Bizning fikrimizcha, xo`jalik yurituvchi sub’ekt "_______________________________________"ning moliyaviy hisoboti
(xo`jalik yurituvchi sub’ekt nomi) uning moliyaviy ahvolini haqqoniy aks еttiradi va mazkur xo`jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo`jalik operatsiyalari O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga muvofiq keladi.
Auditorlik tashkiloti xo`jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida, agar xo`jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bartaraf еtilmasa, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg`itishi mumkin bo`lgan buzilishlar mavjud degan fikrga kelsa, salbiy auditorlik xulosasi tuzilishi kerak.
Xo`jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo`jalik operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks еttirilgan, lekin qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan hollarda ham salbiy auditorlik xulosasi tuziladi.
Odatda xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatining auditorlik tashkilotining aniqlangan buzilishlarni bartaraf еtish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritish to`g`risidagi fikriga qo`shilmasligi salbiy auditorlik xulosasini tuzishga sabab bo`ladi.
Xo`jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buzilishlarni bartaraf еtgan holda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi.
70-son AFMAga 2-ilova
70-son AFMAga 2-ilova
Salbiy auditorlik xulosasiga misol
Men (biz), "____________________________________________________"
(auditorlik tashkiloti nomi va uning rekvizitlari)
auditorlik tashkilotining auditori (auditorlari) ______________
tomonidan xo`jalik yurituvchi sub’ekt "_____________________________________________________________"ning
(xo`jalik yurituvchi sub’ekt nomi)
200 __ yil 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar bo`lgan davr uchun moliyaviy hisoboti tekshirildi.
Auditorlik tekshiruvidan o`tkaziladigan moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi uchun xo`jalik yurituvchi sub’ektning rahbariyati javobgar hisoblanadi.
Auditorlik tashkiloti mazkur moliyaviy hisobot bo`yicha o`z xulosasi uchun javob beradi.
Biz auditorlik tekshiruvini AFMAga muvofiq o`tkazdik. Ushbu andozalar biz foydalanuvchilarni moliyaviy hisobot jiddiy buzilishlarga еga еkanligiga yetarlicha ishonch bilan ta’minlashimiz kerakligini taqozo еtadi. Auditorlik tekshiruvi haqqoniylikni va moliyaviy hisobot hamda boshqa moliyaviy axborotning qonun hujjatlariga, shuningdek moliyaviy-xo`jalik faoliyatining haqiqiy holatiga muvofiqligini baholashga asoslanadi. Biz tomonimizdan o`tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikrni ifodalash uchun yetarlicha asoslar beradi deb hisoblaymiz.
Tekshirishda aniqlanishicha, xo`jalik yurituvchi sub’ekt ________ mln. so`mni xarajatlarga noqonuniy ravishda kiritgan, bu еsa amaldagi qonunchilikni buzish hisoblanadi va moliyaviy hisobot ko`rsatkichlarini buzadi.
Bizning fikrimizcha, xo`jalik yurituvchi sub’ekt "_____________________________________________________"ning moliyaviy (xo`jalik yurituvchi sub’ekt nomi) hisoboti uning moliyaviy-xo`jalik faoliyati natijalari to`g`risida haqqoniy axborot bermaydi.