchining kuchli
tomonlarini aniqlashga, ularni mustahkamlash hamda pedagogik faoliyat va
o`qitish modelining yakkalashtirilgan metodlarini rivojlantirish yo`llari hamda aniq
usullarini belgilab olishga ham imkon beradi.
XX asr boshlarida amerikali faylasuf, pedagog, psixolog Djon Dyui darsda
o’qituvchi emas, o’quvchi faol bo’lmog’I lozim deb chiqdi. U kitobdagi
bilimlarni quruq yod olish hech narsaga olib bormaydi, aksincha o’quvchilarni
o’qishdan sovutib, tafakkurni zanglatadi deb ta’kidlagan. Bugungi kunda ilm-fan,
texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi
ta’lim tizimi xodimlaridan ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi
bosqichga ko’tarishni talab etib, har bir tizim hodimi, ayniqsa o’qituvchilar
zimmasiga yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi. Mazkur vazifalar samarali
darslar orqali amalgam oshiriladi. O’qituvchilarning darsga umumiy tayyorgarligi
jarayonida mustaqil, ijodiy yondashmasligi, bilimini oshirib bormasligi, o’z ustida
ishlamasligi kuzatilmoqda, bu esa darsning samaradorligiga salbiy ta’sir qilmoqda.
Dars jarayoni samaradorligi o’qituvchining darsga puxta tayyorlanishi bilan
belgilanadi. E’tiborsizlik bilan rejalashtirilgan va puxta tayyorlanmagan,
o’quvchilar imkoniyatlari bilan uyg’unlashmagan dars sifatli bo’lishi mumkin
emas. O’qituvchining darsga tayyorgarligi ikkiga bo’linadi:
1. O’qituvchining o’z fani yuzasidan umuniy tayyorgarligi
2. O’qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi
O’qituvchining o’z fani yuzasidan umuniy tayyorgarligi muntazam amalga
oshadigan jarayon:
- Davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, o’quv reja hamda ularga berilgan
tushuntirish xatlarini o’rganib chiqish;
- faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;
18
- tegishli ko’rgazma materiallarini, o’quv jihozlarini o’rganish, ularni qo’llay
bilish;
- ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish, tahlil qilish irqali o’z bilimini
kengaytirish;
- kompyuter texnikasidan foydalanish ko’nikmasini oshirish, elektron darsliklar,
matn muharrirlari, ”Ziyonet” axborot ta’lim portali orqali ma’lumotlarni olish
malakasini shakllantirish kabilardir.
O’qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi:
- taqvim mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt aniqlashtirib
olinadi;
- DTS va o’quv dasturidan o’tilayotgan mavzuda qanday tushunchalar
shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosda dars maqsadlari belgilab
olinadi;
- Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar,
slaydlar, ko’rgazmali va didaktik materiallar , adabiyotlar o’rganib chiqiladi hamda
dars ishlanmasi yoziladi.
[34.b.99]
Pedagogning muvaffaqiyatlarini diagnostika qilish attestatsiya muammolarini
muqobil hal qilishga imkon beradi, chunki u ta’lim muassasasi ma’muriyatining
bahosidagi sub’ektivizmni chetlashtiradi. Biroq ta’lim muassasasi rahbarlari shuni
yodda tutishlari kerakki, diagnostika - bu shaxsiy maqsad emas, balki maslahat,
korreksiya (to`g`rilash), moslashish va metodik-psixologik qo`llab-quvvatlash
bilan bir qatorda pedagoglar bilan ishlash bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Pedagogik faoliyat diagnostikasini, ayniqsa o`zini-o`zi diagnostika qilishni
o`tkazish har bir pedagog tomonidan o`zini-o`zi tahlil qilish va baholash
malakalarini egallashga yo`naltirilgan. Bu hol pedagogik kadrlar bilan olib
boriladigan ishlarning o`zini tartibga solish va korrektsiyalashning faol tartibiga
o`tkazishga imkon beradi.
Pedagogik diagnostika har bir pedagogik bilish, har birining ko`ngliga yo`l
topa olish singari murakkab masalalarni muvaffaqiyatli echishda rahbar –
19
metodistlarga yordam beradi. U o`qituvchilarning kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini
bilishga imkon beradi va shu bilan birga pedagog kadrlar bilan metodik ishlarning
tashkil etilishini engillashtirib, ularning samarasini oshiradi.
