Auditorlik tashkiloti (ichki audit xizmati) faoliyatini tashkil qilish, tashkiliy tuzilmasi va xususiyatlari


Xususiy kapital shakllanishi va taqsimlanishi hamda ta’sischilar bilan hisoblashishlar auditi



Download 247,99 Kb.
bet7/9
Sana01.01.2022
Hajmi247,99 Kb.
#281336
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-курс Ҳисобот Sharopov N.

Xususiy kapital shakllanishi va taqsimlanishi hamda ta’sischilar bilan hisoblashishlar auditi.

Ustav kapitali – ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasida) yig‘indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra belgilanadi va hisobga olinadi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitalini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ustav kapitali ro‘yxatdan o‘tkazilgan miqdor chegarasida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aksionerlik jamiyat bo‘lsa, Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi lozim. Jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining o‘z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi. Jamiyat oddiy aksiyalarni, shuningdek bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqlidir. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning umumiy summasi jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.

Jamiyat ta’sis etilayotganda uning barcha aksiyalari muassislar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lishi kerak.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha ellik ming AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan summadan kam bo‘lmasligi, yopiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori esa, jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.

Jamiyat ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko‘p muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim.

Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning ustav kapitali uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan tarkib topadi. U jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.

Ta’kidlash lozimki, aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan yuqorida keltirilgan ustav kapitali miqdoriga qo‘yiladigan talablaridan tashqari ustav kapitalining miqdori va tuzilishiga muayyan talablarni belgilovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham mavjud. Masalan, ulgurji savdo bilan shug‘ullanishga litsenziya olish uchun korxona o‘z ustav kapitalini eng kam oylik ish haqining 3500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda, undan eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida pul mablag‘lari bilan shakllantirishi kerak, lotoreyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar esa 200 mln. so‘m miqdorida ustav kapitaliga ega bo‘lishi, undan kamida 50 foizini pul mablag‘lari tashkil etishi kerak.

Ustav kapitali shakllanishining tekshiruvi vaqtida Ustav kapitali o‘z vaqtida, ya’ni uning belgilangan muddatlarda shakllanganligi, e’lon qilingan kirim badali to‘liq kiritilganligi va shakllanish manbalari aniqlanadi.

Ustav kapitalining tekshiruvida auditor uning summasi haqiqatda to‘liq shakllanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. U buxgalteriya balansida va 5-sonli "Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot" da aks etiladi.

Auditor xo‘jalik yurituvchi sub’ekti davlat ro‘yxatiga olingan sanasi bilan ushbu korxonaning buxgalteriyasida e’lon qilingan Ustav kapitali miqdori summasiga “Ustav kapitalga ulushlari bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari” schetining debeti va “Ustav kapitali”ni schetining kreditida aks ettirilishini nazarda tutishi lozim.

Agar, tekshirish vaqtida “Ustav kapitalga ulushlari bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari” schetining debetida qoldiq summasi bo‘lsa, bu ta’sischilar tomonidan Ustav kapitaliga o‘z badallarini kiritilmaganligini ifodalaydi. Bunday korxonalar ta’sis etilmagan (tashkil topmagan) deb hisoblanadi va tugatilishi lozim.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning Ustav kapitaliga badal sifatida binolar, inshootlar, jihozlar va boshqa moddiy boyliklar, nomoddiy aktivlar, qo‘shma korxona ishtirokchilari xorijiy davlatlarining pul mablag‘lari ko‘rinishidagi valyutalar va erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta sifatida kiritilishi mumkin.

Auditor ta’sischilar tomonidan kiritilgan badallarni dastlabki hujjatlar asosida pul mablag‘lari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari va boshqalarni hisobga olish schetlarining debeti bilan korrespondensiyalangan Ustav kapitali badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi schetning kreditidagi yozuvlari asosida tekshiradi.

Masalan, kirim kassa orderlari, dastlabki hujjatlar ilova qilingan bankning hisob-kitob va valyuta schetlaridan ko‘chirmalar asosida ta’sischilar badali hisob-kitob va valyuta schetlariga to‘liq va o‘z vaqtida kirim qilinganligi tekshiriladi.

Ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va Ustav kapitaliga badal sifatida kirim qilingan moddiy boyliklar, nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuvi bo‘yicha aniqlanadi va (kelishilgan qiymatda) baholanadi. Ustav kapitaliga badal sifatida kiritilgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar ta’sischilarning kelishuviga asosan baholanadi.

Ustav kapitaliga yoki aksiyalarni to‘lash uchun haqiqatda kiritilgan moddiy boyliklar, nomoddiy aktivlar jamiyat aktiviga o‘tkazish davrida amalda bo‘lgan bozor narxlari bilan baholanadi.

Bozor narxlariga ega bo‘lmagan nomoddiy aktivlar ta’sis hujjatlarida qayd etilgan yoki tomonlar kelishuvi bilan belgilangan qiymat bilan baholanadi. Ushbu obektlarni baholash, odatda, baholovchi mutaxassislarga topshiriladi.

Ustav kapitaliga badal sifatida amalda kiritilgan valyuta va valyuta boyliklari, jamiyatga kirim qilinishi vaqtida amalda bo‘lgan rasmiy kurs bo‘yicha baholanadi.

Qimmatli qog‘ozlar oxirgi birja kursi bo‘yicha baholanadi.

Moliyaviy aktivlar va birjada kotirovkaga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar tomonlar kelishuviga asosan baholanadi. Murakkab sharoitlarda hamda amaldagi qonunchilik talab qilganda, Ustav kapitaliga ulush sifatida kiritilgan aktivlarning to‘g‘ri baholanishi mustaqil auditor xulosasi bilan tasdiqlanadi.

Ulush sifatida Ustav kapitaliga amalda kiritilgan moddiy va valyuta boyliklari, nomoddiy va moliyaviy aktivlarning baholanishi ularni ta’sis hujjatlari va dastlabki kelishuvlardagi baholanishidan farq qilishi mumkin.

Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, ma’lumotlar, nomoddiy aktivlar kelib tushishini tasdiqlovchi hujjatlar va asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish schetlarining debet aylanmalariga asosida o‘tkazilgan uskunalar, binolar, inshootlar, intellektual mol-mulkga egalik huquqlarining qiymati aniqlanadi. Materiallarni qabul-qilish dalolatnomalari, tovar-transport yuk xatlari, ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olish bo‘yicha schetlari ma’lumotlariga ko‘ra kelib tushgan moddiy boyliklar qiymati aniqlanadi.

Har bir qo‘yilma, Ustav kapitalini shakllantirish tartibiga ilova qilingan hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Bundan tashqari, Ustav kapitaliga badal sifatida kiritilayotgan mablag‘larning alohida turlari ta’sischilar - jismoniy shaxslarning shaxsiy mulk egaligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi lozim. Bularga, masalan, xususiylashtirilgan xonadon, transport vositalari va boshqalar kiradi. Shunday qilib, auditor ta’sischilar kiritgan badallarga oid ularning har biri bo‘yicha yuritiladigan varaqalar yoki qaydnomalarda aks ettirilgan badallar bo‘yicha qarzlar, to‘langan muddatlari, kiritilgan aktivlar summasi va qarzlarni qoplanish bo‘yicha tahliliy hisobni tekshiradi.

Auditor nisbatan yangi hisoblangan mablag‘lar - ta’sischilar tomonidan kiritilgan nomoddiy aktivlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi, texnikaviy tomonlariga alohida e’tiborni qaratishi lozim. Bular yangiliklarni yaratish va an’anaviy mol-mulkning boshqa obektlari, yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar, broker o‘rinlari, savdo belgilari yoki emblemalari va boshqalar bilan foydalanish uchun mulkiy huquqlardir.

Hisobda nomoddiy aktivlar, kerak bo‘lsa ekspertlar ishtirokida belgilangan shartnomaviy narxlar bilan baholanadi. Ayrim hollarda, barcha ta’sischilar bilan kelishilmagan holda, ayrim jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan boyliklar qismi, amaldagi narxlar bo‘yicha emas, garchi ular bunday bahoga loyiq bo‘lmasa ham, ko‘p marotaba qimmatroq baholaydilar.

