Kirish Bugungi kunda uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish vositalari foydalanuvchilarning e'tiborida bo‘layapti va bu tasodifiy emas albatta. Ulardan foydalanish konstruktorlik-loyihalash ishlarining sifatli bajarilishi hamda foydalanuvchiga chizmalarni tez, sifatli, yuqori aniqlikda bajarish va qog‘ozga chiqarish imkonini beradi.
AutoCAD tizimi Autodesk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihalash jarayonida ko‘p sonli foydalanuvchilar qulay holda ishlatishlari ko‘zda tutilgan. Hozirgi davrda AutoCAD ning dasturiy ta'minoti kompaniyani eng yaxshi mahsuloti bo‘lib, shaxsiy kompyuterlarning eng keng tarqalgan avtomatik loyihalash tizimi paketi hisoblanadi.
Hozirgi davrda har qanday dastur ta'minotining eng muhim xarakteristkasi buni boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlata bilish xususiyatidir. Shu sababli AutoCAD tizimi katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, o‘z mahsulotini 3D Studio tizimiga eksport qilgan holda uch o‘lchovli modellarni animatsiya qilish imkoniyatini beradi. AutoCAD tizimida ishlab chiqilgan fayllar Microsoft Office dasturining har qanday mahsulotlari bilan mos keladi .
AutoCAD dasturi interfeysi AutoCAD dasturi interfeysi ko’p yillar davomida rivojlanib keldi. Foydalanish uchun funksiyalar soni oshib bordi va interfeysni o’zgartirishga to’g’ri keldi. Interfeys AutoCAD dasturining 2009-yilgi versiyasidan boshlab o’zgardi. Bunda ish stolining yuqori qismidagi asboblar paneli lentali ko’rinishga ega bo’ldi. Uning eski klassik interfeysdan farqi shundaki, barcha suzuvchi asboblar paneli bir panelda to'plangan.
Bugungi kunga kelib dastur interfeysi ancha takomillashgan bo’lib, foydalanishga qulayligi bilan boshqa dasturlardan ajralib turadi.
Dastur intergeysi qulay ko’rinishga ega. Autocad dasturi interfeysini o’rganish uchun quyidagi rasmga qaraymiz:
AutoCAD dasturi interfeysi quyidagicha tuzilishga ega:
Dastur sarlavhasi.
Tezkor menyu.
AutoCAD tizimi bosh menyusi.
AutoCAD qidiruv bo’limi va ma’lumotlar bo’limi.
Menyu paneli.
Instrumentlar lentasi.
Fayl yorliqlari.
Viewport boshqaruv paneli.
Klassik suzuvchi asboblar paneli (moslashtirib olinadi).