Zamonaviy diagnostikaning vazifalariga yaqin vaqtlargacha pedagogik
diagnostika biron-bir belgilarni baholash muammosiga taqalar ekan, shaxs esa bir
figura, fotosurat ko`rinishida ifodalanar edi. Bugungi kunda pedagogik diagnostika
ko`p tarmoqli bo`lib bormoqda va o`zida ma’lumot, asl diagnostika, baholash,
korrektsion, yo`naltiruvchi, tahliliy kabi vazifalarni mujassamlashtirmoqda.
Diagnostik yondashuv ham o`quvchilar, ham butun pedagogik jamoa
faoliyatining turli bosqichlaridagi harakatining majmuaviy diagnostikasi, o`zini-
o`zi sinovdan o`tkazish va monitoringi tizimini to`zish hisobiga amalga oshadi va
shuning uchun boshqaruv faoliyatining natijalarini holisona baholashga imkon
beradi.
Diagnostikani
tashkil etish jarayonida sub’ektlarning rivojlanish
dinamikasini o`rganish va holislikni oshirish uchun bosqichlilik, davriylikka rioya
qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ob’ektning nafaqat asl holatini, balki oraliq va
yakuniy natijalarini o`rganish zarurligi sababli, kamida uchta kesimda bajarilishi
lozim: birinchi kesim - kirish nazorati (birinchi boshlang`ich diagnostika), ikkinchi
kesim - joriy nazorat (qiyosiy diagnostika) va uchinchi kesim - chiqish nazorati
(yakuniy diagnostika).[
33.b.89
]
Har bir pedagog mazkur ta’lim muassasasining metodik ishi tizimiga mos
ravishda amalga oshirayotgan faoliyatni diagnostika va tahlil qilish dasturi
pedagogik ta’lim-tarbiya va metodik - jarayonni tashkil etishdagi jarayon va
omillarni aniqlash, zarur va kutilayotgan o`zgarishlarni bir ketma-ketlikka qo`yish,
boshqaruv korrektsiyasini amalga oshirish - bularning hammasi ta’lim
muassasasiga yutuqlar asosida mavjud muammolarni hal qilishda ularning qay
darajada ekanligini, an’ana bilan innovatsiya o`zaro qanchalik uyg`unlashganini,
manfaatdorlik vaziyati vujudga keltirilganligini, sinov, tajriba, izlanish va ilmiy-
20
metodik tadqiqot jarayonida pedagogik jamoa ko`pchiligining ichki kechinmalarini
bilish va ko`rishga imkon beradi.
Pedagogik diagnostikaning ahamiyati har qanday faoliyat zamirida ham
amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari
bo`ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash – bo`sh yoki
muvaffaqiyatli o`rinlarni belgilab olish, faoliyatning keyingi bosqichlarida uni
hisobga olish diagnostika deyiladi.
Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan
pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega bo`lib, ilg`or ta’lim
muassasalarida bu ish uslubi muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda, yutuqlar
mustahkamlanib, yo`l qo`yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida bosh
strategik yo`nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar
qo`lga kiritilmoqda. Savol tug`iladi:
- bola qobiliyati, imkoniyati, bilimi, egallagan ko`nikmalarining o`lchovi bormi?
- bolaning bilish va ko`nikmalarini belgilashga o`qituvchi aralashgani ma’qulmi
yoki o`ziga-o`zi baho bergani afzalroqmi?
Mana shu savollarga eng maqbul asoslarda javob berish pedagogik
diagnostikaning predmetidir. Mana shu maqsadni ro`yobga chiqarish yo`l-
yo`riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir.
Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogik faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh.
Boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan beri mavjud bo`lsa,
bu faoliyatning me’yorlari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir.
Demoqchimizki, o`quvchi bilimiga baho qo`yish, uni sinov va imtihon qilish,
pirovard ish natijalarini belgilab olish boshlangan yerda pedagogik diagnostika
ham mavjud. Faqat farq shundaki, ibtidoiy va o`rta asr pedagogikasida bola bilimi
va iqtidorini diagnostik tahlil qilishning ilmiy asosi yo`q edi. Pedagogik
diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo`lga qo`yish XX asr boshlarida amalga
oshirilgan. SHu boisdan, bu pedagogik jarayonning nomlanishi ham turlicha
bo`lgan. Ayrimlar pedagogik diagnostikani taklif etilgan bilimlarni o`zlashtirish
21
asosi deyishadi. Boshqalar diagnostika o`qitishni jadallashtiruvchi axborotdir deb
hisoblaydilar. Yana ayrimlar esa diagnostika egallangan bilim sifatini nazorat
etishdir, degan fikrni ilgari suradilar. Taniqli pedagogik olim Matserman
pedagogik diagnostikani «o`quvchi o`zlashtirishi bilan, o`quv materialini to`g`ri
tanlash, maqsadni to`g`ri yo`naltirish mezonidir» deb hisoblaydi. [
28.b.56]
Aslida
pedagogik diagnostika o`quv materialini bilish jarayonining asosini tashkil etib,
maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi. Pedagogik diagnostika:
o`quvchiga individual ta’lim berishni jadallashtiradi, davlat va jamiyatning
ta’limga qo`ygan talablaridan kelib chiqib, o`quvchi bilimini to`g`ri, adolatli
baholashni ta’minlaydi va ishlab chiqilgan ta’limiy mezon, kriteriyalar orqali
o`quvchining sinfdan sinfga o`tishida, mutaxassislikka qabul qilinishida minimal
talablarga javob berishini belgilaydi. Pedagogik diagnostika yordamida ta’lim-
tarbiya jarayoni to`g`ri tahlil etiladi va uning samaradorligi to`g`ri baholanadi.
Ya’ni pedagogik diagnostika orqali ta’lim ob’ekti, ta’limiy tushunchalar qay
darajada o`zlashtirilganligi tahlil etiladi, butun o`quv kursini, o`quv dasturlarini
o`zlashtirish darajasi baholanadi. Pedagogik diagnostika muhim ahamiyatga ega. U
o`quv-tarbiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, ta’limiy faoliyat natijasida
erishilgan samaralarni xolislik bilan belgilab beradi, yo`l qo`yilgan kamchilik va
nuqsonlarni bartaraf etishga yo`l ochadi, pirovard natijada ta’limning takomillashib
borishiga ijobiy ta’sir qiladi. Egallagan malakani aniqlashga qaratilgan pedagogik
diagnostika yoki diagnostik faoliyatning ayrim jihatlari: taqqoslash, pedagogik
tahlil, avvaldan ayta bilish (prognoz), interpretatsiya, pedagogik diagnostika
natijalarini o`quvchilarga etkazish, amalga oshirilgan turli diagnostik metodlarni
o`quvchilarga etkazish, pedagogik diagnostika metodlarini to`g`ri belgilashdan
iborat bo`lgan. Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari esa: haqqoniylik
(ob’ektivnost), ishonchlilik (nadejnost), puxtalik (validnost) ka asoslanadi.[
29.b.3
]
Maqsadimiz haqiqiy ta’limiy ahvolni aniqlash ekan, unga to`g`ri, ob’ektiv
yondashish zarur. Aks holda, diagnostikadan ko`zlangan natijaga erishish, to`g`ri
tashxis qilish mumkin emas. Bu sinovchi, ya’ni diagnostik tahlil o`tkazuvchi
22
qilinayotgan ishlarning tub maqsadiga tushunib etishiga, mas’uliyatiga, ishga
bo`lgan yondashuviga, va nihoyat uning saviyasiga bog`liq.
Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa shuki, pedagogik diagnostikani
amalga oshirishda ob’ektiv yondashilmasa, haqiqiy ahvol aniqlanmaydi, umumiy
ishga putur etadi, kamchilik va nuqsonlar ochilmay xaspo`shlanadi, ta’limni
takomillashtirishdan ko`zda tutilgan maqsadlar ochilmay qoladi. Pedagogik
diagnostikaning ishonchliligi bir necha marta qilingan tahliliy xulosalar
natijasining bir xilligi qayd etilgan hollardagina ta’minlanadi.
Pedagogik diagnostika natijalari qachon uzil-kesil tasdiqlanadi? Tajribalar,
tahlillar shuni ko`rsatadiki, pedagogik diagnostika test usullari vositasida amalga
oshirilsa, natijalar haqqoniy bo`ladi. CHunki bunda to`rt xil xulosa bir xil natija
bilan baholanadi. Bular: mazmunning tasdig`i, har xil usul bilan olingan
natijalarning bir xilligi, natijalarga ko`ra amalga oshirilgan tahlillarning
isbotlanishi, loyihalashning tasdiqlanishi (ya’ni loyihalashtirishdagi natijalarning
olingan xulosalarga uyg`unligi).[30.b.34
]
Do'stlaringiz bilan baham: |