Shu bois, nomoddiy boylik qanday baholanganligini aniqlash kerak, masalan, agar u ilmiy izlanish bo‘lsa eskirib qolmaganmikin? Ushbu aktivlar ko‘p holatlarda moddiy tarkibga ega bo‘lmaganligi munosabati bilan, korxonaga nomoddiy aktivlarning u yoki bu obekti amalda kelib tushishi yuzasidan nazorat qilish masalasi vujudga keladi.

Yuqorida qayd etilgan vositalarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlariga ega bo‘lishligiga qaramasdan, nomoddiy aktivlarning kelib tushishi tegishli hujjatlar shaklida amalga oshirilishi lozim. Bu qandaydir ma’lumotni, sanoat sur’atini, tarkibni va boshqalarni yorituvchi hujjatlar bo‘lishi mumkin. Bunda, albatta, korxonaga nomoddiy aktivlarni kelib tushishini va eskirish muddatlarini aks etuvchi hujjat rasmiylashtirilishi lozim.

Ishtirokchilarning Ustav kapitaliga kirim qilingan badallari hisobda va balansda ular amalda kelib tushishi bo‘yicha aks etiriladi. Korxonaning Ustav kapitaliga badalning amalda kelib tushish vaqti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

pul mablag‘lari uchun - pullar kassa, hisob-kitob, valyuta schetiga kirim qilingan sanasi;

asosiy vositalar, moddiy va nomoddiy aktivlar uchun - asosiy vositalar, moddiy va nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalar va ushbu obektlar kelib tushganligini tasdiqlovchi boshqa dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilgan sanasi.

Korxona Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan kiritilgan badallarning to‘liqligi uning ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va Ustav kapitali hisobining schetlaridagi aks etilgan miqdorini Ustav kapitali badallar bo‘yicha ta’sischilar qarzi schetidagi miqdori bilan solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Ustav kapitalini tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobida to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va 13-sonli jurnal-orderda Ustav kapitali hisobi bo‘yicha schetda qonuniy va to‘g‘ri aks etilganligi, ular amaldagi qonunchilikka muvofiq ekanligi aniqlanishi lozim.

Ta’sischilar soni va ularning korxona Ustav kapitalidagi ulushlarini tekshirish vaqtida, auditor tegishli yuridik shaxs turi uchun ta’sischilarning eng ko‘p soni va har bir ta’sischining Ustav kapitaliga kiritadigan eng ko‘p ulushi hamda Ustav kapitalining eng kam miqdori amaldagi qonunchilik bilan belgilanishini unutmasligi kerak.

Ustav kapitali ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdordan ko‘p bo‘lmasligi kerakligini qayd etish lozim. Shu bois, audit o‘tkazishning eng muhim masalalaridan biri bo‘lib Ustav kapitali miqdori barqarorlik tamoyiliga, ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorga muvofiqligini tekshirish hisoblanadi. Lekin, amaldagi qonunchilik va ta’sis hujjatlarida qayd etilgan holatlarda, uning oshirish yoki kamaytirish mumkin. Xususan, korxonaga yangi ishtirokchilarni qabul qilishda, ular tomonidan qo‘shimcha badallar kiritishda yoki korxona faoliyati natijasida olingan foydaning bir qismi ustav kapital miqdorini oshirishga yo‘naltirilganda bunday holatlar vujudga kelishi mumkin.

O‘tkazilgan tekshiruv sifatli bo‘lishining asosiy omili bo‘lib, auditor ishtirokida kirish badali sifatida kiritilgan mol-mulk va nomoddiy aktivlarning inventarizatsiyasini amalga oshirish hisoblanadi. Amaliyotda ta’sischi tomonidan chiqarilgan aksiyalar summasidan ko‘p bo‘lgan aksiyalarni hisobga olish holatlari uchragan. Ayrim holatlarda, mol-mulk tarkibi hisobida yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalar, buyumlar va xo‘jalik asboblari yoki nomoddiy aktivlar hisobida - ma’naviy ahamiyatini yo‘qotgan nou-xau (know-how) hisobda aks ettirilishi kuzatiladi.




  1. Download 247,99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish